1-mavzu. Iktisodiyotda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar. Zamonaviy matn redaktorlari


Download 0.97 Mb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1623069
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 mavzu

Formatni nusxalash
Ajratilgan matn qismini formatlab bo`lgandan so`ng, bu formatni hujjatning boshqa qismlariga nusxalash mumkin. Buning uchun standart asboblar panelidagi Format Pointer - “Formatnaya kist” deb ataluvchi piktogrammadan foydalaniladi. Bunda sichqoncha ko`rsatkichi cho’tka ko`rinishini oladi. Klaviatura yoki sichqonchadan foydalanib (chap tugmasini bosib turib) matn bo`yicha siljib, matnning ajratilgan qismlarini formatlashimiz mumkin. Formatni nusxalashni bekor qilish uchun “Formatnaya kist” piktogrammasini tanlashimiz yoki tugmasini bosishimiz kerak.


Wordda abzatslarni formatlash
Abzatslarni formatlash - bu matn strukturasi elementi sifatida uning parametrlarini o`zgartirish demakdir.
Abzatsning quyidagi parametrlarini o`rnatish mumkin:
- abzats satrlarini chapdan, o`ngdan va markaz bo`yicha tekislash;
- abzatsni satr boshidan chetlanishini o`zgartirish;
- abzatsning enini va kengligini o`zgartirish;
- abzatsning satrlari va abzatslari orasidagi masofani o`zgartirish.
Instrumentlar panelida formatlash tugmalari yordamida abzats satrlarini chapdan- , o`ngdan - , markazdan - hamda chap va o`ng chegaralar bo`yicha - tekislash imkoniyatlari mavjud.


Wordda rasmlar bilan ishlash
Hujjatlarga rasm xotiradagi grafikli fayllardan, ya'ni kengaytmasi .wmf, .bmp, .pcx bo`lgan fayllardan qo`yilishi mumkin. Bundan tashqari Wordning Clipart katalogida vektorli formatdagi rasmlar majmuasi mavjud.
Bundan tashqari, skaner qurilmasi yordamida yoki sonli elektron video hamda fotokamera yordamida olingan rasmlar (surat) qo`yilishi ham mumkin. Rasm qo`yish uchun avvalambor rasm qo`yiladigan joyni kursor yordamida belgilash, so`ngra menyudagi Vstavka - Risunok..buyrug’ini aktivlashtirish kerak.
Rasmlarni qayta ishlash. Rasm qo`yilgandan so`ng, siz uning joyini hamda o`lchamlarini o`zgartirishingiz va rasm atrofini ramka bilan o`rash kabi ishlarni bajarishingiz mumkin. Word dasturi hujjatiga boshqa dasturlar vositasida yaratilgan grafikli ob'ektlarni qo`yish imkoniyatlari ham mavjud. Rasmlarni yuqorida ko`rsatilgan yo`llar bilan matnlarga qo`yish biroz qiyindir.
Biroq Word dasturida “yumshoq” mexanizm mavjud bo`lib, faqat foydalanuvchi uchun rasmlarni erkin qo`yish emas, balki kombinatsiyalangan hujjat fragmentini (jadval, rasmlar, ....) joylashtirish ham mumkin. Bu mexanizm bilan ishlash uchun maxsus, ya'ni kadr (frame) deb nomlanuvchi ramka ichiga joylashtirish kerak. Bu kadrni “Drag - and - Drop” usuli bilan qayta ishlash mumkin. Rasmni kadrga joylashtirish uchun uni sichqoncha tugmasi bilan ajratish va menyudagi Vstavka -Kadr buyrug`ini tanlash zarur. Shunday yo`l bilan biz kadr ichiga rasm joylashtirishimiz mumkin (hujjat fragmenti, jadval, rasm va hokazo). Lekin biz bu ishning teskarisini bajarishimiz ham mumkin. Oldindan bo`sh kadr yasab (kerakli hajmda va kerakli joyda), keyin uni axborot bilan to`ldirishimiz ham mumkin. Hujjatda ajratilgan ob'ektlar yo`qligini va kadrga hech narsa qo`yib bo`lmasligi ma'lum bo`lgach, Word sichqoncha ko`rsatgichini uncha katta bo`lmagan krestga aylantirib qo`yadi. Bu krest bilan siz rasm uchun to`g`ri to`rtburchakli kadr yasaysiz. Kadrga yuqorida ko`rsatilgandek usul bilan rasm qo`yiladi. Agar shu rasm “jihozlanmagan” bo`lsa, Word uning o`lchamlarini o`zgartirib, keyin uni kadrga joylashtirib qo`yadi. Kadrni kerakli tarzda joylashtirgandan so`ng, rasmni masshtablashtirish mumkin, ya'ni uning o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Bu kadrda xohlagan matnni terish (masalan, rasm nomi yoki uning mavzusini) va bu matnni kadr bilan avtomatik ravishda siljitish mumkin.
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling