1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Sinergetikaning asosiy ob’ekti: o‘z–o‘zidan tashkil etish; tartiblilik va 
tartibsizlik (xaos).


Ma’lumki, kishilik jamiyatida, ijtimoiy hayotda ma’lum bir maqsadni amalga 
oshirish uchun faoliyat jarayonlarini tashkil qilish kerak. Bu vazifani odatda yo bir 
tashkilotchi shaxs yoki bir necha odamdan iborat tashkilot bajaradi. Bu yerda vazifa 
– ob’ekt, bajaruvchi – sub’ektdir. Bu mulohaza, hatto tabiatga ham taalluqlidir. 
Tabiiy tabiat va sun’iy tabiat bor. Sun’iy tabiat, odatda, ikkinchi tabiat deyilib uni 
odam tashkil qiladi. Tabiiy tabiatni, ya’ni elementar mikrozarralardan tortib, quyosh 
sistemasi, galaktikalar, kvazarlar, pulsarlargacha cho‘zilgan olamni tabaitning o‘zi, 
olamning o‘zi tashkil qiladi. Olam va uning ayrim qismlari, sistemalari o‘zini –o‘zi 
tashkil qiladi, ya’ni sistema tashqi ta’sirsiz o‘z–o‘zidan tashkillanadi. Diniy 
ta’limotlarning uqtirishicha, olamni, odamni Xudo tashkil qilgan va mayda–chuyda 
narsalarni tashkil etish vazifasi odamga topshirilgan.
Sinergetikaning vazifasi aniq: jonsiz tabaitda ham jonli tabiatda ham, 
hayvonlar dunyosida ham, odamlar jamiyatda ham sub’ektning tashkilotchilik 
qobiliyatidan tashqari ob’ektiv aktivlik borki, ko‘p narsalar odam sub’ektivisiz ham 
tashkil qilinaveradi.
O‘z–o‘zidan tashkillanish – chetdan keladigan ta’sirsiz, o‘zi–o‘zidan 
xarakatlanishning muhim namoyon bo‘lishi; shu bilan birga o‘zi o‘zini 
boshqarishning asosidir; umum holatda xususiy, xududiy qismning mavjudlik 
sharoitining imkoniyati.
O‘z–o‘zidan harakatlanish, o‘zgarish, rivojlanish deganda, avvalo, 
materiyaning mavjudligida barcha xolatlarda yoki bir holatdan ikkinchi xolatga 
tabiiy o‘tishidagi sabab shu materiyaning o‘zida bo‘lib, tashqi kuchga muhtoj emas, 
degan so‘z. Masalan, Quyosh va Quyosh sistemasida, har bir galaktikaning o‘zidagi 
fizikaviy, kimyoviy jarayonlar shu jumladandir.
Shu bilan birga esdan chiqmaslik kerakki, har bir ob’ekt, narsa tashqi kuch 
ta’sirida ham o‘z xolatini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, bir yulduz nuriga, 
jumladan Quyosh nuriga boshqa yulduzlar nurlari ta’sir etishi mumkin. Bu esa 
kosmik nurlar orasidagi bog‘lanish munosabatlarini belgilaydi.
Tashqi ta’sir natijasida o‘zgarish deyilganda, materiyaning o‘zining bir qismi 
ikkinschi qismiga ta’siri, deb tushunmoq kerak. Buni yaqqol tushunmoq uchun 
ta’sirlanuvchi qismning o‘zi to‘la qism bo‘lmay, ta’sirlanuvchi qism bilan 
birgalikda, ya’ni ikki sistemachadan iborat qism ichidagi jarayon deb tasavvur 
etmoq kerak. Masalan, kristallarning tashqi ta’siridan kattalashishi, metalning 
zanglashi, Quyosh sistemasiga Galaktikaning ta’sirini ikki sistemachadan iborat 
sistemalardagi o‘z– o‘zidan tiklanish deb qarash mumkin. Shuningdek, Yer haqida 
gapirganimizda uni Quyosh sistemasining bir qismi sifatida ham tasavvur etishimiz 
mumkin. Bular jonsiz tabiatda. Jonli tabiatda ham, sistemalarning tashqi ta’siridan 
o‘zgarishi shunday. Lekin, bu anologiya nisbatan. Aslida jonli tabaitda yopiq 
sistemani ikki ochiq sistemachadan iborat deb tushuniladi sinergetikada. Darhaqiqat, 
alohida o‘simlik, hayvon va odam organizmi tashqi muhisiz yashay olmaydi. 


Shuning uchun sinergetikada har bir tirik organizm ochiq tizim ekanligiga urg‘u 
beriladi. Ha, Yerdagi hayot ma’lum tegishli sharoitda birdan o‘z – o‘zidan paydo 
bo‘lgan, deb tushuniladi sinergetikada.
Uyg‘un bir qoida bo‘yicha bajarilmaydigan sabab–oqibat jarayoni 
tartibsizlikdir. Masalan, tabiatda Broun zarralarining harakatlari, shar–sharadan 
oldin tartibli ravishda parallel oqib kelayotgan olmalarning shar – sharadan tushishi 
bilan ular xarakatlarining tartibsizligi ya’ni laminarlikdan turbulentlikka o‘tishi, 
jamiyatda esa ba’zan kuzatiladigan to‘s – to‘polon, olamon xarakatlari.
Tartibsizdlik tushunchasi, qadimgi faylasuflarni ham ko‘p qiziqtirgan. Platon 
fikricha, har bir voqea bir qancha imkoniyatlardan birining yuzaga chiqishidir. Mana 
shu imkoniyatlar voqelikka aylanguncha tartibsiz xolda bo‘ladilar.
Imkoniyatlardan biri haqiqatga aylanganidan so‘ng tartibsizlik o‘z ma’nosini 
yo‘qotadi. Demak, har bir narsa tartibsizlikdan kelib chiqadi.
I.Prigojin va I. Stengers e’tirof etadilar: “Bizdan oldingilar tartibsizlik bilan 
tartiblilik munosabati haqidagi savolga javob bera olmaganlar. Mashxur entropiya 
qonuni olamni tartibotdan notartiblikka olib boruvchi jarayon deb tushunishgan. 
Biologiya esa oddiylikdan murakkablikka, past tartibotdan yuqoriroq tartibotga olib 
boradi, deb tushuntirishgan. Nimaning hisobiga?
Endi ma’lum bo‘ldiki, tashqi muhitdan keladigan energiya va moddalar 
hisobiga. Tashqi muhitning ta’siri – tartibot manba’idir”. Ha, tashqi tashqi 
muhitning ta’siri hisobiga entropiya kamaytiriladi, deyilmoqchi, bu yerda.
Fizikada tartibsiz harakat deb, muvozanat holdagi issiqlik harakati, 
muvozanasiz turbulent harakat, elektromagnit to‘lqinlari harakatlari hisoblanadi. 
Tartibsizlik – trayektoriyalarning beqarorligi.
Tartibot manbai – nomuvozanatlikdir. Nomuvozanatlik tartibsizlikdan 
tartiblilikni chiqaradi. Orqaga qaytmaydigan jarayonlar tartibsizlikdan tartiblilikka 
o‘tish manbaidir.
Darhaqiqat,
sinergetika
asoschilarining
bir
kitobi
“Tartibsizlikdan tartiblilikka ” (“Poryadok iz xaosa”) deb ataladi. 
Tartibsizlikdan to‘satdan tartiblilikka o‘tish va qaytadan tashkillanishga o‘tishning 
sababi – o‘z –o‘zidan tashkillanish qobiliyatidir.
Tartibotga tashqi muhit ta’sir qilish mumkin. Shu bilan birga, tashqi muhit 
beqaror bo‘lsa, sababiyat – oqibat qoidasi o‘z kuchini yo‘qotadi, endi dinamik 
qonuniyat o‘rniga statistik qonuniyat ishlatiladi. Masalan, ob – havo murakkab 
jarayon, chunki sababiyat ichida tasodiflar ko‘p bo‘lishi mumkin. Uni oldindan 
aniqlash mumkin, agar sabablar aniqlansa. Qiziq hodisa shuki, bir qit’ada tasodifan 
uchgan pashsha dunyo ob – havosini o‘zgartirib yuborishi turgan gap. Lekin bu 
nazariyada, amaliyotda esa, u pashshaning roli yo‘q. Harakat qilayotgan ob’ekt bitta 
bo‘lsa, masalan, bitta raketa yoki bitta xujayra bo‘lsa – dinamik qonuniyat, ob’ekt 


ikkita va undan ortiq bo‘lsa statistik qonuniyat hukmronliq qiladi. Statistik 
qonuniyat ko‘proq hukmron.
Chalkashlik, alg‘ov – dalg‘ovlik, aralash – quralashlik ham tartibsizlikdir. 
Ularning qonun – qoidalarini topish sinergetikaning vazifasiga kiradi.
Tartiblilik va tartibsizlik vakuumda, mikrodunyoda, makrodunyoda bir xil 
emas, balki nisbiydir. Masalan, turbulent harakat makro miqyosda tartibsizlik 
bo‘lgani holda mikro miqyosda tartibli va yuqori darajada tashkillangandir. 
Termodinamikada entropiyaning o‘sib borishi tartiblikdan tartibsizlikka olib boradi, 
biologiyada esa – aksincha, soddadan rivojlanishga. 
O‘z –o‘zidan tashkilanish natijasida sistema tartiblashadi.
Tartiblilik va tartibsizlik ma’nosining boshqacha ko‘rinishi chiziqli va 
chiziqsizlikdir. Bunda kechayotgan jarayonni qog‘ozda ifodalash usuli e’tiborga 
olinadi. Misol uchun sharsharakni ko‘z oldimiga keltiraylik. Ariqda to‘g‘ri chiziq 
bo‘yicha oqib kelayotgan olma sharsharakdan tushayotgan davrida o‘z xarakatini 
parabola bo‘yicha davom ettiradi va nihoyat, pastga tushganidagi trayektoriyasi 
qanday chiziq bilan bo‘ladi, bunisi noma’lum. Mana shu noma’lumlik chiziqsiz 
jarayon deyiladi. Sog‘lom yurakning bir xildagi urishini to‘g‘ri chiziq bilan 
ifodalash mumkin. Bir xildagi aritmiya ham shunday. Tartibsiz aritmiyani chiziq 
orqali aniqlab bo‘lmaydi.
Odamlarning ko‘chada yurish trayektoriyalari ham chiziqli hodisa, lekin 
to‘polon, olamon vaqtidagi holatlari chiziqsiz jarayondir.
Umuman, chiziqli jarayonlarni quyidagi chiziqlar shaklida ifodalash mumkin: 
to‘g‘ri chiziq, aylana, ellips, parabola, sinusoida. Chiziqsiz xodisalar: chiziq qolipiga 
tushmaydiganlar, chastotasi tartibsiz jarayonlar.
Tartibsizlikning paydo bo‘lishi uchun tashqi muhitning ta’siri, tashqi kuch 
kerak. Natijada beqarorlik paydo bo‘ladi. Tartibsizlik paydo bo‘lgandan keyin tashqi 
kuch kerak emas, endi ichki kuchlar yetadi. Olamda ro‘y beradigan xodisalar, 
jarayonlar, umuman ziddiyatli ekani hammaga ma’lum. Tartiblik va tartibsizlik, 
barqarorlik va beqarorlik, uyg‘unlik va o‘zgaruvchanlik shu jumladandir.
 Adabiyotlar:
1. 
Xaken G. Sinergetika. M., 1980.
2. 
Sistema gumanitarnogo i sosiolno ekanomicheskogo znaniya. M., 2001.
3. 
Kurdyumov S.P. Sinergetika novo‘e napravleniya. M., 1989.
4. 
Sinergeticheskaya paradigma. Mnogoobraziye poiskov i podxodov.M.: 2000.
5. 
Samoorganizatsiya i nauka: opo‘t filosofskogo osmo‘sleniya. M. 1994.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling