11- MAVZU. O'QUVCHILARNING YOZUVLARIDA UCHRAYDIGAN TIPIK
XATOLARNI TUZATISH.
REJA:
1.
Boshlang'ich sinflarda yozuv darslarining reja asosida olib borilishi.
2.
Boshlang'ich sinflarda yozuv darslarida olib boriladigan yozuv mashg'ulotlari.
3.
Yozuv mashg'ulotlarining rejasi.
4.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuvlarda uchraydigan xatolarni tuzatish.
Tayanch so'zlar:
To'rtinchi sinflarda yozuv mashg'ulotlarining onatili darslarida olib borilishi. Qo'shimcha yozuv
mashg'ulotlarini o'tkazish. O'quvchilarga mustaqil ravishda kichik matnlarni yozdirish va
og'zaki tarzda yozdirish. To'rtinchi sinf o'quvchilarining yozuvlarida uchraydigan tipik xatolar:
haddan ziyod harflarni katta yozish, harflar va so'zlar orasidagi masofani to'g'ri qo'ymaslik,
harflaming qiyaligini bir xilda saqlamaslik va harflarni uchburchak tarzda ifodalash kabilar.
ADABIYOTLAR.
1.
G'ulomov M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga o'rgatish" T.1970
2.
G'ulomov M. "Chiroyli yozuvni shakllantirish" T. 1992 3.G'apporovavaboshq. "Alifbe" T.
1999
5.
G'apporova va boshq. "1- 2 yozuv daftari" T. "O'qituvchi" 1999
5.
Husnixat daftari. 1-sinf uchun.T-1999
6.
Husnixat daftari.2-sinf uchun.T-1999
7.
Husnixat daftari.3-sinf uchun.T-1999
8.
Abdullayev Y, "Hamrohim" T. 1997
Dastur talablariga muvofiq, to'rtinchi oxiriga kelib, har bir o'quvchi tez va chiroyli
yozishi lozim.
Ammo shunday o'quvchilar ham uchraydiki, ular yozuv malakasini to'la egallab
olomaydilar, harflaming shaklini pala partish, katta-kichik qilib har xil yozadilar. O'quvchilar
tomonidan noto'g'ri yozilgan harflarni tuzatish har bir predmet o'qituvchisining eng muhim va
qiyin vazifalaridan biridir. Bu masalani ehtiyotlik bilan hal etish lozim.
Kamchiliklarni tuzatishga kirishishdan oldin uning asosiy xatosi nimada ekanligini
aniqlash zarur.
O'quvchilarning yozuvlarida keng tarqalgan kamchiliklardan biri ayrim harflaming
noto'g'ri ifodalanishi sababli xatning o'qib bo'lmasligidir. Ayrim o'quvchilar esa harflarni
quyidagicha buzib, har xil balandlik va qiyalikda yozadilar:
Men xat yozdim
Bu o'z navbatida o'qishni qiyinlashtiradi, yozilgan matnni noaniqlikka olib keladi.
Ayrim o'quvchilar esa har bir harfni alohida-alohida ajratib qo'l
harakatini uzib
yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: