1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)
Ilmiy bashorat - bilishning o‘ziga xos shaklidir. O‘tmish ѐki bugungi
kunning voqea-hodisalari haqida ma’lumotlardan iborat oddiy bilimlardan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat kelajakda sodir bo‘lishi ѐki kashf etilishi mumkin bo‘lgan narsalar haqida axborotni ifoda etadi. Binobarin, u ehtimoliy xususiyatga egadir. Bu bilish ob’yekti - hali kelmagan kelajakning xususiyati bilan belgilanadi. Kundalik haѐtiy tajribaga, sog‘lom fikrga, har hodisalarni oddiy kuzatishga ѐki diniy e’tiqodga asoslangan diniy bashoratlar va empirik farazlardan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimni ob’yektiv, teran va har tomonlama tahlildan o‘tkazishga asoslanadi. Tabiiy va ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda ilmiy bashoratni tafovut etish zarur. Tabiat insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq bo‘lmagan qonunlarga ko‘ra, ob’yektiv rivojlanadi, shuning uchun ham bu yerda bashorat ozmi, ko‘pmi bir ma’noli xususiyatga ega bo‘ladi. Ijtimoiy jaraѐnlar sohasida ilmiy bashoratda butunlay boshqa vaziyatga duch kelish mumkin. Birinchidan, ijtimoiy taraqqiѐtning ob’yektiv qonuniyatlari muayyan odamlarning sub’yektiv niyatlari bilan to‘qnashadi va ixtilofga kirishadi hamda bunday to‘qnashuv jaraѐnida bu niyatlarga tuzatish kiritiladi, binobarin, ilmiy prognozning ro‘ѐbga chiqishi imkoniyatlari bu yerda omonat, muttasil o‘zgaruvchandir. Ikkinchidan, jamiyat haѐtini o‘rganaѐtgan shaxs o‘zi bu jamiyatning a’zosi bo‘lib, o‘rganilaѐtgan jaraѐnlar, ob’yektiv va sub’yektiv omillarning bevosita ta’sirini o‘zida muttasil his etadi, bu esa unga o‘z tadqiqotchilik va prognostik ijodiy faoliyatida to‘liq ob’yektiv bo‘lishiga xalaqit beradi. Ilmiy ijodda bashorat gipotezalarni va ularni tekshirish metodini shakllantirish usuli sifatida ishtirok etadi, zotan, bu gipotezalarning to‘g‘ri ѐki noto‘g‘riligini kelajakning o‘zi tasdiqlaydi. Birinchi holda gipoteza ilmiy nazariyaga, ikkinchi holda esa - yanglishish va xatoga aylanadi. Ilmiy bashorat bugungi kunda informatika va elektronika, global kompyuter tarmog‘i va globalizatsiya asri insoniyat oldiga qo‘yaѐtgan ko‘pgina muammolarni hal qilishga qodir. Ilmiy bashorat va prognoz ѐrdamida inson haѐtiy faoliyati rivojlanishining nomaqbul, zararli, xavfli, boshi berk yo‘nalishlarini oldindan aytib berish, shuningdek ularning oqibatlarini yumshatish ѐki to‘liq bartaraf etish mumkin. Hodisalarni bashorat qilish, ularni ilmiy tushuntirish, hodisalarning teran aloqasi va mohiyatini ochib berish, ijtimoiy amaliѐtga xizmat qilish qobiliyati - bu fanning ijodiy, prognostik imkoniyatlarining ko‘rinishlaridir, zero, ilmiy bilishning asosiy vazifasi tabiiy va ijtimoiy muhitda insonga yo‘l ko‘rsatish va uni bu muhitga moslashishiga ѐrdam berishdan iborat. Bashorat - bu odamlarning bilish va amaliy- o‘zgartirish faoliyati o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in, jamiyat haѐtini tashkil etish va boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy bashorat bugungi kundan kelajakka, ma’lumdan noma’lumga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu gnoseologik noaniqlikni vujudga keltiradi, binobarin, ilmiy ijod jaraѐnida ilmiy bilish va prognoz qilish amalga oshiriladigan tizimlarning rivojlanish yo‘llari prinsipial xilma-xil bo‘lishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham bashorat ilmiy bilishda kelajakni mutlaqo aniq bilishni da’vo qilmaydi. Hodisalarning jo‘shqinligi, o‘zgaruvchanligi, rivojlanishning yo‘nalishi va sur’atlarini u ѐki bu tomonga og‘diruvchi fluktuatsiyalarning mavjudligi ilmiy bashorat aytilgan muddatdan oldin ѐki keyin sodir bo‘lishi ѐ umuman sodir bo‘lmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Ilmiy bashoratning ro‘ѐbga chiqish yo‘llari har xil bo‘lishi mumkin. Bu yerda ilmiy prognoz qiluvchi tadqiqotchilar tafakkurining o‘ziga xosligi, ularning ijodkor shaxs sifatidagi xususiyatlari ѐrqin namoѐn bo‘ladi. Bu yerda umumiy mushohadalardan xususiy mushohadalarga (deduksiya) va xususiydan umumiyga (induksiya) o‘tish, taqqoslash, solishtirish, ekspert baholash, tahlil va sintez qilish mumkin. Ilmiy rejalar va prognozlar to‘liq ѐki qisman o‘z ifodasini topadigan odamlar amaliѐti ilmiy bashorat va prognozning to‘g‘riligi mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy bilishning evristik-prognostik funksiyasi mavjud ilmiy bilimning qimmatini va butun insoniyat uchun ahamiyatini oshiradi, zotan, ilmiy bashoratning ro‘ѐbga chiqarish, uni potensial imkoniyatdan dolzarb voqelikka aylantirish inson aql-zakovati ijodiy faoliyati imkoniyatlarining cheksizligi va bitmas-tuganmasligiga bo‘lgan insonning ishonchini mustahkamlaydi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling