1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja


Download 398 Kb.
bet20/45
Sana09.01.2022
Hajmi398 Kb.
#268722
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
Shahar 210121161844

IX-XII asrlarda Xiva

X – asrda butun Xorazm kabi, Xiva ham Somoniylar tarkibiga kirgan. 995 yildan e’tiboran Janubiy Xorazm, shu jumladan Xiva ham Xorazm shoxi Ma’mun bin Muhammad ixtiyorida edi. Ma’muniylar sulolasi Xorazmni 1017 yilgacha idora qildi, shu yildan 1034 yilgacha hukmronlik qilgan g’aznaviylar bu sulolani tugatgan ediyu

Bu paytda Xiva qayta tiklandi, uning iqtisodiyoti, hunarmandchiligi va madaniyati gurkirab rivojlandi. Qazishmalar vaqtida va o’ralardan topilgan barcha narsalar shu davrning izlrini ravshanlantiradi, butun Ichan qal’a, ehtimol Dishan qal’ani ham o’z ichiga olgan Xiva shahri ancha o’sganligidan darak beradi. Shishachilik, metallsozlik va, ayniqsa, kulolchilik rivojlandi.

Xivalik kulollar sopol idishlarning nozik va yengil bo’lishiga, gullarning nafisligi va mukammalligiga erishgan haqiqiy ustalar edi. Idishlarga doira, barglar va novdalar shaklidagi xilma-xil gullar solinar, ba’zan hayvonlar va baliqlar tasvirlanadi. Ko’p hollarda idishning egasiga yaxshi niyatlar («oq fotiha») izxor etilgan, nasihatomuz maqolalar va matallar yozilgan arabcha bitiklar uchraydi.

X asrda Istaxriyning yozishicha, Xiva Xazorasidan va qadimiy Xorazm poytaxti Katdan bir kunlik yo’lda va o’sha paytning poytaxt shahri bo’lgan Gurganjdan to’rt kunlik yo’ldan Joylashgan. Janubiy Xorazm yerlari ko’pdan-ko’p ariqlar va kanallardan sug’oriladi, va ularning eng kattasi Xiva (bo’lajak Polvonyob) nomi bilan atalgan.

Maqdisiyning so’zlariga qaraganda (975 y) «Xiva cho’lining chekkasi-da joylashgan bu kata shahar devor bilan o’rab olingan, daryodan qazilgan ariq orqali sug’oriladi, unda ko’rkam Jome masjidi bor». Nomsiz muallifning geografiyaga oid «Hudud al-olam» bayonnomasida (X asr) yozilishicha, «Xiva devori bilan o’ralgan va Urganchga bo’ysunuvchi kichik shahardir». Ikkita yozma manbadagi bunday ziddiyatni izoxlagan G.A. Pugachenkovaning sharxiga ko’ra, Maqdisiy butun Xivani, ya’ni Ichan qal’a bilan Dishan qal’ani nazarda tutgan bo’lsa, «Hudud al-olam» muallifi faqat Ichan qal’ani nazarda tutgan.

Xullas, X asrning ikkinchi yarimida Xiva ark, devor bilan o’ralgan shahriston (Ichan qal’a) va keng rabod (Dishan qal’a)dan ibort bo’lgan.

XI asrning oxiridan e’tiboran Xorazm tarxida yangi davr boshlan-di: 1077 yilda u Anushteginlar sulolasi hokimiyatiga o’tadi, ular Xorazmshoh Alovuddin Tekash (1172-1200 yillar) va Alovuddin Muhammad (1200-1220 yillar) davrida katta hududni o’z ichiga olgan musulmon davlatni barpo etdilar.

Bu vaqtda shahar yanada ravnaq topadi. Xorazmshoxlardan Tekash va Muhammadga mansub tangalar, kulrang gildan dastgohlarda yasalgan idishlar: xum, xumcha, ko’za, tovoq, tuvak, sopol quvur parchalari topildi. Shahar kengayib bordi, Ichan kal’a tashqarisida yangi manzillar paydo bo’ldi. Xorazmshohlar davriga oid ashyolar Shoh Qalandarbobo tepaligida va «Xorazm» mehmonxonasi hududida qayd etildi. G’arb tomonda Shohimardon manzili vujudga keladi. Xonalarning devorlarini qurish uchun 23—25x22—26x3,5—5 sm hajmli mayda xom va pishiq g’ishtdan foydalaniladi. Qazishmada o’ymakor naqsh solingan ustunlar va to’sinlar topildi.

Yoqut Xamaviyning XIII asrning birinchi yarmida yaratilgan jo’g’rofiy lug’atida Xivaning shu davriga oid ma’lumotlar bayon etilgan:

«Xeyvaq yoki Xivak- Xorazm yaqinidagi shahar va qal’a. U (Xiva) bilan Xorazm poytaxti (Urganch) oralig’i salkam 15 farsah. Xorazm aholisi uni Xiva deb ataydi, Xivaqiy laqabi shundan olingan. Xorazmning boshqa hamma shaharlarida aholi xanafiya mazxabida bo’lsa, bu shaharning aholisi shofeyna mazhabidadir».

Bir necha mashhur kishilar o’zlarida Xivakiy laqabini olishgan. Mashhur fakih (qonununos), shofeyna tariqatining muftisi, olim, Xorazmshoxlar davlatining atoqli arbobi Shahobiddin Abu Sa’d bin Imron al-Xivakiy shularning biri edi. Urganchning shofeiylar masjidida u shunday kutubxona barpo etdiki, «bundan avval ham, keyin ham unga tengi ko’rinmadi. Shahobiddin al-Xivakiy mo’g’ullar tomonidan Nisa ishg’ol qilingach qatl etildi vash u yerdagi Ali Jafta daxmasiga dafn etildi.

Mashhur so’fiy, shayx imom kubraviya tariqatining asoschisi Abul Janob Ahmad bin Umar Muhammad al- Xivakiy (ya’ni Najmiddin Kubro 1145-1221 yillar) mo’g’ullar Xorazmga hujum qilgan paytda halok bo’lgan. Najmiddin Kubroning tabarruk maqbarasi ko’hna Urganchda joylashgan.

Chamasi, Xorazmning ko’gina shaharlari kabi, Xiva ham 1220 yilda mo’g’ullar bosqini paytida vayron bo’ldi garchi yozma manbalarda hyech qanday ma’lumot bo’lmasa ham, arxeologiya ma’lumotlariga ko’ra, ayni shu vaqtda Ichan kal’a devori buzilib ketdi va keyinchalik uning vayronalariga murdalar dafn etila boshladi.

Xorazmda fakat me’morchilik, hunarmandchilik tez sur’atlar bilan rivojlanib qolmasdan, savdo-sotiq, qishloq xo’jaligi ham rivojlandi. Tarixiy manbalarda ko’rsatishicha, IX-X asrlarda Xorazmda yetishtirilgan shirinlikda tengsiz uzoq turadigan va etli qovunlar qo’rg’oshin qog’ozlarga o’ralgan holda Bog’dodga olib borilgan. Bog’dodga Xorazm qovunlariga talab juda katta bo’lgan.

Xorazm o’lkasi yigirma ikki mamlakatni o’ziga bo’ysundirib, ulkan imperiyani tashkil qilgan Sulton Muhammad davrida sharqda eng yirik madaniyat o’choqlaridan biri sifatida shuhrat topdi. Xorazm ko’pgina buyuk ilmiy kashfiyotlarning vatanidir. Xususan, IX- asrda Xorazmga nomi mashhur bo’lgan matematik, astronom geograf Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy yetishib chiqdi.

Muhammad Xorazmiy ham arab istilochilarning qattiq –zulmi va shavqatsizligini boshdan kechirdi. U o’rtaosiyolik bir guruh mashhur olimlar singari arab xalifaligining poytaxti Bog’dodda ishlashga jalb etiladi.

Arab xalifaligining poytaxti Bog’dod shahri-tarixiy Madinat as-Salom VIII asr oxiri IX-asr boshlarida obodonlashgan yuksalgan. Xorun-ar-Rashidning o’g’li al-Ma’mun (813-833) davrida o’sha davrning fanlar akademiyasi hisoblangan. «Bayt al-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil qilinib, unga barcha mamlakatlardan mashhur olimlar, tarjimonlar majburan jalb qilingan edi.

«Donishmandlar uyi»da katta kutubxona tashkil etilib, unga Muhammad Xorazmiy rahbarlik qilgan. Bu kutubxonada 400.000 jild hind, Yunon,suroniy, arab, fors, sanskrit va boshqa tillardagi qo’lyozmakitoblar saqlangan. Xuddi shu davrda Ma’mun akademiyasiga jalb qilingan o’rtaosiyolik mashhur matematik, geograf Ahmad Farg’oniy, Abbos ibn Said Javhariy, Ahmad ibn Abdulla Marvaziy va boshqa olimlarga rahbarlik qiladi.

«Baytal-hikma» rasadxonasida Al-Xorazmiy osmon jismlarini o’rganib, natijalarini «Zij fi ilm al-falak» («astronomik jadval») nomli risolasida bayon qilgan. «Astranomik jadval» asari izgacha yetib kelmagan. Anna shu asar Nyuton va Gershel asarlari paydo bo’lgunga qadar Yevropada asosiy qo’llanma vazifasini o’tagan. Shuningdek, uning «Sindhind» asari o’nlik sanoq sistemasini ommalashtirishda katta rol o’ynagan. Olimning arifmetika risolasi hisoblashda o’nlik sistemasining «nolni qo’llagan holda» keng tarkalishiga asos soldi. Arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunlaricha Yunon alfavitiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar.

VIII asr oxiri IX-asr boshlarida Xorazmiy Hindistonda kashf etilgan o’n raqamdan tashkil topgan pozision sistemani o’rganib uni soddalashtirdi, kengaytiradi va 1-chi marta arab tilida bayon etadi. Xorazmiyning «Arifmetika»si bilan birgalikda bu Hind raqamlari Sharqda keng tarqaldi. Algebraning mustaqil Fan sifatida vujudga kelish va rivojlanishda Al-Xorazmiyning xizmati katta. O’zining «Al-kitob al-muxtasar, fi-hisob, al-jabr, val-muqobala» («To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish hisobiga oid qisqacha kitob») nomli asarning so’z boshisida: «Bu asarni yozishda o’quchilar uchun tushunarli, yengil, foydali va kishilar o’rtasidagimuammolarda hisoblashishini osonlashtirishda yordam beradigan, ayniqsa, meros taqsim qilishda, bitim tuzishda, savdo ishlarida, yer o’lchash va boshka hisoblashlarda qo’llanma bo’lishini maqsad qildim».

Ingliz matematiga Robert Chester bu asarni 1445 yili arab tilidan lotin tiliga tarjima qildi. Bunda «al-jabr» so’zi «algebra» deb, al-Xorazmiy so’zi esa «algoritm» deb tarjima qilindi. Bu atamalarning birinchisi hozirgi zamon matematika faniga, ikkinchisi esa hisoblash matematikasining asosiy terminiga aylandi. Olim matematika, astranomiya problemalarini geografiya bilan bog’lab o’rganishga katta ahamiyat berdi. «Surat al-arz» («Yerning surati») risolasini yozgan Kitobda 537 joy nomi, 203 tog’ nomi, dengiz va orol nomlari, eng oxirida esa daryolarning nomlari keltirilgan.

Al – Xorazmiy boshlagan ishni uni shogirdlari va izdoshlari davom ettirdi. Allomaning izdoshlaridan biri Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq astranomiya va trigonometriya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Uning to’g’ilgan yili taxminan X asr (961-965 va 1020-1034yy). Ibn Iroq haqidagi ma’lumotlar uning shogirdi Beruniy asarlarida saqlangan. Ustozini teran fikrli, zehni o’tkir, donno va sofdil ekanligini aytib o’tadi. Undan 20 dan ziyod ilmiy asar qoldirgan.

Ibn Iroqning zehnli va iste’dodli shogirdlaridan biri Abu Rayhon Beruniy aniq fanlar sohasida xizmatlari katta. Beruniy (973-1048) Urganchda Ma’mun II Saroy qoshida Xorazm olimlarini uyushtirib, «Ma’mun akademiyasini» barpo etdi. Bu yerda mashhur hakim Abu Ali ibn Sino, Abu Ali ibn Miskovayx, faylasuv Abu Saxl MAsixiy, matematik va astranom Abu Nasr ibn Iroq, Abul Xayr ibn Xammar, adib va shoir Abu Mansur al-Saalibiy, Zayniddin Jurjoniy, Zamaxshariy, Chag’miniy va o’nlab shoirlar, tarixnavislar bo’lib, bu allomalar ilm fanning turli sohalari tarqqiyotiga katta hissa qo’shdilar.

Abu Rayhon Beruniy Xorazmshoh saroyida shunchalik ishonch orttirdiki, u Ma’mun shohning hamma ishida hamdam va maslahatchisi bo’lib qoladi. Ular to’g’risida bir hadisa mavjud: Bir kuni shoh otda bir qancha yo’l yurganidan keyin Beruniy uyi yaqinida to’xtabdi va uni chaqirishni buyuribdi. Beruniy uyidan sal kechikib chiqibdi. Ma’mun uni ko’rishi Bilan oldiga ot choptirib kelibdi. Otdan tushmoqchi bo’lganida, Beruniy undan otlan tushmaslikni iltimos qilibdi. Shoh bir bayt o’qibdi, uning mazmuni shunday «Ilm har narsadan ulug’dir. Hamma ilmga intiladi, ammo ilm o’zi kelmaydi».

«Ma’mun akademiyasi»ning umri qisqa bo’lgan. Bunga sabab Xorazmni qo’ldan-qo’lga o’tib turganligidir. Mahmud G’aznaviy 1017 yili Xorazmni istilo qilgach, olimlarni islom jaholatini himoya qilishga va urush manfaatlarini ko’zlab ish yuritishga majbur etgan. Buyuk alloma Ibn Sino shu vajdan O’rta Osiyoni tashlab ketgan. Abu Rayhon Beruniy esa G’aznagaolib ketilgan.



Beruniy ilm – fanning deyarli hamma sohalari bilan shug’ullangan qomusiy olim va mutafakkir, matematik va astranom, geograf va tarixchi, tilshunos va shoir, sayyod va faylasuv bo’lgan.

Qadimgi Xorazmni Zamaxshar qishlog’ida tug’ilib, voyaga yetgan buyuk tilshunos, faylasuv, geograf olim Abulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy (1074-1144) ning nomi jahon ilm ahliga mashhur.

Zamaxshariy ko’p qirrali olim bo’lib, fanning turli sohalariga oid 75 dan ortik asarlar yozib qoldirgan. Bizgacha faqat 25 tasi yetib kelgan.asarlari orasida «Muqaddima tul-adab» («Nafis adabiyotga muqaddima») yuksak ilmiy va ma’rifiy qimmatga ega bo’lib, Xorazmshoh Aloviddin Abdul Muzaffar Otsizning (1128-1156) farmoni bilan yozilgan.

Uning asarlari sermazmunligi bilan arab olimlarni hayratda qoldirgan. Allomani sharqda «Faxri Xorazm», «Ustod al-arab va ajam» deb ataganlar.

O’z davrining zabardast olimlaridan biri Mahmud ibn Umar Chag’miniy XII – asr oxiri XIII asr boshlarida Xorazmda yashab, ijod etgan. (aniq sanasi yo’q). Chag’miniy «Mullaxxas fi-l-hay’a» («Astranomiya haqidaqisqacha kitobi ») nomli mashhur asarni yaratgan. Chag’miniyning mazkur risolasi Ulug’bekning Samarqand astranomik maktabida ham o’rganilgan. Hatto unga shu maktabida ham o’rganilgan. Hatto unga shu maktabning atoqli namoyondalaridan biri Qozizoda Rumiy 1412 yilda Ulug’bekning iltimosi bilan sharq yozgan.

O’sha davrda shuningdek, Xorazmlik Muhammad ibn Umar al-Husayn Abdulla Faxriddin ar-Roziy (1149-1209), Abul Qosim al-Baqqomiy Xorazmiy (1160 yilda vafot etgan), Abu Ali Hasan ibn Xoris Xorazmiy (XII asr), Najmiddin Qubaro nomi bilan mashhur Ahmad ibn Umar Xivaqiy (1221 yilda vafot etgan), ilk o’rta asrda Beruniydan keyin mashhur «Xorazm tarixi» asarini yozgan Muhammad ibn Muhammad Arslon al-Abbos Xorazmiy (1172 yilda vafot etgan), Tohir ibn Qosim Ahmad xorazmiylarning nomlarini esga olish, Xorazmda ilm-fan va madaniyatga qiziqish nhoyatda zo’r bo’lganligini bilish mumkin.

Anna shu Xorazmning boy madaniyatini mug’ul istelochilari yo’q qildilar. 1221 yil yozida Chingizxonning o’zi Xorazmga yetib kelib, Urganchni qamal qiladi. Shaharni tamomila yo’q qilish maqsadida, (urganchliklar qattiq qarshilik ko’rsatganligi bois),shaharni suvga bostirib xarobaga aylantirgan.

Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling