1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Formallashtirish-ma ’him mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Formallashtirish-ma ’him mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga 
keltirish. Bu har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikmi aniq 
ifodalashga xizmat qiladi. Formallashtirishda obektlar haqidagi mulohazalar belgilar 
(formula) sohasiga o‘tkaziladiki, bu sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va 
sh.k.)ni yaratish bilan bog‘liq. 
Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini 
bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat’iy ma’noni 
bildiradi. 
Formallashtirish 
algoritmlashtirish 
va 
hisoblash 
moslamalarini 
dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki 
boshqa shakllarini ham kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki, sun’iy 
tillarning formulalari ustida amallami bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlami 
keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi. 
Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalami 
ifodalaydi. Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi 
ta’limotdir. Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish 
timsollar tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo XX asrda ijod qilgan 
avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedel mazmun nazariyasida har doim 
aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi. Tobora 
chuqurlashib borayotgan bilim mazmunini formallashtirish hech qachon mutlaq 
to‘liqlikka erishmaydi, chunki bilish predmeti va u haqdagi bilimlaming rivojlanishi 
(o‘zgarishi) hech qachon to‘xtamaydi. Bu formallashtirishning ichki imkoniyatlari 
cheklanganligidan dalolat beradi. Zotan, har qanday fikmi hisoblash bilan 
almashtirish imkonini beruvchi umumiy metodning yo‘qligi isbotlangan. Gedelning 
teoremalari ilmiy fikmi va umuman, ilmiy bilimni to‘liq formallashtirish mumkin 
emasligini mukammal isbotlab bergan. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling