1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


aniqlangan bo ’Imasa, birinchidan, i ilmiy deb atalishi, ikkinchidan, undan


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

aniqlangan bo ’Imasa, birinchidan, i ilmiy deb atalishi, ikkinchidan, undan 
ilmiy ishda (masalan, dissertatsiyada) foydalanilishi mumkin emas. 
Shu tufayli ham davlat va jamoat tashkilotlari nomidan chop etiladigan rasmiy 
nashr aniqligi shak-shubha uyg‘otmaydigan materiallardan iborat bo‘lishi lozim. 
Ayni vaqtda, tadqiqotchilar, hatto rasmiy nashrlardan olingan dalillami ham qayta 
tekshirar ekanlar, juda to‘g‘ri ish qiladilar. 
Ilmiy dalil qaysi manbadan olingani, uning kelib chiqishi ko‘rsatilgan, ilmiy 
dalilning haqiqiyligi asosiangan monografiyalar va boshqa ilmiy ishlar ilmiy 
dalilning ishonchli manbalari hisoblanadi. Ilmiy ishning o‘zi ham boshqa 
tadqiqotchilar tomonidan manbalami ko‘rsatgan holda foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan ilmiy dalilni yaratadi. Biroq monografiyada manbasi asoslanmasdan 
keltirilgan ilmiy dalildan uning haqiqiyligi aniqlanmasdan va tasdiqlanmasdan 
keyinchalik ilmiy dalil sifatida foydalanilishi mumkin emas. 
Empirik bilish fanga dalillami yetkazib beradigan alohida turdagi bilimni 
shakllantiradi. Dalillami aniqlamasdan turib biron-bir ilmiy tadqiqot o‘tkazish 
mumkin emas. Shu sababli ilmiy dalillami aniqlash va to‘pIash empirik bilishning 
asosiy vazifasi hisoblanadi. Ilmiy dalillarni aniqlash usullari jumlasiga 
quyidagilar kiradi: kuzatish, taqqoslash, o ’Ichash, eksperiment. (o ’qituvehi 
buni aniq misollar bilan tushuntirishi shart). 
Dalillaming ilmiy bilishdagi ahamiyati va «imtiyozli» dalillar. 
Olamshumul ilmiy kashfiyotlar qilish, fanning muayyan sohasida inqilob 
yasash, odatda, ko‘p sonli dalillar asosida amalga oshiriladi. Masalan, Darvinning 
evolyusiya nazariyasi chorvadorlar va o‘simlikshunosIar, shuningdek, «Turlaming 
kelib chiqishi» muallifi to‘plagan ulkan daliliy material asosida yaratilgan. Darvin 
o‘zining bu boradagi ijodiy faoliyati to‘g‘risida ko‘p sonli noyob ma’lumotlar 
bergan. Biroq ko‘p sonli dalillami to‘plash o‘z-o‘zicha ilmiy tadqiqotning 
muvaffaqiyatini kafolatlamaydi. Hozirgi zamon fanida dalillaming kichik bir 
yig‘indisidan ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy xulosalar chiqarilgani va nazariy 
umumlashtirishlar qilinganiga ko‘plabmisollar keltirish mumkin. Bu yerda gap 
«imtiyozli» dalillaming bilish jarayonidagi ulkan ahamiyatiga, shuningdek, 


muayyan tadqiqot uchun ayniqsa, mos keladigan dalillarni tanlash masalasiga borib 
taqaladi. 
Muayyan yig‘indidagi dalillaming barchasi ham teng qimmat va ahamiyatga 
ega bo‘lavermaydi. Dalillaming bilishdagi ahamiyatiga kelsak, ulaming o‘rtasida 
muayyan iyerarxiyaviy aloqa mavjud. Ushbu vaziyatda u yoki bu dalillar 
yig‘indisining keng imkoniyatlari ham, uning ma’lum darajada cheklanganligi ham 
namoyon bo‘ladi. Dalillarni tadqiq etish ulaming real iyerarxiyasiga asoslanishi, 
bunda har bir dalilning bilishdagi ahamiyati ochib berilishi lozim. Olim oldida har 
doim o‘zi duch kelgan ko‘p sonli hodisalarga doir dalillarni saralashdan iborat 
bo‘lgan ijodiy vazifa turadi. Olim o‘zi qo‘ygan muayyan ilmiy vazifaning yechimini 
hisobga olgan holda, eng yorqin, o‘ziga xos dalillarni tanlab olishi, farqlashi va o‘z 
e’tiborini ularga qaratishi lozim. 
Subektivizm xavfining oldini olish uchun dalillarni tanlash ulaming haqiqiy 
ilmiy kuchi, ahamiyati va iyerarxiyasini anglab yetish va tadqiq etish asosida amalga 
oshirilishi lozim. Ushbu vazifani hal qilish jarayonida olim turli gnoseologik 
muammolarga duch keladi. Aynan shu muammolarni yechish ilmiy ijod mazmunini 
tashkil etadi. Bir tomondan, olim o ’zi tadqiq etayotgan dalillaming 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling