antrop tamoyili o ’rniga, aytaylik, «elektron tamoyili» yoki «timsoh tamoyili»
to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin.
Normativ metodologiya, aniq ta’riflangan tamoyillardan tashqari, «yarim
normativ» shaklda, ayni paytda «yarim deskriptiv» shaklda ilmiy bilishning
ideallari va normalari, fanlarning o‘zaro ta’siri, ilmiy nazariyalaming
shakllanishi va asoslanishi haqidagi ta’limotlarda, eksperimental faoliyat
tamoyillarida, bilimlami birlashtirish va sintez qilish muammolarida, ilmiy
bilishning imkoniyatlari va chegaralari, ilmiy bilishning tilida ham bo‘lishi
mumkin. Bundan tashqari, maxsus metodologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari
alohida fan sohalari: matematika, fizika, kimyo, biologiya, texnika va texnologiya,
evolyusiya jarayonlari, ekologiya va hokazolaming muayyan tarzda ishlab chiqilgan
metodologiyalarida o‘z aksini topadi.
Ilmiy bilish tizimida metodologiyaning tutgan o‘mi, vazifalari haqida
bildirilgan fikrlarga shuni qo‘shimcha qilish kerakki, metodologiyaning
operasional-amaliy ahamiyatidan tashqari, uning inson aqliy va bilish faoliyatining
ayrim mexanizmlarini ochib beruvchi bilim tizimi sifatidagi ahamiyati to‘g‘risida
so‘z yuritish mumkin. Zotan, bu inson o‘z-o‘zini anglashi uchun ham, «sun’iy
intellekt» tizimlarini yaratish uchun ham muhimdir. Bundan tashqari, har qanday
ilmiy bilish faoliyati doimo muayyan metodga va u haqdagi qarashlarga (ya’ni
ma’lum protometodologiyaga yoki aniq bo‘lmagan metodologiyaga) asoslanishini
ham tushunish kerak. Ammo barcha tadqiqotchilar ham metodologiya
muammolarini maxsus o‘rganavermaydi va ishlab chiqavermaydi. Bu metodologiya
har qanday ilmiy bilish faoliyatining ajralmas qismi ekanligini tushunib yetish uchun
muhimdir.
Tabiiy obektlar xossalarining to ’rt turi - barcha tabiiy obektlarga xos bo
Do'stlaringiz bilan baham: |