O ’Ichash aniqligi muammosi ham empirik bilish uslubi sifatida shu kabi
o‘lchashning gnoseologik asoslariga oid hisoblanadi. 0’lchash aniqligi o‘lchash
jarayonidagi quyidagi obektiv va subektiv omillarga bog‘liq: -o‘rganilayotgan
obektda u yoki bu turg‘un miqdor ta’riflarini ajratib olish imkoniyati murakkab,
ba’zan esa buning umuman iloji bo‘lmaydi;
-o‘lchash vositalari imkoniyatlari (ulaming mukammallik darajasi) va
o’Ichash jarayoni kechayotgan sharoitlar. Qator hollarda kattalikning aniq qiymatini
topishning umuman imkoni yo‘q. Masalan, elektronning atom atrofidagi
trayektoriyasini aniqlash mumkin emas va h.k.
0’lchashning subektiv omillari qatoriga o‘lchash usulini tanlash, ushbu
jarayonni tashkil qilish va subektning bilish imkoniyatlari - eksperiment o‘tkazuvchi
malakasi, uning olingan natijalarini to‘g‘ri va savodli izohlab berish mahorati kiradi.
Bevosita o ’Ichash bilan birga ilmiy eksperiment o ’tkazish jarayonida
bilvosita o ’Ichash uslubi keng qo ’llanadi. Bilvosita o’Ichashda izlanayotgan
kattalik dastlabki funsional bog‘liqlik bilan bog‘liq boshqa kattaliklami bevosita
o ’Ichash asosida aniqlanadi. Jism massasi va hajmining o‘lchangan qiymatlariga
ko‘ra uning zichligi aniqlanadi; o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qarshilikning
o‘lchangan kattaliklari, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi uzunligi va maydoniga
ko‘ra topilishi mumkin va h.k. Ayniqsa, obektiv reallik sharoitida bevosita o‘lchash
mumkin bo‘lmaganida bilvosita o‘lchash uslubining roli katta. Masalan, har qanday
kosmik obekt (tabiiy)ning massasi boshqa fizik kattaliklami o‘lchash ma’lumotlarini
qo‘llashga asoslangan matematik hisob-kitoblar yordamida aniqlanadi.
Nazariy tadqiqot metodlari. Nazariy asoslangan va isbotlangan bilimlar
majmui nazariy tiadqiqot metodlari orqali egallanadi. Quyidagilar nazariy
Do'stlaringiz bilan baham: |