1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja


Download 398 Kb.
bet8/45
Sana09.01.2022
Hajmi398 Kb.
#268722
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
Shahar 210121161844

Quva yoki Qubo
O’rta asr yozma manbalarida Qubo nomi bilan qayd etilgan – Quva Farg’ona vodiysida qad ko’targan eng qadimgi shaharlardan biri. Quva shahrining bino kilinishi va uning nomlanishi haqida turli rivoyatlar mavjud. «Farg’ona tarixi» nomli asar muallifi Ibratning yozishicha (1862-1937) Qubo shahri podsho Qubod hukmronlik qilgan davrda qad ko’targani bois, shahar uning nomiga qiyosan Qubod deb nomlanib, keyinchalik undagi «d» harfi tushirib qoldirib «Qubo» deb yuritilib ketgan, Avvom unnoslar «ogizda quva derlar» Quva so’zining xech ma’nosi yuk deb yozadi. Darhaqiqat, o’rta asr mualliflari Ibn Xavkal, Istaxriy, Muqaddasiy, Yoqut Hamaviy, sam’oniy va boshkalarining asarlarida Quva Qubo shaklida qayd etiladi.

Xitoy imperatori U-di xukmronligi davrida (M. av 140-87yy) Xunnlarga qarshi Farg’ona orkali G’arbiy davlatlarga bir necha bor maxsus elchi va katta savdo karvonlari junatiladi. M. av 125-124 yillarda Xitoy elchisi Chjon Syan hatto davan davlatining xukmdori Mugua karrogoxida bo’lib kaytadi.

Ilk o’rta asr Xitoy manbalarida Quva Dayyuan (Davan) davlatining tarixiy shaharlari katorida Guyshan va Kveysan (Quvasoy) tilga olinadi.

Bu davrda Guyshanda 60 ming oila, ya’ni 300 ming nafar kishi yashagan.

Davlat podsho, vazir va uning yordamchilari tomonidan boshkarilgan. Bu davrda Quva kengayib, u ko’xandiz (ark), shahriston va rabot kabi uch kismdan iborat bo’lgan. Rabotda balandligi 3,5 m yaxlit tagkursi ustida budda ibodatxonasi qad ko’targan Ibodatxonaning toqu ravoqlarida buddaning mahobatli haykali o’rnatilgan. (VIII asr boshlarida arablar tomonidan vayron etilgan) XI-XII asrda Quva obod bo’lib, ravnaq topgan.

Quvada qomusiy olim Ahmad Farg’oniy, Abu Bakr Narshahiyning «Buxoro tarixi» asarini arabchadan fors tojik tiliga ag’darib, qo’shimchalar bilan uni to’ldirgan muarrix Abu Quboviy, shoir Rukniddin al Quboviy kabi mutafakkirlar yetishib chiqqan.

Shu boisdan IX-XII asr arab geograflari asarlarida Quva Farg’onaning yirik, ko’rkam va obod shahri sifatida ta’rif etiladi.

Yoqut Hamaviy quvani katta shahar deb ataydi. Istaxriyning ta’kidlashicha, kattaligi jihatdan Quva Axsikatdan keyin ikkincha shahar xisoblansada, suvga serobligi va tog’larning ko’pligi bilan hatto Axsikotdan ustun va unga nisbatan ko’rkam va pokizarok bo’lgan.

Ibn Havqalning yozishicha Quva shahri usha vaktlarda oqimi Sayhun (Sirdaryo) gacha yetib boradigan shu nomdagi anhor (Quvasoy) sohilida qad ko’targan. Shaharning markazida Registon maydoni, qo’handizda juma masjidi, rabodida esa karvonsaroylar qamoqxona va bozorlar joylashgan Quva mo’g’o’llar davrida vayron etilib, XIV-XVI asalarda qasaba shakldagi maskanga aylangan.

Quva harobalari tepa shaklida saqlangan. Axoli urtasida «Shahriston» nomi bilan yuritiladi. Maydoni 12 (o’z vaktida 100 dan oshikrok bo’lgan) Quva hunarmandchilik, (kulolchilik, temirchilik, shishapazlik) rivoj topib, tanga zarb etilgan. 1956-1958 yilarda Yahyo G’ulomov rahbarligida arxeologik qazishlar o’tkazilib, Shahriston va Arkda turarjoy harobalari, madaniy katlamlari va VII va VIII asrlarga oid budda ibodatxonasi vayronalari kazib urganilgan. 1998 yilda esa Shahristonning uch darvozasi, Quva atrofidan 21 arxeologik yodgorliklar qayd etilib Quvaning ostki qatlami (8,2 m chuqurlik dan) miloddan avvalgi I-ming yillikning II- yarmiga oid sopol idish bo’laklari topildi. Manbalarga ko’ra I-ming yillikning oxirlaridagi asrlarda Davan – Farg’ona davlati tashkil topgach, uning poytaxti sifatida Guyshan va Kveysan (Quvasoy) soxilidagi shahar deb yuritilgan.

O’rta asr qatlamlaridan g’isht pishiriladigan pech va shishasozlik ustaxonasi qoldiqlari ochilgan.


Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling