1-mavzu. Iktisodiyotda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar. Zamonaviy matn redaktorlari


Download 0.97 Mb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1623069
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 mavzu

Matn bo`yicha siljish
Yozilgan matn bo`yicha siljish klaviatura, sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Klaviatura yordamida matn bo`yicha siljish uchun quyidagi tugmalar ishlatiladi:

  • {Left}, {Up}, {Right}, {Down}; yoki , , , ;

  • {End}, {Home}, {PgUp}, {PgDn};

  • {Ctrl+ Right}, { Ctrl+ Left} ; yoki Ctrl + , Ctrl +;

  • {Ctrl+ End}, {Ctrl+Home}.

Matn elementini ajratish
Agar biz matn elementi ustida biror-bir ishni bajarmoqchi bo`lsak, bu elementning chegaralarini belgilash, ya'ni, bu elementni ajratish zarur. Matn elementlarini (ixtiyoriy simvollar ketma - ketligi, so`z, satr, gap, butun matn) ajratish uchun sichqoncha yoki klaviaturadan foydalaniladi. Klaviatura yordamida simvollar ketma - ketligini ajratish uchun kursorni ajratiladigan elementning chapdan birinchi simvoliga qo`yish, so`ngra Shift tugmasini bosgan holda, quyidagi boshqarish , , ,  tugmachalardan birini bosib kursorni siljitish kerak. Matn qismini ajratishning eng qulay usuli “ajratish maydoni”dan foydalanishdir.
Ajratish maydoni - bu matn chegarasining chap qismidagi ko`rinmas joy bo`lib, u matnlarni, jadvallarni, rasmlarni sichqoncha yordamida tez ajratishni amalga oshirish imkonini beradi.
Hujjat qismlarini o`chirish, siljitish va nusxalash
Word matn protsessorida hujjat qismlarini o`chirish osongina yo`lga qo`yilgan. Kursordan chapda bir yoki bir necha simvolni {Bask Spase} va kursordan o`ngdagi simvollarni {Del} tugmachalari yordamida o`chirish mumkin. Ajratilgan fragmentni o`chirish uchun {Del} tugmasi bosiladi yoki Pravka-Udalit` buyrug`i tanlanadi.
Matn qismlarini siljitish va nusxalash uchun birinchi navbatda kerakli qismni ajratib olish zarur. Matn qismlarini siljitish va nusxalashni amalga oshirish uchun “Drag - and - Drop ” (siljitish va qoldirish) usulidan foydalanamiz. Ajratilgan qismni siljitish uchun uni sichqoncha bilan ko`rsatish va sichqonchaning chap tugmasini bosib turib, uni qo`yib yubormagan holda kerakli joyga olib borish lozim. Chap tugma qo`yib yuborilgandan so`ng, ajratilgan qism o`sha joyga ko`chiriladi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling