o‘z tarkibiga kiruvchi mavjudotlaming xossalari bilangina cheklanmaydi; til
xossalari uni tashkil etuvchi leksik birliklar,
grammatika qoidalari, semiotik
tafsilotlaming xossalari bilangina cheklanmaydi.
Kontrreduksiya tamoyilida oliy immanent «metayaxlit» xossa- larning
mavjudligi va mazkur tizim yaxlitligini yanada yuksak darajada uyushgan
tizimning tarkibiy qismi, unsuri sifatida gnoseologik nuqtai nazardan tadqiq qilish
mumkinligini e’tirof etiladi. Bu yerda aynan immanent, ya’ni mazkur yaxlitlikka
awaldan xos bo‘lgan xossalar to‘g‘risida so‘z yuritilayotganligi maxsus qayd etiladi.
Kontrreduksiya tamoyili elementar zarralardan tortib to ijtimoiy-tabiiy
tizimlargacha bo‘lgan barcha tabiiy obektlarga, shu jumladan, tabiiy tilga nisbatan
amal qiladi.
Xullas, kontrreduksiya tamoyili deganda obekt (yaxlitlik, tizim)lami nisbatan
yuksak darajada uyushgan tizimlaming tarkibiy qismlari sifatida,
shu jumladan,
tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy tizimlaming tarkibiy qismlari sifatida tadqiq qilish
jarayonida mazkur obektlarning «metayaxlit» xossalarini bilish tushuniladi. Tadqiq
qilinayotgan obektlarga nisbatan kontrreduksiya tamoyilini qo‘llash natijasida
aniqlangan immanent «metayaxlit» xossalami oliy narsalar
va kelajak haqidagi
immanent «xotira» deb nomlash ham mumkin.
Kontrreduksiya tamoyili «butunning xossalari uning tarkibiy qismlari
xossalarining yig‘indisidan katta», degan ma’lum qoidaga asoslanibgina qolmasdan,
tabiiy tuzilmalar (yaxlitlikiar)ning oliy (metayaxlit) xossalarini ajratadi. Muayyan
obektning
aniqlangan yaxlit xossalari, agar ular tarkibiy qismlarning xossalariga
bog‘liq bo‘lmasa, «metayaxlit xossalar» bo‘lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: