IX-XII asrlarda Xorazm.
Xorazm davlati to arablar O’rta Osiyoni istelo qilgunga qadar tomomila mustaqil bo’lib, harbiy – iqtisodiy jatdan qudratliligi, ishlab chikarish kuchlari, ilm-fan, madaniyat, sa’natyuksak darajada ravnaq topganligi Bilan xarakterlidir.
Arab istelochilari Xorazm halqlari hayotida muhim iz qoldirdi. Arablarning harbiy sarkardasi Qutayba ibn Muslim 712 yili Xorazm shohi Chog’onning xoinligi tufayli Xorazmni osongina bosib oldi.
Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar asarida shunday deb yozadi: Qutayba Xorazm madaniyatini, sa’natini yerga ko’mdi. Xorazm xatini yaxshi biladigan xabar va rivoyatlarini o’rgangan va o’z bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi. Arab istilochilarining zulmi Xorazmliklarni qo’lga qurol olib kurashishga majbur etdi. O’rta Osiyo arab xalifaligidan ajralib chiqqan davrda bu yerda markazlashgan Xorazmshoh davlati vujudga keldi. 995 yilda shimoliy va janubiy Xorazm markazlashgan feodal davlatiga birlashtirildi. IX-X asrlarda Xorazmning poytaxti Gurganj (qo’hna Urganch) o’zining yuksak madaniyati bilan shuhrat qozondi.
X – asrda Xorazmda shaharlar qurilishiga zo’r berilib, me’morchilik va hunarmandchilik avj oldi. Agar X-asrda Xorazmda shaharlar soni 13 ta bo’lsa, XI-asrga kelib ularning soni 40 taga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |