1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


- mavzu:  Ilmiy tadqiqotdlarni prognozlashtirish. Ilmiy bashorat uning


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

 


8- mavzu:  Ilmiy tadqiqotdlarni prognozlashtirish. Ilmiy bashorat uning 
ilmiy tadqiotdagi o‘rni. 
1. 
Ilmiy bilishda prognoz (bashorat) qilishning o‘rni.
2. 
Fanda prognoz (bashorat) ijod shakli sifatida.
3. 
Tadqiqotlarda ilmiy ijod va bashorat metodologiyasidan foydalanish.
Bashorat, ilmiy bashorat muammosi olimlarni qadimdan qiziqtirib kelgan. 
Qadimiy Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo, Yunonistonda shakllangan falsafiy 
qarashlarda bashorat muammosiga dahldor fikrlar ko‘plab uchraydi. Qadimiy Xind 
falsafasida oldindan ko‘rish amaliy faoliyatga bog‘liq ekanligi, tajribadan kelib 
chiqqan holda o‘tmish, hozir va kelajakda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarni 
bashorat qilish mumkinligi haqida fikr yuritilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida 
bashorat tushunchasi haqida fikr yuritilgan va unga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
hodisa haqida oldindan hosil qilingan «bilim», deb ta’rif berilgan. Qadimgi Yunon 
faylasuflari tabiiy-ilmiy bilimlarga tayangan holda tabiatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
hodisalarni bashorat qilganlar. Qadimgi Yunon faylasufi Falesning quyosh tutilishi 
haqidagi ilgari surgan bashoratini bunga misol tarzida keltirish mumkin. Haqiqatan 
ham Fales bashorat qilganidek, quyosh tutilishi Ioniyada 585 yili 25 may kuni sodir 
bo‘lgani haqidagi tarixchilarning ma’lumoti bor.
Demokrit hodisalar orasidagi sababiy aloqadorliklarni aniqlash orqali 
kelajakda yuz beradigan hodisalarni bashorat qilish mumkin, deb hisoblagan. 
Bashorat haqida qadimgi Rim faylasufi Lukresiy Kar Tit (mil.av. 96-55 yillar)ning 
bayon etgan fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha, tabiatda sodir bo‘ladigan turli-
tuman hodisalar, jarayonlar orasida aloqadorlik mavjud. Hech narsa o‘z-o‘zidan ro‘y 
bermaydi. Biz dovulni keltirib chiqaradigan havo qatlamlarini ko‘rmaymiz, lekin 
uning vayron qiluvchilik kuchini ko‘ramiz. Lukresiy narsalarning kelib chiqishini 
tabiiy sabablarga bog‘laydi; quyoshning, oyning tutilishi kabi hodisalarning tabiiy 
sabablari bor, deb biladi. Sababiy aloqadorliklarni ochish, tushunish, narsa va 
hodisalarning hossa-xususiyatlarini oldindan bilish imkonini beradi, deb hisoblaydi 
olim.
Tabiiy va ijtimoiy hodisalarni bilish va bashorat qilish masalalari O‘rta asrlar 
Markaziy Osiyo mutafakkirlari falsafiy, tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlarida 
muhim o‘rin tutadi. Al-Xorazmiyning matematika, astronomiya, geografiya, tarixga 
oid Abu Nasr Forobiyning fozil jamiyat, fozil davlat, insoniyatning baxtli kelajagi 
xaqidagi, Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari, xususan, uning 
astronomiyaga oid fikrlari bu fanning kelgusi taraqqiyotiga juda katta ta’sir 
ko‘rsatdi. Abu Rayhon Beruniyning geologiya ilmiga oid qarashlari o‘zining 
kelajakka yo‘naltirilganligi nuqtai-nazaridan hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 
emas.


Bashorat hayoliy (utopik) sosializm va marksizm nazariyasining asosini 
tashkil etadi.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida “bashorat” (arab - xushxabar) 
tushunchasiga ilmiy bilishning bir shakli, hali to‘la ma’lum bo‘lmagan imkoniyat 
tariqasidagi hodisalar, turli jarayonlar to‘g‘risida oldindan fikr aytish
43
deya ta’rif 
beriladi.
Ma’lumki, bashoratning dastlabki shakli-sezgi, ishora, kundalik tajribaga 
asoslangan odatdagi (intuitiv) bashorat hisoblanadi. “Ko‘p asrlik hayotiy tajriba 
asosida odamlar u yoki bu hodisalarni kundalik hayotda qonuniy takrorlanishini 
anglab yetadilar, hamda ularni birbiriga taqqoslashni o‘rganadilar. Jumladan, 
qaldirg‘ochlar yer bag‘irlab uchsa, ob- havo tez orada yomonlashishini kutish 
ma’lum. Oddiy odamlarning kuzatuvchanligi, ijodiy zehni kelajakni prognoz 
qilishning o‘ziga xos shakli – xalq alomatlarida o‘z ifodasini topadi.
Odamlar ob-havodagi o‘zgarishlarni va ularning hosilga ta’sirini asrlar osha 
kuzatib keladilar, hayvonlar, qushlar, qurtqumursqalarning ma’lum xulq atvoriga, 
kunchiqar va kunbotar mahallarda quyoshning tusiga,bulutlarning shakliga qarab 
obhavoni bashorat qilishga odatlangan"
44
.
Bashorat shakllari orasida mifologik, diniy va ilmiy bashoratlar alohida 
o‘rinni egallaydi. Bunda zamonaviy bashorat va uning turli yo‘nalishlariga ham 
alohida ahamiyat qaratiladi. Mifologik bashoratda kelajak haqida folbinlik, 
shamanizm, turli afsona va rivoyatlar muhim ahamiyatga ega. Qizig‘i shundaki, 
garchand insoniyatning ba’zi vakillari ushbu bashorat shakli sohiblarini tanqid va 
masxara qilib kelgan bo‘lsalar-da, aynan ana shu yo‘nalishdagi bashoratlarda uchar 
jismlar, g‘oyibona, simsiz muloqot vositalari, koinot hamda Yer kurrasining turli 
joylarini ko‘rish, ko‘rsatish asboblari haqidagi tasavvurlar aks etgani, ular bugungi 
kunning voqeligiga aylangani hech kimni ajablantirmaydi.
Diniy bashoratda Yaratganning hamma narsani oldindan bilishi va ilgaridan 
belgilab qo‘yishi, “vahiy kelishi”, oldindan aytish shaklida nomoyon bo‘ladi. 
Masalan, islomda hamma narsa oldindan belgilanganligi haqidagi aqida 
bashoratning muhim jihatlaridan biridir. Muxammad alayhissalom ta’limotiga 
ko‘ra, dunyoda hech narsa Olloh irodasidan tashqarida mavjud bo‘lmagan va 
mavjud bo‘lishi mumkin emas. “Har bir jon Ollohning izmi bilan va aniq belgilab 
qo‘yilgan muddatda o‘ladi”
45
.
Bashorat, umuman olganda, hodisa, jarayonlar yo‘nalishi, xususiyatlarini 
oldindan ko‘ra olish, degan ma’noni ifodalaydi.
Ilmiy bashorat – ilmiy bilim shakli. Bu – tabiat, jamiyat qonunlari va dalillarga 
tayangan holda kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan narsalar, hodisalar, 
jarayonlar haqidagi bilim.
43
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. А-Ҳ ҳарфлари. Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2001-2006.
44
Саифназаров И, Қосимов Б, Никитченко Г. Фаннинг фалсафий масалалари. Тошкент: Янги аср авлоди, 
2004. – Б.57.
45
Алоуддин Мансур. ўзбекча изоҳли таржима, Қуръони Карим. Тошкент: Чўлпон,1992. – Б.145.


Bashoratning oddiy bilimdan asosiy farqi, unda kelajakda sodir bo‘lishi lozim 
bo‘lgan hodisa, jarayon haqidagi ilmiy axborot aks etadi. Aslida oldindan aytish – 
bashorat sub’yekt ongining olamni faol aks ettirish xususiyatidan kelib chiqadi.
XX asrning yirik olimi B.K.Anoxin «tabiatdagi aks ettirish faolligi» 
hodisasini ochgan. Uning fikricha, butun biologik dunyo oldindan qo‘zg‘aladi, 
ta’sirlanadi. Masalan, daraxt guyo qahraton qishga tayyorgarlik ko‘rgandek, 
«barglarini to‘kadi»; ayrim hayvonlar qish uyqusiga cho‘madilar. Lekin Anoxin 
bayon etgan aks ettirish faolligi» sof biologik hodisa, u tirik organizmlarga - 
o‘simlikilarga, hayvonlarga taalluqli.
Bashorat eng avvalo, ijtimiy hodisa, inson ongining o‘ziga xos xususiyati. Shu 
ma’noda bashorat ijtimoiy amaliyot jarayonida shakllanadigan xislat. Ayni vaqtda 
bashorat alohida individual ongning xislati emas. Bashorat – avvalo ijtimoiy 
ongning o‘ziga xos namoyon bo‘lishi. Garchi bashorat individ ongida vujudga kelsa-
da, u faqat shu individning shaxsiy tajribasigina emas, balki ijtiomiy ongda aks etgan 
tajriba-ijtimoiy amaliyot natijalari asosida shakllanadi.
Bashorat – ijtimoiy xarakterdagi ilmiy bilimning o‘ziga xos ko‘rinishi, u ilmiy 
bilish shakllari – taxmin, nazariya, qonunlarga tayangan holda hosil qilinadigan 
bilimdir. Ilmiy bashorat oldindan aytib berishning turli shakllaridan o‘zining bir 
qator xususiyatlari bilan farqlanadi:
1) 
Ilmiy bashorat narsa va hodisalardagi real mavjud ichki, mohiyatli 
aloqadorliklarga, qonuniyatlarga tayanadi.
2) 
Ilmiy bashorat absolyutlik, tamomila haqlikni da’vo qilmaydi, unda u 
yoki bu hodisaning ro‘y berishi ma’lum darajada tasdiqlanadi.
3) 
Ilmiy bashorat haqiqatga yaqin bilimdir. Bunday bilimning chinlik 
darajasi bir qator omillarga bog‘liq. Bu omillarni - Qanday kelajak bashorat 
qilinadi?

Bashorat qay darajada qonuniyatlarga tayangan?

Bashorat qilinuvchi hodisa, jarayonning barcha tomonlari ilmiy 
bilishda qay darajada to‘liq aks etyapti? kabi savollar orqali ifodalash mumkin.
Ilmiy bashorat yangi qonunlar, nazariyalar, kashfiyotlarga sababchi bo‘ladi. 
Bunga bilish tarixidan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Abu Rayhon Beruniy 
Osiyo, Afrika, Yevropa qit’alaridan tashqari boshqa bir katta qit’a borligini bashorat 
qilgan. Kolumb ochgan Amerika Beruniy bashoratining haqiqatga aylanishi edi. 
Abu Ali ibn Sino kasallikni qo‘zg‘atuvchi ko‘z ilg‘amas tirik organizmlar bo‘lsa 
kerak, deb bashorat qilgan edi. 1510 yili mikroskop ixtiro qilindi. Undan 
foydalangan biolog olim Paster va boshqalar mikrobni kashf qilganlar. 
Mendeyelevning kimyoviy elementlarning davriy sistemasi 1869 yilda kashf etilgan. 
Bunda hammasi bo‘lib 63 ta element ma’lum edi. Mendeyelevning davriy 


sistemasidagi bo‘sh kataklarning to‘ldirilishi, kimyoviy elementlardan 108 tasining 
kashf qilinishi ilmiy bashoratning kashfiyotga aylanishidir. Yoki 1846 yilgacha 
quyosh sistemasida faqat yettita planeta bor, ularning oxirgisi Uran, deb hisoblanar 
edi. Matematik Levere Uran harakati tenglamalarini sinchiklab tekshirib, noma’lum 
jism uning harakatiga ta’sir ko‘rsatayotganini aniqladi. Astronom Galle shunga 
asoslangan holda sakkizinchi planeta – Neptunni kashf qildi.
Bashorat ilmiy bilish shakli sifatida o‘ziga xos tarkibga ega. Bu: a) bashorat 
ob’yekti; b) bashorat sub’yekti.
Bashorat ob’yekti – bilish yo‘naltirilgan narsa, hodisa, jarayon. Sub’yekti – 
biluvchi inson va uning ob’yektga munosabati. Bashorat – ob’yektiv reallikning 
inson ongida aks etish shakli. Inson olamni faol aks ettiradi. Bunda biluvchi sub’yekt 
olamni manfaat-maqsadlariga ko‘ra aks ettiradi va bunda ijodiy tasavvur muhim 
o‘rin tutadi.
Ilmiy bashorat unda ifodalangan bilimning mazmuniga ko‘ra 2 shaklda 
namoyon bo‘lishi mumkin:
1. 
Empirik bashorat. Bu ilgarigi tajriba asosida voqeahodisalar rivojini 
oldindan ko‘rish.
2. 
Nazariy bashorat. Bashoratning bu shakli sababiy aloqadorliklarni 
bilish asosiga quriladi. Ayni vaqtda nazariy bashorat qonunlarni bilishni talab qiladi. 
Ta’kidlash joizki, ilmiy bashorat uchun qonunlarni bilishning o‘zi kifoya qilmaydi. 
Bunda qonunlar amal qiladigan shart-sharoitlarni hisobga olish ham talab etiladi.
Ilmiy bashorat turlicha fan sohalarida turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan; 
tabiiy fanlardagi bashorat bilan ijtimoiygumanitar fanlardagi bashoratni o‘zaro bir-
biridan farqlamoq lozim.
Bashorat
o‘z
mazmuniga
ko‘ra
«prognozlash»,
«planlashtirish» tushunchalariga yaqin turadi. Ilmiy bashorat «prognozlash» 
tushunchasidan kengroq. «Pronozlash» ilmiy bashoratning namoyon bo‘lishi 
shakllaridan biridir. Bashorat ham, prognoz ham, planlashtirish ham inson ma’naviy 
faoliyatining ko‘rinishi va mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Bashorat o‘rganilayotgan 
ob’yektning barcha xossa-hislatlarini, ichki zaruriy aloqa va munosabatlarini 
hisobga olishni taqazo etadi. Shu asosda ob’yektning keyingi, kelajakdagi 
xossaxususiyatlari, namoyon bo‘lish shakllari haqidagi bilim yuzaga keladi.
Prognozlash, planlashtirish muayyan aniq maqsadning qo‘yilishi bilan 
bashoratdan farqlanadi. Hozirda maxsus fan sohasi – prognostika fani shakllangan. 
Prognozlash optimal taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan konstruktiv 
yechimlarni ishlab chiqishni talab etadi. Planlashtirish esa kelajak muammosini 
yechishning aniq yo‘lini ifodalashga xizmat qiladi.


Hozirgi zamon epistemiologiyasi ilmiy bashoratga bizni qiziqtirayotgan 
hodisalar va jarayonlarning mohiyati va kelgusidagi rivojlanish tendensiyalari 
xaqidagi bilim, deb qaraydi.
Umuman, ilmiy bilish usullari mavjud bo‘lgani singari ilmiy bashoratda ham 
muayyan ilmiy bilish usullaridan foydalaniladi. Ma’lumki, ilmiy bilishning ikki: 
empirik va nazariy darajasi mavjud.
Empirik darajada kuzatish, tajriba, analiz, sintez, turkumlash, induksiya, 
deduksiya, modellashtirish usullari qo‘llanadi. Ilmiy bashoratda ham shu 
metodlardan keng foydalaniladi.
Bu metodlar yordamida dastlabki bilimlar, empirik umumlashmalar hosil 
qilinadi. Ana shu umumlashmalar asosida, narsa va hodisalardagi ichki zaruriy 
aloqalar va qonunlarga tayangan holda narsa, hodisa haqidagi ilmiy bilim – bashorat 
shakllanadi. Bunday ilmiy bilimlarni hosil qilishda foydalaniladigan metodlar 
sirasiga:
a) 
falsafiy metodlar.
b) 
mantiqiy usullar.
v) matematik usullarni kiritish mumkin.
Jamiyat o‘z-o‘zidan tashkillanuvchi, o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi murakkab 
tizim hisoblanadi. Ijtimoiy bilishning muhim shakli ijtimoiy bashorat hisoblanadi.
Bugun insoniyat qadam qo‘ygan yangi uchinchi ming yillik boshida kishilik 
jamiyati taraqqiyotini ilmiy tushunishsiz, ilmiy prognozsiz tasavvur qilish mumkin 
emas. Insoniyat sivilizatsiyasining hozirgi davri va kelajagini aniq tasavvur etmoq 
uchun fan ko‘pdan-ko‘p savollarga javob topishi lozim bo‘ladi. Ijtimoiy taraqqiyot 
qayerga, qaysi yo‘nalishga tomon harakat qilyapti? Bu tarakqiyot qanday sur’atlarda 
kechyapti? Taraqqiyotning jadallashuvi yoki sekinlashuviga qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin? Taraqqiyotning yaqin tarixiy istiqbollari qanday bo‘ladi?. 
Ularga javoban ilgari suriladigan ilmiy bilimlar, prognozlar jamiyat taraqqiyoti 
istiqbollarini aniqlash imkonini beradi. 
Kursimizning avvalgi mavzularini ko‘rib chiqishda biz inson ijodiga 
jamiyatda va tabiatda yangi, ilgari ko‘rilmagan narsalarni yaratish borasidagi faol 
o‘zgartirish faoliyati deb ta’rif berdik.
Bilishning ijodiy faolligi, bizningcha, ikki o‘zaro bog‘langan intensiyaga, 
bilish jaraѐni sub’yekti bo‘lgan insonning ijodiy va bilish qobiliyatlarini ro‘ѐbga 
chiqarishning ikki yo‘nalishiga ega. Birinchidan, bilish jaraѐnidagi ijod ilmiy 
bilimni muttasil to‘ldirish, oshirishga yo‘naltirilgan, ikkinchidan, ijodiy faollik 
mavjud haqqoniy bilim asosida tabiat va jamiyatning bo‘lg‘usi rivojlanishini ozmi, 
ko‘pmi aniq bashorat qilish imkonini beradi.
Inson aql-idrokining kelajakni bashorat qilish qobiliyatida inson aqlining 
evristik, ijodiy-bunѐdkor qudrati to‘laqonli namoѐn bo‘ladi.
Insoniyat hamisha kelajakni bashorat qilishga ehtiѐj sezgan. Hozirgi zamon 
postindustrial axborot jamiyati jadal va ziddiyatli rivojlanaѐtgan bugungi kun 
sharoitlarida bunday ehtiѐj yanada ortdi. Haѐtning o‘zi, ijtimoiy taraqqiѐt, fan, 


texnika, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarishlarning hozirgi zamon darajasi 
kelajakni har xil tomondan o‘rganish, tadqiq qilishga majbur etmoqda.
Tabiat va jamiyat rivojlanishining ob’yektiv qonunlari va tendensiyalarini 
ijodiy bilish asosidagina kelajak hodisalarini to‘g‘ri bashorat qilish mumkin. Tabiat 
va jamiyat qonunlarini ijodiy o‘zlashtirish olam va inson haqidagi bilimlarimizdan 
ijtimoiy taraqqiѐt manfaatlarida foydalanish imkonini beradi. Moddiy olamning 
kelajakdagi taraqqiѐtini prognoz qilib biz insonning o‘tmish va bugungi kun haqida 
mavjud haqqoniy bilimini noma’lum kelajakka ongli ravishda ekstrapolyasiya 
qilamiz. Bunga bizning bilish sohasidagi ijodiy qobiliyatimiz, kuzatuvchanligimiz, 
mantiqiy fikrlash hamda kuzatish va mushohada yuritish orqali to‘g‘ri va teran 
xulosalar chiqarish qobiliyatimiz ko‘maklashadi. Masalan, ko‘p asrlik haѐtiy tajriba 
asosida odamlar u ѐki bu tabiiy hodisalar kundalik haѐtda qonuniy takrorlanishini 
anglab yetdilar hamda ularni bir-biriga taqqoslashni o‘rgandilar. Jumladan, 
qaldirg‘ochlar yer bag‘irlab uchsa, ob-havo tez orada ѐmonlashishini kutish 
kerakligi ma’lum. Oddiy odamlarning kuzatuvchanligi, ijodiy zehni kelajakni 
prognoz qilishning o‘ziga xos shakli - xalq alomatlarida o‘z ifodasini topadi. 
Odamlar ob-havodagi o‘zgarishlarni va ularning hosilga ta’risini asrlar osha kuzatib 
keladilar, hayvonlar, qushlar, qurt-qumursqalarning ma’lum xulq-atvoriga, 
kunchiqar va kunbotar mahallarda quѐshning tusiga, bulutlarning shakli, shamol 
yo‘nalishi va hokazolarga qarab ob-havoni bashorat qilishga odatlanganlar. 
Tabiiyki, bunday prognozlarning aniqlik darajasi uncha katta emas, ammo fanning 
prognostik funksiyasi, ilmiy bashorat aynan insonning kundalik haѐtiy tajribasidan 
va kuzatuvchanligidan, sodir bo‘laѐtgan hodisalarni ijodiy tahlildan o‘tkazish, 
tushunib yetish qobiliyatidan kelib chiqadi.
Antik Gresiya falsafasi va fanining asoschisi Fales miloddan avvalgi VI asrda 
quѐsh tutilishini to‘g‘ri bashorat qilgan. O‘rta asrlarning buyuk astronomi al-
Farg‘oniy uzoq kuzatishlar va hisob-kitoblar asosida o‘zining «Zij» asarida samo 
sohasidagi yuzlab yulduzlarning holatini to‘g‘ri aytib bergan. Fan tarixidan bunday 
aniq va to‘g‘ri prognoz qilishga misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Ijtimoiy taraqqiѐtning xilma-xil jaraѐnlari ziddiyatli rivojlanishini kuzatib, 
ijodkor inson asrlar osha jamiyatning, uning turli sohalari: siѐsat, iqtisod, ma’naviyat 
va madaniyatning kelgusi rivojlanishini bashorat qilishga intilib kelgan. Masalan, 
hozirgi zamon iqtisod nazariyasi iqtisodiy prognoz qilishda matematika, 
ehtimolliklar nazariyasi, matematik va iqtisodiy statistika, kompyuterlarda 
murakkab hisob-kitoblar qilish va hokazolarning kuchli tadqiqot apparatidan 
foydalanadi.
Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishini ilmiy prognoz va bashorat qilish o‘zining 
teranligi, murakkabligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. Jamiyat tarixida ikkita 
mutlaqo bir xil hodisa bo‘lishi mumkin emas. Har bir tarixiy hodisa o‘ziga xos va 
betakrordir. Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiѐtini prognoz qilishda ilmiy 
ijodning vazifasi tarixiy faktlarning tartibsiz uyumi orasidan takrorlanuvchi holatlar, 
qonuniyatlarni aniqlash, ajratib olish, hodisaning mohiyat-mazmunini aniqlash va 
tushunishga harakat qilish, so‘ng to‘g‘ri va teran ijtimoiy prognoz qilishdan 
iboratdir. To‘g‘ri bashorat va prognoz qilish uchun to‘g‘ri axborotga ega bo‘lishning 
o‘zi kifoya emas, axborotni mahorat bilan, ijodiy qayta ishlash, uni umumlashtirish, 


abstraktlashtirish, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, kuzatish va tizimga solish 
singari umumilmiy metodlar bilan olingan ma’lumotlar bilan to‘ldirish zarur.
Ilmiy bilishning barcha shakllari, usullari va vositalaridan foydalanib fanda 
ilmiy bashorat qilish ilmiy bilishning zarur jihatlaridan biridir. Shu bilan bir vaqtda, 
tabiat va jamiyat rivojlanishining teran mohiyati, qonuniyatlarini bilmasdan to‘g‘ri, 
unumli ilmiy bashorat qilish mumkin emas.
U ѐki bu hodisaning mohiyatini, uning mavjudligi va rivojlanishini 
boshqaruvchi qonunlarni bilish ilmiy prognoz va bashorat qilishning epistemologik 
negizini tashkil etadi. Ilmiy bashoratning teranligi va to‘g‘riligi darajasi predmetlar, 
jaraѐnlar, hodisalarni bilishning teranligi darajasiga bevosita bog‘liqdir. Hozirgi 
zamon postpozitivistik falsafasidagi tanqidiy rasionalizm yo‘nalishining yirik vakili 
K. Popper kelajak bizga qay darajada bog‘liq bo‘lsa, uni shu darajada bashorat qilish 
mumkin, degan edi. U ѐki bu jaraѐnning mohiyatini va sodir bo‘lishi qonuniyatlarini, 
muayyan tarzda - jaraѐn sodir bo‘lishining tarixiy shart-sharoitlarini bilgan holda, 
uning rivojlanish tendensiyalari va yakuniy natijalarini bashorat va prognoz qilish 
mumkin.
Fanda yangi bilimni ijodiy, teran bashorat qilishning ѐrqin misollarini ko‘rish 
mumkin. Masalan, buyuk ximik D.I. Mendeleyev kimѐviy elementlarning davriy 
sistemasini kashf etib, o‘sha davrda fanga ma’lum bo‘lmagan ko‘pgina 
elementlarning xossalarini tavsiflab berdi. «Davriy qonun ma’lum voqelikka javob 
beribgina qolmay, kimѐviy elementlarning noma’lum mohiyatini ozgina bo‘lsa ham 
tushunish imkonini beradi», deb ѐzgan edi u
46
.
Yangi elementlarning xossalarini ilmiy bashorat qilishda D.I. Mendeleyev 
ilmiy bilishning taqqoslash metodidan ijodiy va juda samarali foydalandi.
Elementlarning xossalarini davrlar bo‘yicha taqqoslab, u galliy, germaniy, 
kabi elementlarning mavjudligini bashorat qildi, uranning atom og‘irligini ikki 
baravar oshirdi, indiy va syeriyning atom og‘irliklariga aniqlik kiritdi, kimѐ fanining 
keyingi rivojlanishi jaraѐnida to‘la tasdiqlangan boshqa bir qator bashoratlar qildi.
Fanda bir olim tomonidan qilingan prognoz ko‘pincha boshqa olimlarning 
tajribasi va eksperimentida o‘z tasdig‘ini topadi. Masalan, XIX asrning o‘rtalarida 
ingliz fizigi D.K. Maksvell o‘zi yaratgan elektrodinamika negizida 
radioto‘lqinlarning hamda qattiq jismlar va gazlarga ѐrug‘lik bosimining ta’siri 
hodisasining mavjudligini bashorat qildi. Oradan bir necha o‘n yil o‘tgach, boshqa 
fiziklar Maksvellning mazkur bashoratini tasdiqladi. G. Gers radioto‘lqinlarni kashf 
etdi, P.N. Lebedev esa ѐrug‘lik bosimini eksperimental aniqladi. Natijada 
Maksvellning bashoratlari aniq tasdiqlangan ilmiy faktlarga aylandi va ilmiy bilim 
tizimidan o‘rin oldi.
XX asrning boshida E. Rezerford atomning yadrolar va ular atrofida 
aylanuvchi elektronlardan iborat tuzilishi modelini yaratdi. O‘z modeli asosida u 
1920 yili yangi elementar zarra - neytronning mavjudligini bashorat qildi. Oradan 
12 yil o‘tgach, bu zarralarni D. Chedvik va F. Jolio-Kyuri eksperimental aniqladi.
46
Основы химии, II т. М., 1932, с. 63.


Ilmiy bashorat prognozlar va fanda prognoz qilish bilan chambarchas bog‘liq. 
«Prognoz» tushunchasi grekcha «prognosis» atamasidan kelib chiqqan bo‘lib, 
bashorat qilish, biror narsani oldindan ko‘ra bilish degan ma’noni bildiradi. Maxsus 
fan sohasi - prognostika haqqoniy ilmiy prognozlar tuzish metodlarini o‘rganadi.
Ilmiy bilishda prognoz qilish - o‘rganilaѐtgan ob’yektning rivojlanish 
istiqbollarini maxsus o‘rganuvchi ilmiy bashorat shakli prognoz bilan bog‘liq. 
Ijtimoiy fan sohalari: sosiologiya, politologiya, iqtisod nazariyasida prognoz qilish 
ijtimoiy boshqaruvning fundamental negizini tashkil etadi va har xil ijtimoiy 
tizimlarning 
ehtimol 
tutilgan 
rivojlanishi 
ssenariylarini 
rejalashtirish, 
dasturlashtirish, loyihalashtirishni o‘z ichiga oladi. Masalan, mintaqani iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlantirishning prognostik modelini tuzish dolzarb vazifadir. Ijtimoiy-
iqtisodiy ilmiy prognozlar qisqa va o‘rta muddatli istiqbolga tuziladi hamda asosan 
sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, ѐnilg‘i-energetika kompleksi va hokazolarni 
optimal boshqarish yo‘llarini aniqlash bo‘yicha taktik xususiyatga ega bo‘ladi.
Uzoq muddatli prognoz qilish davlat ѐki mamlakatlar guruhini rejalashtirish 
va boshqarish bo‘yicha strategik vazifalarni olis istiqbolga belgilaydi. Hozirgi 
globalistika davrida demografik jaraѐnlar, ekologik istiqbollar, oziq-ovqat ta’minoti 
va shu kabilarni, umumbashariy miqѐsdagi ijtimoiy hodisalarni global prognoz 
qilish haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi. Jumladan, 2002 yilning sentyabrida Janubiy 
Afrikaning Yoxannesburg shahrida BMT homiyligida sayѐramizdagi ekologik 
ahvolni yaqin 10 yilga prognoz qilish bo‘yicha barcha davlatlarning sammiti bo‘lib 
o‘tdi.
Ilmiy ijodda izlanish yo‘sinida prognoz qilish va normativ prognoz qilish 
tafovut etiladi. Izlanish yo‘sinida prognoz qilish rivojlanishda kuzatilaѐtgan 
tendensiyalarni davom ettirish, kelajakka ekstrapolyasiya qilishga asoslangan. 
Bunda ijtimoiy boshqaruv vositalari mazkur tendensiyalarni yaqin kelajakda 
o‘zgartirmaydi, deb shartli ravishda faraz qilinadi. Izlanish yo‘sinida prognoz qilish, 
ilmiy izlanish, o‘rganilaѐtgan ob’yektning monitoringini yuritishning maqsadi 
istiqbolli muammolarni hamda ularni hal qilishning maqbul, eng samarali va tejamli 
yo‘llarini aniqlashdan iborat.
Ijtimoiy fanlarda normativ prognoz qilish oldindan yuklangan mezonlar 
asosida ob’yektning maqbul holatiga erishish maqsadida muammolarni hal 
qilishning yo‘llarini aniqlashni nazarda tutadi. Ijtimoiy hodisalarni prognoz 
qilishning mazkur shakllarini taqqoslash boshqaruvning samaradorligini oshirish 
uchun tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish imkonini beradi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling