1-mavzu. Iktisodiyotda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar. Zamonaviy matn redaktorlari


Download 0.97 Mb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1623069
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 mavzu


1-mavzu. Iktisodiyotda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar. Zamonaviy matn redaktorlari._
1.1. Matnli rekdaktorlari asosiy tushunchasi va ishlash prinsiplari.

Shaxsiy kompyuterning har bir foydalinuvchisida turli hujjat va matnlarni tayyorlash zaruriyatlari tug’iladi. Shaxsiy kompyuterlarning bu ishga jalb qilinishi foydalanuvchi uchun va hujjatlarning sifatini oshiradi. Foydalanuvchi hujjatni kiritib, xohlagancha uni ekranda o`zgartirib, maketini hosil qiladi. Printer bu maketning chiroyli, sifatli nusxasini qog`ozga ko`chirib beradi. Bu qulayliklarni matn tahrirlagichlari deb ataluvchi maxsus dasturlar beradi. Bu dasturlar imkoniyatlariga qarab quyidagi turlarga bo`linadi:



Matn tahrirlagichlari dastur matnlarini kiritish, o`zgartirish, ko`chirish, nusxasini qog`ozga ko`chirish kabi imkoniyatlarga ega. Ular dasturlash sistemalari tarkibida bo`ladi. Bunga Turbo C, Turbo Pascal kabi dasturlar misol bo`la oladi.
Hujjat tahrirlagichlari hujjatni tahrirlash, turli shriftlardan foydalanish, satrlar orasidagi intervallarni o`rnatish, sahifalash, formulalarni yozish, jadval, diagrammalarni chisish va hokazo imkoniyatlarga ega. Bu tahrirlagichlarga Microsoft Word va hokazolar misol bo`la oladi.
Ayniqsa matbuot sistemalari nashriyotchilar mehnatini mashaqqatli, zararli jarayonlardan halos qilish bilan birga nashriyot mahsulotlari sifatini oshirdi. Bu sistemalar asosida jurnallar, kitoblar, turli prospektlarni yuqori sifatli maketlarini tayyorlash mumkin.
Kichik hajmdagi nashr materiallari uchun Aldus Page Maker sistemasidan, katta hajmdagi materiallar (kitob va jurnallar) uchun Color Ventura sistemalaridan foydalangan qulayroq. Quyida biz keng tarqalgan ruscha va lotincha matnlar bilan ishlaydigan Word tahrirlagichi tavsifini keltiramiz.


Word matn muharriri
Bu dastur matn kiritish va uni chiroyli jihozlash vositasidir. Biz quyida Word matn muharririni o`rganamiz. Hozirda Word matn muharriridan tipografiya ishlarida ham foydalanilmoqda. Word matn muharririni ikki xil usulda ishga tushirish mumkin:
1. Ish stolida joylashgan Word piktogrammasi ustiga sichqoncha tugmasini keltirib, uning chap tugmasi ikki marta tez bosiladi.
2. Ekranning chap quyi burchagida joylashgan “Pusk” tugmasi aktivlashtirilib, vertikal menyu ochiladi. Ushbu menyudan Programm Microsoft Word buyrug`i aktivlashtiriladi.
Har ikki holda ham dastur derazalarining ochilishi dasturning ishga tushganligini bildiradi. Dastur derazasini yopish, dastur ishini tugatish demakdir. Buning uchun dastur bosh menyusining Fayl+Vixod buyrug`i aktivlashtiriladi yoki sistemali menyuning tugmasi tanlanadi.
Microsoft Wordni ishga tushirish. Microsoft Wordni ishga tushirish uchun Windowsni Pusk menyusini bosib, Programmi punktini tanlaymiz. Bu punktdan Microsoft Word degan menyuni tanlab Microsoft Wordni ishga tushiramiz. Microsoft Wordni ekrani. menyu, panellar, piktogrammalar to`plami, status bar, hujjat yozish uchun kerakli oynadan iborat. Microsoft Word ekrani ko`rinishi
Hujjatlarni ko`rinishini o`rnatish rejimi
Buning uchun Servis menyusining Parametri punktini tanlaymiz va hujjatni kerakli parametrini o`rnatishimiz mumkin.
Parametri oynasini ko`rinishi quyidagicha:

Raspolojenie, Soxranenie, Orfografiya, Ispravlenie, Avtoformat panellardan tuzilgan.
Biz panellarni nomiga mos ravishda hujjatni parametrlarni o`zgartirishimiz mumkin.
Vid paneli ekranni va hujjatni ko`rinishi qanday bo`lishini sozlaydigan paneldir.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling