1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Sistemali yondashuv - umumilmiy bilimning tarmoqlangan sohasi bo ’lib


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Sistemali yondashuv - umumilmiy bilimning tarmoqlangan sohasi bo ’lib, 
uning predmetiga reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiyaningmetodologik 
muammolari ham kiradi. Bu o‘rinda shuni qayd etib o‘tish kerakki, reduksiya, 
yaxlitlik va kontrreduksiya tamoyillari ayni bir obektni har xil darajada ko‘rish 
imkonini beradi. Bunda aniqlangan xossalarga, agar obekt rivojlanayotgan 
Olamning yagona tizimiga qo‘shilgan yaxlitlik sifatida to‘Iiq tavsiflangan bo‘lsa, 
to‘Idiruvchanlik tamoyili nuqtai nazaridan qarash lozim. 
Modellashtirish tamoyili va o ’xshatish metodi - obektlaming ba ’zi bir 
xossalarini ularga o ’xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga 
asoslangan, mantiqiy-matematik) konstruksiyalami tadqiq qilish orqali bilish 
mumkinligiga asoslanadi. Mohiyat-e ’tibori bilan bu qiyosiy bilish yo‘lidir. 
«Qiyoslash», «o‘xshatish», «model» tushunchalari metodologik nuqtai nazardan 
ko‘p jihatdan o‘xshashdir. Shu munosabat bilan modellashtirish (qiyosiy bilish) 
tamoyilini tushunishni yengillashtirish uchun I.Kantning quyidagi so‘zlarini 
keltirish o‘rinli bo‘ladi: «...Qiyosiy bilish ...ikki narsaning nomukammal 
o‘xshashligini emas, balki ikki mutlaqo o‘xshash bo‘lmagan narsalar o‘rtasidagi ikki 
munosabatning mutlaq o‘xshashligini anglatadi»
5

Mantiqdan ma’lumki, qiyosiy dalillar eng kuchsiz dalillardan biridir. 
Shuningdek, muvofiq modelni yoki tadqiq qilinayotgan obektga muvofiq keladigan 
o‘xshash obektni tanlash muammolari ham mavjud. Bunday muammolarni
5
Канг И. Пролегомени ко всякой будущей метафизики, могущей возникнут в смшсле науки. М.,: 1993.-С. 210.


jumladan, yangi ilmiy bilimning shakllanish tarixidagi quyidagi epizodlar bilan 
tushuntirish mumkin: «Kimyoviy birikmalaming tarkibi yuzasidan Prust bilan 
Bertolle o‘rtasidagi bahs fan tarixida noto‘g‘ri qiyosiy xulosalar chiqarish zaminida 
tug‘ilgan munozaralarga yorqin misol bo‘ladi. Prust karrali og‘irlik nisbatlarining 
aniq namoyon bo‘lishi holatlarini umumlashtirib, kimyoviy birikmalar tarkibining 
ma’lumligi to‘g‘risida xulosa chiqardi. Bunda u tarkibining ma’lumligi deyarli 
sezilmaydigan nisbatan murakkab kimyoviy birikmalarga tayandi. Bertolle esa 
tarkibning noma’lumligi g‘oyasini himoya qildi. Ulaming har biri o‘z sohasida 
o‘zicha haq edi. Ammo bahs ikki olim bir-birining sohasiga aralashishi natijasida 
tug‘ildi. Prust o‘sha davrda (XIX asming dastlabki o‘n yilliklarida) kuchayib 
borayotgan nisbatan umumiy atomistik ta’limotga tayanganligi uchun mazkur 
bahsda yutib chiqdi. XX asming boshida, issiqlik nurlanishi nazariyasidagi to‘lqinli 
va korpuskulyar manzaralaming qarama- qarshiligi esa mutlaqo teskari xotima 
topdi. Bunga ham nisbatan umumiy konsepsiya-materiyaning korpuskulyar-to‘lqinli 
dualizmi konsepsiyasi mavjudligi sabab bo‘ldi»
6

Paradigmalami yengish qoidasi - ilmiy hamjamiyatda yuzaga kelgan 
paradigmalar (namunalar, andozalar, stereotip, sxema, dogma, talqin va fikrlash 
uslublari)ni yengish qoidasi-ilmiy bilish faoliyatini mutlaqo yangini kashf etish 
yo‘liga solishning hamda shakllangan konsepsiyalar negizida yaratilgan yangi 
g‘oyani qabul qilishning muhim omili. 
Tafakkuming turg‘unligi hamda ilmiy hamjamiyatda yuzaga kelgan 
«paradigmalar» munosabati bilan barcha yangi g‘oyalami inkor etish muammolari 
T. Kunning «Ilmiy inqiloblar tuzilishi» asarida mufassal ko’rib chiqilgan. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling