1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja
Dissertatsiyaning titul varag‘ida quyidagilar ko‘rsatilishi shart
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)
Dissertatsiyaning titul varag‘ida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
1. -------------------- vazirligi. Tadqiqot bajarilgan oliy o‘quv yurtining nomi. 2. Muallifning ismi, familyasi, otasining ismi(bosh kelishikda). 3. Dissertatsiyaning aniq va to‘liq nomi(sarlavhasi). 4. Dissertatsiya qaysi fan bo‘yicha ilmiy daraja olish uchun taqdim etilyapti? 5. Ilmiy raxbar(lar)ning familiyasi, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi. 6. Dissertatsiya bajarilgan ilmiy muassasaning adresi(joyi). 7. Ish rasmiylashtirilgan yil. Dissertatsiyaning “Kirish” qismida qisqa va batafsil holda quyidagilar ta’kidlanishi zarur: - Mavzuning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati. - Ish asosiga qo‘yilgan faktik materiallarning hajmi muhim ilmiy xulosalar chiqarish uchun ularning qay darajada yetarli ekanligi. - Tanlangan ilmiy metodning afzalliklari; ilmiy natijaning yangiligi, ya’ni to‘plangan materiallarning miqdoriy va sifat qimmati. - Kirish qismida ana shu materiallar bilan bir qatorda tadqiqotning ilmiy natijalari, qaysi ilmiy muassasalarda muhokama qilinganligi, aprobatsiyadan o‘tganligi, ishlab chiqirishga tatbiq etilganligi bayon etilishi kerak. Olimlar o‘rtasida “masalaning tarixini bilish – ma’lum ma’noda yechimini topishning boshlanishidir”, degan hikmat keng yoyilgan. Odatda dissertatsiyaning birinchi bobi konkret soha bo‘yicha ilmiy bilimlarning rivojlanish tarixini yorituvchi ilmiy asarlar sharhiga bag‘ishlanadi. Zero, tadqiqotchi o‘rganishga kirishayotgan muammo, shubhasiz, jahondagi ko‘plab olimlar tomonidan u yoki bu darajada albatta, o‘rganilgandir. Muammoning o‘rganish tarixini bilmay turib, ilg‘or ilmiy g‘oyani yaratib bo‘lmaydi. Ana shu materiallarni iantiqiy izchillik bilan bayon etishda manbaalar ro‘yxatini xronologik izchillikda berish shart emas(bunday holda ko‘p tadqiqotchilar “bibliografiyaga qarang” deyish bilan kifoyaladilar). Yosh tadqiqotchilar ko‘pincha mavzuga oid barcha ko‘rib chiqqan adabiyotlar va hatto har qanday adabiyotlar mazmunini dissertatsiyada bayon etishga, hatto bu asarlarga yozilgan taqrizlarni keltirishga xarakat qiladilar, lekin eng achinarlisi shundaki, bu asarlardagi bosh g‘oyani, mavzuga tegishli bo‘lgan ilmiy yechimni topa olmaydilar, qonunyatlar qanday shakllanganini bila olmaydilar. Binobarin, tadqiqotchi mavzuning adabiyotlarda yoritilish xronologiyasini unutmagani holda butun e’tiborini o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatini uning rivojlanish tarixida ochib berishi zarur. Tadqiqotdagi ilmiy yangilik, uning nazariy va amaliy ahamiyati xuddi shu yerdan boshlanadi. Dissertatsiyaning faktlar uyumi ichidan ikkinchi darajali, nomuhimlarini chiqarib tashlashi, ilmiy asarni keraksiz sitatalar yukidan ozod qila olishi ayniqsa muhimdir. Akademik P.I.Lebedo – Polyanskiy o‘zining Dobrolyubov haqidagi monografiyasini yaratishda muhim va nomuhim faktlarni bir-biridan fanday ajratgani haqida shunday deb yozgan edi: “Men Dobrolyubov haqidagi monografiyam ustida ishlar ekanman, unig inson sifatidagi xarakterining eng muhim xususiyatlarini aniqlashni o‘z oldimga asosiy maqsad qilib qo‘ydim. Men buning uchun Dobrolyubov to‘g‘risidagi barcha asarlarni o‘qidim, uning xarakteri tasvirlangan olti mingdan ortiq sitatani ko‘chirib oldim. So‘ng aytilgan ana shu faktlarni tasnif qildim. Tasodifiy tavsiflarni olib tashladim, natijada Dobrolyubovning eng umumiy va muhim xarakteristikasi shakllandi va bu nashr etilgan monografiyada atigi bir sahifani tashkil etdi” 11 . Ba’zan dissertant qo‘lidagi mavjud adabiyotlardan qaysidir qonuniyatning ilk manbaalari to‘g‘risida tasdiqlovchi manbani topa olmasa, o‘rganilayotgan hodisa bo‘yicha birinchi so‘zni men aytdim, deyishga jur’at etadi. Yoki yetarli asosga ega bo‘lmagani holda birinchiliki qaysidir olimga tirkaydi, keyinchalik bu tasdiqlanmaydi. Albatta, bunday xulosani qilishdan oldin uni mutaxassislar bilan jiddiy va har tomonlama muhokama qilish zarur. Mavzu bo‘yicha adabiyotlarni sharhlash, tahlil qilish, yetarli darajada to‘liq bo‘lishi va qisqacha bayon etilishi va bu tadqiqotchining dissertatsiya bo‘yicha asosiy materialiga soya solmasligi kerak. Dissertant o‘tmishdagi olimlarning mavzuga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan asarlardagi qimmatli g‘oyalarni albatta inobatga olishi, sistemalashtirishi va tanqidiy baholashi zarur. Ayrim mavzular bo‘yicha juda ko‘p adabiyotlar mavjud, biroq bundan adabiyotlarni sharhlash dissertatsiyaning butun hajmida katta qismni egallashi kerak, degan noto‘g‘ri xulosa kelib chiqmasligi lozim. Albatta, biron bir hodisaning rivojlanish jarayonini yoritishda hech qanday standart usullar yo‘q, lekin juda ko‘plab dissertatsiyalarni tahlil qilish natijasida har qanday mavzu bo‘yicha ilmiy manba (adabiyot) larni batafsil sharhlash uchun dissertatsiyaning 25-30 sahifasini ajratish nifoya qiladi. Tadqiqotchi dissertatsiyaning qo‘lyozmasi ustida ishlar ekan, vaqti-vaqti bilan o‘z ishiga “begonaning ko‘zi” bilan tanqidiy nazar tashlashi, o‘ziga nisbatan qattiqqo‘l va talabchan bo‘lishi foydalidir. Adabiyotlarni sharhlashga qanday yuksak talablar qo‘yilsa, bibliografik ko‘rsatkich ham shunga javob berishi kerak. Taqrizchilarning dissertatsiya bilan tanishishni mualllif foydalangan adabiyotlar bilan tanishishdan boshlashi aslo bejiz emas. Tajribali mutaxassisning dissertatsiyani baholashi uchun muallifning mavzuga oid eng yangi adabiyotlar bilan qay darajada tanish ekanligini aniqlashi yetarlidir. Bibliografik ro‘yxatning mavjud bo‘lishi bu shunchaki formal talab, rasmiyatchilik emas, balki dissertatsiyaning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, yosh tadqiqotchining mustaqil ijodiy ishini aks ettiradi.Bibliografik ko‘rsatkich odatda ikki bo‘limdan iborat bo‘ladi: 1. Vatanimiz olimlarining asarlari; 2. Chet tilidagi horijiy olimlarning asarlari. Har bir bo‘lim ostidagiadabiyotlar (kitoblar, maqolalar, qo‘lyozmalar) alifbo tartibida yoziladi va nomerlanadi. Bibliografik ko‘rsatkichda ayni bir xil jurnal va to‘plamning nomi takrorlanishi mumkin. Ularning nomi to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Bibliografik ko‘rsatkichda dissertatsiya tekstida sitata berilmagan, avtor tomonidan foydalanilmagan adabiyotlarni berish tavsiya etilmaydi. 11 Лебедев-Поляннский. «Смена» , 1946, № 23-24. С.9. Bibliografiyaga darslik, ensiklopediya, ma’lumotnoma (spravochnik), ilmiy ommabop nashrlar, gazetalar kiritilmaydi. Agar bunday nashrdan foydalanishga zaruriyat tug‘ilgan bo‘lsa, ularni qo‘lyozmaning sahifasi ostida berishi lozim. Dissertatsiyada bibliografiyaning birinchi bo‘limida manbalar ajratiladi: konstitusiya, hukumat qarorlari, qonunlari, mamlakat prezidentining foydalanilgan asarlari. Texnika fanlari bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiyalar bibliografiyasiqo‘shimcha avtorlik guvohnomalari va patentlar ro‘yhati beriladi(ulardan muallif ishda foydalangan bo‘lsa). Tadqiqotning har bir bobini qisqacha xulosa bilan yakunlash maqsadga muvofiqdir. Ana shu bobda juda qisqa qilib, ishdagi eng muhim yangilikni ajratib ko‘rsatish lozim, bu esa tadqiqotning ilmiy mahsuli(natijasi) hisoblanadi. O‘z fikringni qisqa va aniq ifodalay olish katta san’atdir.Dissertatsiyaning maxsus “Yakunlash” qismida muallif ilmiy ishning eng muhim qoidalarini keng planda umumlashtirishi, mavzu bo‘yicha qilingan tadqiqotga yakun yasashi, hal etilmagan muhim masalalarni ko‘rsatishi lozim. Dissertatsiyaning xulosa qismida asosiy qoidalar, erishilgan natijalar 5-6 sahifada bayon etiladi. Bunda qat’iy va belgilangan shaklda muallif erishgan ilmiy natijalar bayon etiladi. Bunda tadqiqot materiallaridan yangilikning mohiyati, nazariy va amaliy ahamiyati, uning natijalarining tatbiq etilishi alohida ajratib ko‘rsatiladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling