1-mavzu: Ilmiy tadqiqot asoslari haqida tushuncha. Ilmiy bilim xossalari Reja


Download 20.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.5 Kb.
#208457
Bog'liq
1-mavzu. (1)


1-mavzu: Ilmiy tadqiqot asoslari haqida tushuncha. Ilmiy bilim xossalari

Reja:

1. Fanning maqsadi va vazifalari.

2. Ilm-fan va ilmiy izlanish jarayoni haqida.

3. Ilmiy axborot va bilimning turlari.

4. Xulosa.

Ilmiy tadqiqot asoslari fanining maqsadi talabalarni ilmiy tadqiqot asoslari bilan tanishtirish, mustaqil ishning dastlabki ko‘nikmalarini ilmiy manbalar asosida ilmiy ishlar olib borish bilan bog‘liq ko‘nikmalarga o‘rgatish. Chunki yangi bilim va tasavvurga ega bo‘lish uchun o‘zgacha tizim – ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish tizimi talab etiladi. Mazkur fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

yangicha bilimga ega bo‘lishni kafolatlash;

olingan bilimlarning ishonchliligini ta'minlash;

bilimning insonga ta'sirini sharhlash;

insonning bilimga ta'sirini izohlash.



Ilm – arabcha so‘z bo‘lib ikki ma’noda qo‘llanadi: 1) o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmui; 2) fan.

Ilm kishining o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba orqasida orttirgan bilimlaridir1. Mazkur bilimlar ko‘paygan sayin kishining dunyoqarashi va fikr doirasi kengayib boradi.

Fan tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrofdagi muhitga ta'sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi2. Mazkur tizimga asoslangan kishilik jamiyati rivojlanish sari yo‘l tutadi.

Ilm-fan kishilik jamiyatining o‘z-o‘zini va atrof-olamni anglashga urinishi jarayonida qo‘lga kiritgan jamiki aniq, ob'ektiv ma'lumotlari, barcha uchun teng darajada muhim bo‘lgan bilimlari jamlanmasidir.

Ilmiy izlanish jarayoni ilm o‘rganishdan boshlanadi. Ilmlarni saralash, keraklarini yig‘ish va ulardan insoniyat uchun foydali holatlarda foydalanish muhim hisoblanadi. Ilmiy axborot nazariy asoslarga tayangan, inson uchun foydali va ishonarli bilimlardir. Inson ilmiy faoliyatining barcha sohalarida bilim maqsadga erishishning asosiy vositasi hisoblanadi. Biz buni moddiy ishlab chiqarish jarayonida ham ko‘rishimiz mumkin. Har bir tarixiy bosqichda ilm-fan o‘zining o‘tmishdagi yutuqlarini jamlaydi. Agarda fan yangi bilimni olish jarayoni sifatida tushunilsa, bu yangi axborotni olishning ikki yo‘li bor: birinchisi tadqiqot ob'ekti bevosita o‘rganish jarayonida jamlanadi. Unda mavzuga tegishli ilmiy adabiyotlar bilan tanishish va ishlash kiradi. Ikkinchisi boshqa manbalardan kerakli ma'lumotlarni to‘plash. Bunga erishish uchun ilmiy anjuman, seminar va simpoziumlarda o‘zaro muloqot olib boriladi. Ilmiy-tadqiqot jarayonining boshlanishi o‘qish-o‘rganishdir. Zamonaviy fanda biron-bir uslubning ustuvorligi haqida gapirish qiyin. Chunki qo‘llangan uslublarning aspekti haddan ziyod keng qamrovli va xilma-xildir. Biroq, ularning orasidan ikkita metodologik omilni qayd etish lozim. Bulardan birinchisi: axborot tuzilmasi va umumiy xususiyatlarini aniqlash. Axborotni to‘plash va faoliyat yuritish jarayonini yuqori darajada tashkillashtirish. Bu voqyelik esa informatikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchisi ilm-fanni ilmiy idrok etgan holda o‘rganish ob'ektiga aylantirish.

Bilim esa ob'ektiv mavjudod haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma'lumotlar majmuidir. Ana shu ma'lumotlar majmui kengayib ilmni shakllantiradi. Bilimning bir qancha turlari bor: ilmiy bilim, maishiy bilim va estetik bilim.

Ilmiy bilim fanga tegishli aniq, muhim va zaruriy ma'lumotlarni o‘zida jamlaydi. Ilmiy bilim maksimal darajada ob'ektivlashtirilgan bilim bo‘lib, umummuhim xarakterga egadir. Chunki u topilishning uslubi, joyi va vaqtiga bog‘liq bo‘lmagan holda ilmiy ongning unsuriga aylangan. Ilmiy bilim nazariy, konseptual xususiyatga ega voqyelik sanaladi. Ilm-fanda bilim olish bosh va bevosita oliy maqsaddir.

Estetik bilim esa nafosatni shakllantirishga asoslangan ko‘nikmalar hamda amaliy odatlarni birlashtiradi.

Maishiy bilim insonlarni to‘g‘ri va farovon yashashga yo‘llaydigan malakalarni qamrab oladi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ilmiy tadqiqot asoslarini chuqur o‘rganish ilmiy bilimni to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qiladi.


Nazorat savollari

1. “Ilm” tushunchasini izohlang?

2. “Fan” tushunchasini sharhlang?

3. “Iln-fan” tushunchasini aniqlashtiring?

4. “Ilmiy jarayon” tushunchasini tushuntiring?

5. “Ilmiy axborot” termini nimani bildiradi?

6. “Bilim” va uning turlarini farqlab bering?

7. “Ilmiy bilim” tushunchasini yoriting?



Asosiy adabiyotlar

1. Manual for writers of apers in English linguistics. Darslik. Gunnel Tottie: University of Zurich, English Department, 2012.

2. Sodiqova Sh. Ilmiy ish asoslari.O‘quv qo‘llanma – T., 2016.

3. Исломжонова Х. Основы научных исследований. Т., 2009.



4. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari. O‘quv qo‘llanma – Toshkent: Akademnashr, 2010.

1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. М., 1981 йил. 60000 сўзлик. З.М.Маъруфов таҳрири остида. Икки жилдлик. 1-жилд. 323-бет.

2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. М., 1981 йил. 60000 сўзлик. З.М.Маъруфов таҳрири остида. Икки жилдлик. 2-жилд. 294-бет.

Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling