1-mavzu insonga e’tibor va sifatli ta’lim – yangi o‘zbеkistonda ustuvor yo‘nalish davlatimiz rahbari Oliy Majlis va
Download 490.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi yo‘nalish
To‘rtinchi yo‘nalishga ko‘ra tabiatni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-
muhitni toza tutish kelgusi yilda har bir mahalla aholisining amaliy harakatiga aylanadi. Jumladan, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar yanada kuchaytiriladi. Beshinchi yo‘nalish, ya’ni erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizlig ini, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ham muhim vazifalar belgilab berildi. Jumladan, kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratiladi. Tadbirkorlarga subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar esa toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo‘ladi. Bu yil qish mavsumida elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar aholiga birmuncha qiyinchiliklar keltirib chiqardi. Ana shu muammolarni hal etish choralari ko‘rilyapti. Kelgusi yilda 4,5 ming megavattli 11 ta yirik loyiha yakuniga yetkaziladi. Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Gaz zaxirala rini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dastur qabul qilinadi. Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish yo‘nalishidagi rejalar ham ulkan. Shuning hisobiga umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyiha amalga oshiriladi. «Kelgusi yili katta xususiylashtirishni boshlaymiz, mingga yaqin korxona savdoga chiqariladi. Bugun ko‘nglimdagi bir niyatimni sizlarga ochiq aytmoqchiman. Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin. Shuning uchun topshiriq berdim: kelgusi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi», – dedilar davlatimiz rahbariyati mamnuniyat bilan. Prezidentimiz milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish, millatlararo do‘stlik, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik, ijti moiy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirish borasida to‘xtalib: «Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz», – dedilar. https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi Xullas, kelgusi yilda respublikamizni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishib chiqar ekanmiz, insonga e’tibor va sifatli ta’lim eng ustuvor yo‘nalish ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Prezidentimiz: «Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir», – deya ta’kidlaganlari bejiz emas. Download 490.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling