1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Muayyan ilmiy bilimdagi barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Muayyan ilmiy bilimdagi barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar 
evristika sohasini to‘ldiradi. Shuning uchun ham evristika ba’zan qayg‘urish, 
ilhomlanish, insayt bilan bog‘lanadi. Metodologik tafakkuming izchil tizimida 
evristikaga ko‘pincha yetarli darajada anglab bo‘lmaydigan, ammo izlash va topish 
salohiyati katta bo‘lgan soha deb qaraladi. Formal mantiqiy metodlar evristik 
metodlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Barcha mumkin bo‘lgan hollarda evristikadan 
bilim mazmunini kengaytirish, ilgari ma’lum bo‘lmagan yangilikni yaratish 
kutiladi.Ko‘pincha «evristika» tushunchasini tafakkurga bgg‘lab, «evristik 
tafakkur» tarzida qo‘lIaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida 
tafakkurning yaratuvchi funksiyasi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Gʻarb falsafasida 
evristik tafakkumi tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalaming uch turkumi 
farqlanadi: «tinch oqar suv» yoki o‘rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi
blitskrig yoki insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida 
nazariyasi. 
Evristika metodologiyaning bo‘limi sifatida hali rasman e’tirof etilgani yo‘q. 
Ammo o‘z-o‘zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va 
o‘ziga xos yechim topishning strategi- yasi hisoblanadi, evristik usul va qoidalar 
noan’anaviy yo‘llami izlash, ulardan foydalanishga turtki beradi. Evristika fanlararo 


xususiyatga egaligi mazkur sohaning o’ziga xos belgisidir. Ammo evristik xususiyat 
fan ichidagi bilimda ham mavjud. Evristik sezgi ilmiy izlanishning deyarli har bir 
qadamiga hamroh bo‘ladi. Reduksiya, metodlarini o‘zlashtirish, gumanitar va 
texnika fanlarining usullarini birlashtirish, muayyan ilmiy ishlovlami amalga tatbiq 
etishni tanlash, hal qiluvchi eksperimentning o‘zi ma’lum darajada evristik 
farazlarga asoslanadi. Evristika ilmiy va noilmiy bilim, oqilonalik va nooqilonalik 
o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. U xulq-atvor taktikasini tanlashga 
va rivojlanish jarayonida to‘g‘ri yo‘l topishga ko‘maklashadi. Ilmiy tavakkalchilik 
mezoni sifatida evristika ilmiy bilimni rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida 
hamisha olqishlangan, dunyoning postnoklassik manzarasida esa nazariyaning 
evristik xususiyati bilim berish jarayonini o‘zgartirish, uni ijodiy, muammoli, o‘yin 
tarzida o‘tkazish imkonini beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko‘tarildi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling