lozim.
Savollar yopiq yoki ochiq shaklda berilishi mumkin. Anketada javob
variantlarining to‘liq to‘plami berilgan savol yopiq savol deb ataladi. So‘rovdan
o‘tayotgan shaxs uning fikriga mos variantni belgilab qo‘yadi, xolos. Bu holda ochiq
savollardan foydalaniladi. Ochiq savolga javob bera turib, javob berayotgan odam
faqat o ’z tasawuriga tayanadi, bunday javob nisbatan ko‘proq individuallashgan
hisoblanadi.
Tadqiq etilayotgan hodisa, jarayon to‘g‘risida ishonchli ma’lumot olish uchun
barcha kontingentni so‘rovga jalb etish shart emas, chunki tadqiqot obekti miqdor
jihatidan juda katta bo‘lishi mumkin. Tadqiqot obekti bir necha yuz kishidan ko‘p
bo‘lganida tanlab
so ’rovnoma o’tkaziladi. Yozma so ’rov - anketalashtirish. Uning asosida
awaldan ishlab chiqilgan savolnoma (anketa) yotadi, respondentlaming (so‘rovdan
o‘tayotganlar) barcha savollarga javoblari izlanayotgan empirik axborotni tashkil
etishi kerak.
Proyektiv metodlar (psixologiyaga xos )-insonning produktiv faoliyati
natijalariga qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o’rganish usuli.
Testlash (psixologiya va pedagogikada)-standartlashtirilgan topshiriqlar bo
’lib, ulami bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko‘nihna, xotira,
zehn va sh.k.)ni o ’Ichash imkonini beradi. Testlaming ikki asosiy guruhi
farqlanadi-intellekt testlari (mashhur Q koyeffisiyenti) va erishilgan (kasbda,
sportda va h.k.) natijalar testlari. Shuningdek, testlaming blankali, uskunali
(masalan, kompyuterda) va amaliy turlari farqlanadi; shuningdek individual va
guruhli uslublari qo‘llanadi. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat
kasb etadi. Zotan, layoqasiz yoki g‘irrom tadqiqotchining qo‘lida testlar jiddiy zarar
keltirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |