1-mavzu. Iktisodiyotda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar. Zamonaviy matn redaktorlari
Download 0.97 Mb.
|
4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn elementini ajratish
- Hujjat qismlarini o`chirish, siljitish va nusxalash
Matn bo`yicha siljish
Yozilgan matn bo`yicha siljish klaviatura, sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Klaviatura yordamida matn bo`yicha siljish uchun quyidagi tugmalar ishlatiladi: {Left}, {Up}, {Right}, {Down}; yoki , , , ; {End}, {Home}, {PgUp}, {PgDn}; {Ctrl+ Right}, { Ctrl+ Left} ; yoki Ctrl + , Ctrl +; {Ctrl+ End}, {Ctrl+Home}. Matn elementini ajratish Agar biz matn elementi ustida biror-bir ishni bajarmoqchi bo`lsak, bu elementning chegaralarini belgilash, ya'ni, bu elementni ajratish zarur. Matn elementlarini (ixtiyoriy simvollar ketma - ketligi, so`z, satr, gap, butun matn) ajratish uchun sichqoncha yoki klaviaturadan foydalaniladi. Klaviatura yordamida simvollar ketma - ketligini ajratish uchun kursorni ajratiladigan elementning chapdan birinchi simvoliga qo`yish, so`ngra Shift tugmasini bosgan holda, quyidagi boshqarish , , , tugmachalardan birini bosib kursorni siljitish kerak. Matn qismini ajratishning eng qulay usuli “ajratish maydoni”dan foydalanishdir. Ajratish maydoni - bu matn chegarasining chap qismidagi ko`rinmas joy bo`lib, u matnlarni, jadvallarni, rasmlarni sichqoncha yordamida tez ajratishni amalga oshirish imkonini beradi. Hujjat qismlarini o`chirish, siljitish va nusxalash Word matn protsessorida hujjat qismlarini o`chirish osongina yo`lga qo`yilgan. Kursordan chapda bir yoki bir necha simvolni {Bask Spase} va kursordan o`ngdagi simvollarni {Del} tugmachalari yordamida o`chirish mumkin. Ajratilgan fragmentni o`chirish uchun {Del} tugmasi bosiladi yoki Pravka-Udalit` buyrug`i tanlanadi. Matn qismlarini siljitish va nusxalash uchun birinchi navbatda kerakli qismni ajratib olish zarur. Matn qismlarini siljitish va nusxalashni amalga oshirish uchun “Drag - and - Drop ” (siljitish va qoldirish) usulidan foydalanamiz. Ajratilgan qismni siljitish uchun uni sichqoncha bilan ko`rsatish va sichqonchaning chap tugmasini bosib turib, uni qo`yib yubormagan holda kerakli joyga olib borish lozim. Chap tugma qo`yib yuborilgandan so`ng, ajratilgan qism o`sha joyga ko`chiriladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling