1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)
Metodologiyasidan foydalanish. Insonning, inson ongi, aql-idroki va
zakovatining haѐtning barcha sohalaridagi, ayniqsa, evristik-bilish sohasidagi serqirra ijodiy faoliyati odamlar ongining xossalaridan biri - xotira bilan chambarchas bog‘liq. Xotira – bu bizning o‘tmish haqida bilimimiz, sub’yektning tashqi olam va o‘zining ichki holati haqidagi axborotlardan kelgusida o‘zining haѐtiy faoliyatida faol, ijodiy foydalanish uchun ularni saqlab qolish va ifoda etish qobiliyatidir. Inson xotirasi tarixiy tabiatga ega, ijtimoiy belgilanadi, uning ijodi xususiyati bilan uzviy bog‘liq, insonning ichki, ma’naviy olamining boshqa elementlari bilan bir qatorda, u inson shaxsini faol shakllantiradi. Ijodiy qobiliyat, bilim, ko‘nikmalar va usullar yaratuvchi shaxsning, yangilik bunѐdkorining xotirasida saqlanib qoladi. Xotira funksiyasiga odatda o‘tmishga murojaat deb qaraladi. Ammo, bugungi kunda inson aqlining ijodiy faolligi haqida gapirganda xotiraning prognostik funksiyasini, uning kelajakka murojaatini ham qayd etib o‘tish kerak. Xotiraning kelajakka yo‘naltirilganligi o‘tmish haqidagi bilimlarimizni bo‘lg‘usi voqea- hodisalarga tatbiq etish, ekstrapolyasiya qilish, kelajakni ijodiy bashorat, prognoz qilish, yaratish imkonini beradi. Kelajakni oldindan ko‘ra bilish - inson ongi va xotirasining o‘ziga xos jihatidir. Insonning kelajakka qiziqishi odamlarning alqlga va maqsadga muvofiq faoliyati, bu faoliyatni kelajakka fikran ekstrapolyasiya qilish bilan uzviy bog‘liq. Kelajakni ilmiy bashorat, prognoz qilish vositalari hali barkamollikdan ancha yiroq bo‘lsa-da, odamlar o‘z ijodi, xotirasi, intuisiyasi va haѐtiy tajribasiga tayanib, ozmi, ko‘pmi olis istiqbolga prognozlar qiladilar. Kelajak haqida bilim, prognoz bugungi kundan uzoqlashishiga qarab nomuayyan, noaniq, umumiy, taxminiy va ehtimoliy bo‘lib boradi. Jamiyat aqlga muvofiq iqtisodiy va xo‘jalik faoliyatini yuritishi uchun kelajakni prognoz qilish zarur. Tartib, tuzilma, ichki ob’yektiv mantiq, rivojlanish qonuniyatlari va algoritmlariga ega bo‘lgan (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa) tizimlarning rivojlanishini rasional bashorat qilish mumkin. Tizimlarning tuzilishi va rivojlanish prinsiplarining betartibligi ularning rivojlanishini tushunishga, binobarin, bashorat qilishga monelik qiladi. Ilmiy bashorat kelajakni oldindan taxmin qilish, kelajak haqida mushohada yuritish demakdir. Masalan, mintaqa, viloyat ѐki mamlakat iqtisodining rivojlanishini ilmiy bashorat qilish amalda prognoz qilish va oldindan aytib berish shakllarida amalga oshiriladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling