Fan metodlarining guruhlarga bo ’linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish
jarayonida uning roli va o‘mi nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot,
izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. 0’z navbatida,
bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari
ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash
o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo ’yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Fanlararo tadqiqot metodlari-ososa/j fan sohalari tutashgan joyda amal
qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida
yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar
kompleks ilmiy dasturlami amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Xususiy ilmiy metodlar - materiya harakatining asosiy shakliga mos bo
’Igan muayyan fanda qo ’llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot
usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va
ijtimoiy-gumanitar fanlaming metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar
metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari:
mikrofizikada zarralami tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi
turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Empirik tadqiqot metodlari. O ’rganilayotgan har qanday obekt haqida
egallanadigan bilvosita bilim empirik bilish deb ataladi.Kuzatish empirik bilishning
asosiy metodidir. Kuzatish-narsa va hodisalami izchil passiv kuzatish bo ’lib, unda
asosan, sezgi a ’zolarining ma’lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish
obektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki, pirovard maqsad sifatida uning
muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olamiz. Kuzatishbevosita yoki turli
asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida bilvosita amalga oshirilishi
mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish tobora murakkablashib, uning vositalari
ko‘payib bormoqda. Ilmiy kuzatishga qo ’yiladigan asosiy talablar: maqsad
Do'stlaringiz bilan baham: |