1-mavzu: husnixat metodikasining rivojlanish tarixi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/48
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#201644
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
husnixat metodikasining rivojlanish tarixi. husnixatga orgatishning maqsad va

Birinchi  vazifa.  O'quvchilarga  bir  xil  masofada  nuqtalar  qo'yishga  o'rgatish.  Ikkinchi  vazifa. 

O'quvchilarga "Baravar masofa", "Yaqin", "Uzoq" kabi tushunchalami berish. Ikkinchi gruppa 

mashqlari.  



Darsning  maqsadi:  Chiziqlarni  qiya  shaklida  yozilishini  ko'rsatish  hamda  chiziqlar  orasidagi 

masofani to'g'ri topishga o'rgatish.  



Vazifa.  Kichik  harflar    yoziladigan    chiziqlar    orasida    qiya    tayoqchalarni    yozdirib    mashq 

qildirish. 

  

O'qituvchi  bu  mashqni  doskada  namuna  qilib  ko'rsatib  beradi.  O'quvchilar  esa  qizil 



qalamda  qiya  tayoqchalarni  chizadilar.  O'quvchilar  bir  qator  yozib  bo'lganlaridan  so'ng 

tekshirib  chiqiladi  va  tahlil  qilinadi.  Agar  nuqtalar  barovar  masofada  bo'lsa  o'quvchi  vazifani 

to'g'ri bajargan, barovar masofada bo'lmasa, xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. 

 

O'quvchilar  alifbega-tayyorgarlik  davrida  ayrim  mashqlami  bajargan  bo'lishlariga 



qaramay, o'qituvchi navbatdagi darsni quyidagi darsni e'lon qilishi bilan birga yozuv qurollarini 

qayta tekshirib chiqishi lozim. 

1. 

Barmoq va qo'l muskullarining harakatin I o'stiruvchi gimnastika mashqlarini o'tkazish. 



2. 

Doskada mashqni yozib ko'rsatish va asosiy diqqatni qayerga jalb etishni tushuntirish. 

3. 

Yozuv daftarlaridan foydalanish va yozishni qayerdan boshlashni tushuntirish. 



4. 

Partada   to'g'ri   o'tirish,   ruchkani   to'g'ri   ushlash,   daftarni   to'g'ri   tutish qoidalarini 

eslatib o'tish. 

5. 


Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o'quvchilarning yozuvini muntazam 

kuzatib borish. 

 

6. 


Ishning birinchi qismi tugagandan so'ng o'quvchilarning yozuvlarini doskada namuna bilan 

solishtirib yo'l qo'ygan xatolarini topishga o'rgatish. 

7. 

Topshiriqni qayta tushuntirish orqali o'quvchilardagi kamchiliklarni yo'qotish. 



8. 

Jismoniy mashq daqiqalarini o'tkazish. 

9. 

Ko'z bilan daftar orasidagi masofani to'g'ri saqlashga o'rgatish. 



10. Har   bir   mashqni   bajarishda   uni   tahlil   qilish   zarur   bo'lsa   qo'shimcha ko'rsatmalar 

berish. 


 

Alifbe davrida o'quvchilar nutq tovushlari bilan amaliy tanishadilar, so'z tuzishga, so'z 

va gaplarni o'qishga hamda ayrim elementlar harflar ishtirokida so'z va gaplarni yozishga 

o'rganadilar. Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat bo'lishi 

kerak: 

1. 


Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. 

2. 


Bo'g'in va so'zlarda harflarni qo'shib yozish. 


3. 

Qo'l harakatini uzmay yozishga o'rgatish. 

4. 

Harflaming qiyaligini va enini to'g'ri saqlashga o'rgatish. 



 

O'qituvchilar  ayrim  harflaming  elementini  noto'g'ri  yozayotgan  o'quvchilarga  shu 

elementni  to'g'ri  yozilishini  ko'rsatib  berishi  lozim.  Bu  davrda  o'quvchilarda  harflarni  to'liq 

yozmaslik yoki almashtirish yozish kabi xatolami aniqlash mumkin. 




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling