Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat ta’lim muassasasi
Download 158.82 Kb.
|
1.14 Metralogiya va standartlashtrish
- Bu sahifa navigatsiya:
- METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH FANINING O’QUV DASTURI
- Qаrshi – 2022 yil Fаn/modul kodi MS2304 О‘quv yili 2022-2023 Semestr 3 ECTS - Kreditlаr
- Аuditoriya mаshg‘ulotlаri (soаt) Mustаqil tа’lim (soаt) Jаmi yuklаmа (soаt) Metrologiya va standartlashtirish
- II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi
- 3-mavzu. Kattaliklar va ularning turlari.
- 11-mavzu. Mahsulot sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shtrix kodlash va nazorat qilish.
- 13-mavzu. Texnik reglamentlar va ularning turlari.
- 15-mavzu
- III. Amaliy mashg‘ulotlari bо‘yicha kо‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi
- IV. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH FANINING O’QUV DASTURI
Qаrshi – 2022 yil Fаn/modul kodi MS2304 О‘quv yili 2022-2023 Semestr 3 ECTS - Kreditlаr 4 Fаn/modul turi Majburiy Tа’lim tili О‘zbek Hаftаdаgi dаrs soаtlаri 4 1. Fаnning nomi Аuditoriya mаshg‘ulotlаri (soаt) Mustаqil tа’lim (soаt) Jаmi yuklаmа (soаt) Metrologiya va standartlashtirish 60 60 120 2. I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda iqtisodiyotimizning texnika - texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik, standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, sifat va sifat boshqaruvi, sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yo‘nalish profiliga mos yetarli bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga uzluksiz ta’lim tizimida “Metrologiya, standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va sertifikatlashtirish” bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqib, bunda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha nazariy, amaliy va me’yoriy hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganiladi. Bu borada asosiy masala qilib sifat masalasiga e’tibor qaratiladi II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsad va vazifalari. Uning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi, xalq xo‘jaligi, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida tutgan o’rni. 2-mavzu. Metrologiya bo‘yicha umumiy ma’lumotlar. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta'minot. Idoralararo metrologik xizmat, metrologik tekshiruv va nazorat. Metrologiya va standartlashtirish sohasida xalqaro tashkilotlar. 3-mavzu. Kattaliklar va ularning turlari. Fizikaviy kattaliklarning sifat va miqdoriy tavsiflari. Fizikaviy kattaliklarning birliklari. Xalqaro birliklar tizimi. Fizikaviy kattalikning chinakam qiymati, haqiqiy qiymati, kattalikning o’lchamliligi. Birliklarni va o‘lchamlarni belgilash va yozish qoidalari. 4-mavzu. O’lchash usullari va vositalari. О‘lchashlarning usullari va turlari. O‘lchash vositalari va ularning turlari. O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari. 5-mavzu. O’lchashning sifat mezonlari. O’lchashlarning sifat mezonlari. Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulotlari. 6-mavzu. O’lchash xatoliklari va turlari. Xatoliklarning turlari va ularning bartaraf etish yo’llari. 7-mavzu. Tasodifiy kattalikning taqsimlanish qonuniyatlari va o‘lchashlar noaniqligi. O’lchash natijalarini qayta ishlash. O’lchashlar noaniqligi va ularni baholash. 8-mavzu. Standartlashtirish haqida. Standartlashtirish davlat tizimi. Standartlarning turlari va toifalari. Standartlashtirish bo‘yicha davlat nazorati. 9-mavzu. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib qoidalari. Standartlarni ishlab chiqish bosqichlari, vakolatli davlat organlari. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartib qoidalari. 10-mavzu. Me’yoriy hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish. Me’yoriy hujjatlarni xalqaro, hududiy, boshqa davlatlarning milliy me’yoriy hujjatlari bilan uyg‘unlashtirish. Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish va qo’llash tartibi. 11-mavzu. Mahsulot sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shtrix kodlash va nazorat qilish. Respublikada shtrix kodlash tizimi. Shtrix kodlar turlari va amalda qo‘llash. 12-mavzu. Texnik jihatdan tartibga solish. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi. Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar. 13-mavzu. Texnik reglamentlar va ularning turlari. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartib qoidalari. 14-mavzu. Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish. Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish va mahsulot sifat nazorati. 15-mavzu. Xalqaro ISO - 900 seriyasidagi standartlarni o’rganish. Sifat menejment tizimi. Ekspert-auditorlar. Xalqaro ISO - 9000 seriyasidagi standartlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish. Mahsulot sifatini boshqarishda sifat menejment tizimining o‘rni. III. Amaliy mashg‘ulotlari bо‘yicha kо‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: “Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida" gi, “Mahsulot va xizmatlarini sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zR qonuni bo‘yicha tushunchalar berish. Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar. Standart ularning turlari, ishlab chiqish tartiblari, tasdiqlanishi, standartlarni ro‘yxatdan o‘tish tartibi. Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash. Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o’tkazish. Texnik reglamentlarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari. Texnik reglamentlarning turlari va ularni ishlab chiqish. Sertifikatlashtirish sxemalarini o‘rganish. Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. IV. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi va qoidalari bilan tanishish. Turli tizimdagi o’lchash asboblarni tekshirish va xatoliklarini aniqlash. O’lchash natijalarini qayta ishlash. Tasodifiy xatoliklarni normal qonun (Gauss) bo‘yicha taqsimlanishini o‘rganish. O’zgarmas tok ko‘priklari yordamida qarshilikni o’lchash. Avtomatik ko‘prikning graduirovka xarakteristikasini o‘rganish O’zgarmas tok potensiometri yordamida har xil kattaliklarni o’lchash. Elektron ossillograf ekranida to’g'irlangan kuchlanish egri chizig’ini hosil qilish va kuzatish. Hisoblagichlar yordamida sarf va miqdorni o’lchash. Laboratoriya mashg‘ulotlari laboratoriya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada xar bir akademik guruhga alohida o‘tiladi. Mashg'ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi. Shuningdek, ko‘rgazmali materiallardan foydalaniladi. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor–o‘qituvchilari tomonidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalarini yechish orqali yanada boyitadilar. Download 158.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling