Verifikatsiya tamoyili - mohiyat-e ’tibori bilan formal mantiqni yetarli
asoslash tamoyilining o ’xshashi. Uning asosiy mazmuni juda sodda-ilmiy bilim
tizimiga kiritiladigan qoidalar asosiangan bo‘ lishi kerak. Ammo haqiqiy yoki
asosiangan ilmiy bilimning umum e’tirof etilgan mezonlarini tanlash muammosi
haqida bunday deyish mushkul. Afsuski, bu yerda olimlar o‘rtasida yakdillik yo‘q.
Mantiqiy pozitivizmda har qanday bilimni eng sodda atomar empirik mulohazalar,
qaydlarga bog‘lash orqali empirik asoslash imkoniyati mana shunday mezon bo‘lib
xizmat qiladi.
Falsifikatsiya tamoyiIi-mazkur tamoyilga binoan, faqat inkor etish orqali
tekshirib ko ’rish imkoniyati mavjud bo ’Igan bilimgina ilmiy bilim bo‘lishi
mumkin. An’anaviy ilmiy bilimni soxta, mistik, ezoterik va boshqa shunga
o‘xshagan ta’limotlardan ajratishda falsifikatsiya tamoyili, ayniqsa, katta samara
beradi. Masalan, kimdir osmonda illyuminatorlaridan o‘zga sayyoraliklar qarab
ketayotgan uchar likopni ko‘rdim deb aytsa, mazkur bilimni ilmiy nuqtai nazardan
ko‘rib chiqish uchun uning yolg‘onligi yoki haqiqiyligini tanqidiy tekshirish
imkoniyati (guvohlar, fotosurat, qayd etilgan radiosignallar va sh.k.) bo‘lishi kerak.
Mazkur tamoyilni K. Popper ta’riflab bergan. Ammo uning asosiy g‘oyasi
ozmi, ko‘pmi aniq darajada ilgari ham tadqiq qilingan edi. Masalan, F. Nitsshe
«Yaxshilik va yomonlikning narigi tomonida» asarida: «Nazariyani inkor etish
mumkin emasligi uning eng muhim jihatlaridan biridir. Aynan mana shu jihati bilan
u eng nafis aql egalarini o‘ziga tortadi»
4
, deb yozadi.
Reduksiya tamoyili-ma ’lum yaxlitlik, tizim, «murakkablikmi uning
nisbatan sodda tarkibiy qismlari, unsurlari orqali bilishdir. Boshqacha qilib
aytganda,
reduksiya
tamoyili-tadqiq
qilinayotgan
obektlar
(yaxlitliklar,
tizimlar)ning ma’lum integral xossalarini mazkur obektlaming tarkibiy qismlari
orqali bilish. Bu tamoyil jonli va jonsiz tabiatning ma’lum obektlarini, ijtimoiy
tizimlami, ijtimoiy-tabiiy tizimlami ilmiy bilishga ko‘proq xos. Masalan, atomning
ba’zi bir xossalarini uning yadrosi va elektronlarining xossalaridan, tirik hujayraning
xossalarini uning tarkibidagi organoidlardan, jamiyatning xossalarini uni tashkil
etgan ijtimoiy tabaqalar, iqtisodiyot, jug‘rofiy- siyosiy holatning xossalaridan
keltirib chiqarish mumkin va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |