1-mavzu: innovatsion jarayonlar rivojining zamonaviy tendensiyalari. Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchining innovatsion faoliyati


ECTS – oliy maktabda o‘quv jarayonini tashkil etishning eng demokratik tizimidir


Download 179.06 Kb.
bet16/17
Sana10.02.2023
Hajmi179.06 Kb.
#1184828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1-mavzu innovatsion jarayonlar rivojining zamonaviy tendensiyal

ECTS – oliy maktabda o‘quv jarayonini tashkil etishning eng demokratik tizimidir.
ECTSning asosiy tamoyillari. ECTS quyidagi asosiy tamoyillarga tayandi:

  1. Transferancy – bu ECTS tizimiga xohlagan shaxs yoki tashkilotning to‘siqsiz kirishiga shart-sharoit yaratish. Ushbu shart-sharoit kuchli axborot targ‘iboti vositasida yaratiladi, uning natijasida umumiy yangilik, aniqlik va ochiqlik muhiti shakllantiriladi.

Axborot targ‘iboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Almashish sxemasiga kiritilgan talabalarning o‘qish natijalari haqida bir biriga o‘z vaqtida axborot etkazib turish;

  • Oliy o‘quv yurtlarining o‘z axborot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir birini imkoniyatlarini o‘rganish;

  • Oliy o‘quv yurtlarida, ECTS haqida to‘la ma’lumotlarning mavjudligi.

  1. Agreement – Talaba bilan ikkala oliy ta’lim muassasasining ECTS koordinatalarini orasida tayyorlash mazmuni, o‘qish tartibi va muddatlari, attestatsiya tadbirlari, o‘quv rejalaridagi farqni bartaraf etish tartiblari haqida o‘zaro kelishuvlarini anglatadi.

  2. Credits – Host universitetida (qabul qiladigan univesitet) muvaffaqiyatli o‘tilgan barcha fanlar Post- universitetda (talabani boshqa OTM ga jo‘natgan universitet) hisobga olinishi zarur.

  3. Ta’limning insonparvarlashuvi - bu shaxsning turli ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va ta’lim jarayonida inson qobiliyatining ochilishini anglatadi. ECTS ta’limni davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasasini, o‘quv fanlarini va o‘qituvchilarni tanlash imkoniyatni beradi.

  4. Ta’limning individuallashtiruvi - bu har bir talabaning individual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Talaba tanlovi asosidagi fanlar 70% ni, majburiy fanlar esa 30% dan oshmaydi. Talabaning mustaqil ish hajmi 70% ni, auditoriyadagi ishi esa 30% tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar individual ta’limni tashkil etishga asos bo‘lib xizmat qiladi.


  5. Download 179.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling