1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Evristika sirlariga yaqinlashishga bo‘lgan eng so ’nggi urinishlardan


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Evristika sirlariga yaqinlashishga bo‘lgan eng so ’nggi urinishlardan 
A.F.Osbornning 
«miyaga 
hujumimi 
qayd 
etish 
mumkin. 
Unda 
kashfiyotchilikning o ’rindoshlik, o ’tkazish, birlashtirish va ajratish bilan bog‘liq 
an’anaviy usullari bilan bir qatorda, xayolni rag‘batlantiruvchi usullar: tig‘iz 
muddatlar tizimi, muammoni tanqidsiz vaziyatda erkin muhokama qilish
tortishuvlik muhitini yaratish, shuningdek, hazil taxminlar qilish qayd etiladi. 
Ammo evristika yo‘nalishining vakili D. Poyya ilgari surgan ijodning (yoki 
muammolarni samarali hal qilishning) muqarrar tarzda amal qiladigan qoidalarini 
ishlab chiqish amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifa, degan g‘oyasi yanada 
an’anaviyroq hisoblanadi. 
Darhaqiqat, evristika o‘ziga xos metodologiya, ya’ni ijodiy faoliyat 
metodlarining majmui sifatida ma’lum talablar qo‘yadi: 
u oddiy tanlash usullariga emas, balki muammoni hal qilish vaqtini 
qisqartirish imkonini beradigan usullarga tayanadi; 
qo‘llaniluvchi usullar an’anaviy qabul qilingan va eskirgan usullardan jiddiy 
farq qilishi mumkin; 
usullardan foydalanishga tadqiqot ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan tashqi 
cheklashlar qarshilik ko‘rsatadi; 
izlanish modellari jiddiy darajada individuallashtirilgan bo‘lib, bilish 
subektining ruhiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. 
4. Asosiy metodologik tamoyillar. Metodologik tamoyillar yangini bilishga 
aniq yo‘l ko‘rsatib bera olmaydi. Bu nuqtai nazardan ular ancha mavhumdir. Ammo 
evristik ta’limotlardan farqli o‘laroq, metodologik tamoyillarni aniq, izchil shaklda 
ta’riflab berish mumkin. Bilishning mazkur yondashuvlari tamoyillar tarzida 
ta’riflangunga qadar ham qadim-qadimlardan qo‘llanilib kelingan, ammo ularni 
refleksiya qilish, muayyanlashtirish, ulaming amal qilish sohalarini mufassal tahlil 
qilish asosan XX asr metodologiyasida amalga oshirildi. 
Har bir tamoyil yuzasidan shu qadar ko‘p adabiyotlar borki, ulami bir yerga 
to‘plasa, tog‘ hosil bo‘ladi. Ammo ulami o‘qish mazkur tamoyillaming muxtasar 
tavsifiga taqqoslaganda tadqiqotchiga juda kam metodologik ma’lumotni beradi. 
Mufassal 
tadqiqotlar 
professional 
metodologlarga 
o‘z 
qarashlarini 
muayyanlashtirish va himoya qilishlari uchun foydalidir. 



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling