1-mavzu: innovatsion jarayonlar rivojining zamonaviy tendensiyalari. Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchining innovatsion faoliyati


Download 179.06 Kb.
bet14/17
Sana10.02.2023
Hajmi179.06 Kb.
#1184828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1-mavzu innovatsion jarayonlar rivojining zamonaviy tendensiyal

Refleksiya - (lotincha reflixio- ortga qaytish) faqat sub’ektning o‘z-o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi
Refleksiv innovatsion amaliyot o‘qituvchi ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilib, bunda pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish qobiliyatigina emas, balki o‘z-o‘ziga, o‘z mehnatiga, bolalarga, har qanday muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o‘ziga hos ijodiy munosabatda bo‘lish tushuniladi.
Refleksiv innovatsion amaliyot ilgarigi tajribani dolzarblashtirish uni qayta anglash bo‘lajak ta’lim muassasasining yangi muammo va munosabatlarini aniqlash uchun imkon beradi.
Demak, pedagog-o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
V.A. Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatiga bo‘lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar ta’luqli: Shaxsning ijodiy-motivatsiyaga yo‘nalganligi. Bu- qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o‘z kamolotiga intilish va boshqalar;

    • Kreativlik. Bu – hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o‘zicha mushohada yuritish, refleksiya;

    • Kasbiy faoliyatni baholash. Bu-ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;

O‘qituvchining individual qobiliyati. Bu- ijodiy faoliyat sur’ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat’iyatlik, o‘ziga ishonch; mas’uliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar.
Innovatsion ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar integratsiyasi. Kredit tizimi. ESTS kreditlari: xususiyatlari va tamoyillari. XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilobi tufayli, ilmiy texnik taraqqiyot o‘zining yuksak cho‘qqilariga erishdi.
Ilmiy texnik taraqqiyotining (ITT) hozirgi darajasi shundayki, fan, texnika va texnologiya rivojining erishilgan sur’atlarini, mamlakat qay darajada rivojlangan bo‘lmasin alohida olingan mamlakatda uni ta’minlab bo‘lmaydi. ITT keyingi rivoji, faqat turli mamlakatlardagi olim va mutaxassislarning hamkorligi, ilmiy-tadqiqot ishlarning integratsiyasi natijasida amalga oshirilishi mumkin. Fan, texnika va texnologiyaning tarqqiyoti ta’lim taraqqiyoti darajasi bilan chambarchas bog‘liqligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ta’lim sohasidagi xalqaro integratsiyaning ustuvorligi yaqqol muammoga aylanib qoladi.
Ta’lim sohasidagi integratsion jarayonlar ilk bor Evropada boshlangan edi. 1989 yilda Yevropaning minglab talablari, Yevropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students), Tempus va boshqa dasturlari asosida chet ellarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Erasmus dasturi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati universitetlari o‘rtasidagi talabalar almashinuvi sxemasi, dastavval 145 oliy o‘quv yurtlarini qamrab olgan edi.
Erasmus dasturining yutuqlaridan biri, bu Yevropa univesitetlaridagi o‘qitish natijalarini o‘zaro tan olish tizimi – European Credit Transfer System (ECTS) ni yaratish, sinash va amaliyotga keng qo‘llash deb aytish lozim.
2001 yilda, o‘quv jarayonini tashkil etishning kredit texnologiyasi ECTS, Yevropaning 1200 ta universitetlarida allaqachon qo‘llanilgan edi.
2001 yilda, 29 ta Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonya deklaratsiyasining imzolanishi, Yevropa ta’lim hududini yaratilishida, muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bolonya deklaratsiyasiga ko‘ra, diplomlarning o‘zaro tan olinishi ya’ni o‘qitish natijalarini yakuniy ko‘rsatkichlarning o‘zaro tan olinish muddati – 2010 yilga belgilangan.
Bolonya deklaratsiyasiga kirish uchun qo‘yidagi dastlabki talablar qo‘yiladi:

  • Oliy o‘quv yurtigacha, 12 yillik ta’lim;

  • Ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;

  • O‘quv jarayoni va o‘qitish natijalarini baholash, ECTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi.

O‘quv jarayonini tashkil etishning ECTS kredit texnologiyasiga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:

  • Xorijda o‘qishni davom ettirish uchun oliy o‘quv yurtini tanlashda shart-sharoit yaratish;

  • O‘zbekistonda ta’lim olgan muddatini xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash;

  • Yevropa oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalarini o‘rganish va shu asosida o‘quv jarayonini takomillashtirish;

  • Talablar qobiliyatini to‘laroq ochilishiga va o‘qitishning yuqori natijalariga erishish;

  • Diplomlarni o‘zaro tan olinishiga erishish.


Download 179.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling