1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari Reja
Download 72 Kb.
|
1-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminar mashg`uloti “Qadamba-qadam” usuli asosida o’tkazilishi e’lon qilinadi Maqsadi
- 2-qadam
- Maqsadi: “Sayohat” texnologiyasi murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo
- Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotidagi asosiy omillari
- TUSHUNCHALAR TAHLILI METODINING O‘TKAZISH BOSQICHLARI Metodning maqsadi
- Metodni amalga oshirish tartibi
- Tushunchalar tushunchalar mazmuni kasbiy faoloyatingizdagi o`rni
- Mustahkamlash uchun savollar
1-MAVZU:Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari Reja: 1.Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi. 2.Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga zaruriyat va uning ahamiyati.
1 qadam –talabalar o’qituvchi tomonidan tarqatma materalda yozilgan so’zlarni diqqat bilan o’qib chiqishlari va har bir tamoyilning qarshisiga ahamiyati bo’yicha so’zlarni yozib chiqishlari kerak. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g’oyalarni ifodalaydi: - fuqarolik; - ilmiyligi; - tarbiyalovchi ta’lim; - fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi); - tabiat bilan uyg’unligi; - madaniyat bilan uyg’unligi; - insonparvarligi. 2-qadam –talabalardan har bir tamoyilga ta’rif berish talab qilinadi. 3-qadam-guruhlarga bo’linib, keltirilgan so’zlar ishtirokida hikoya yoki matn tuzish tavsiya qilinadi. 4-qadam-guruhlarda bir-birovlarining hikoya (matn)lari yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. 5-qadam-guruh ishlari o’zaro baholanadi 6-qadam –o’qituvchi reja asosida mustahkamlaydi
KICHIK GURUHLARDA ISHLASH QOIDASI
Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotidagi asosiy omillari: TUSHUNCHALAR TAHLILI METODINING O‘TKAZISH BOSQICHLARI Metodning maqsadi: Mazkur metod biror tushuncha, yoki mavzu bo‘yicha o‘rganilgan axborotlar tizimini solishtirish, mustaqil munosabatni shakllantirishga imkoniyat yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda ta’lim oluvchi shaxsidagi: Mustaqil va ijodiy fikrlash, berilgan tushunchalarni izohlash, muloqotchanlik va taxlil qilish, jamoada ishlash ko‘nikmalari, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash kabi sifatlar rivojlantiriladi. Metodni amalga oshirish tartibi: 1. O‘qituvchi ta’lim oluvchilarni trening o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriq shartlari bilan tanishtiradi; 2. Tarqatmalar (ilovadagi) ta’lim oluvchilarga beriladi va taklif etilgan sxema asosida qatnashchilar tushunchaga yoki muammoga nisbatan o‘zining mustaqil fikrini bildiradi; 3. Bildirilgan fikrlar kerakli ustunchalarga yoziladi; 4. Belgilangan vaqt (10-15 daqiqa) yakuniga etgach, barcha ta’lim oluvchilarning tafsilotlari yordamida prezentatsiya tashkil etiladi; 5. Barcha ta’lim oluvchilar yakuniy xulosalari o‘qib eshittirilganidan so‘ng, o‘qituvchita’lim oluvchilar ishini baholaydi va qo‘shimcha to‘ldirishlarni kiritadi. Kutiladigan natija: O‘quvchilar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o‘zlashtiradi, mustahkamlaydi, mavzuning mohiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi va shaxsiy munosabati shakllanadi.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Kadrlar tayyorlash Milliy modeli nimasi bilan farq qiladi? 2. “Ijtimoiy pedagogika ” tushunchasiga nimalar kiradi? 3. “Ijtimoiy pedagogika ” fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 4. “Ijtimoiy pedagogikaning” fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini qanday ifodalaysiz? Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling