1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


O‘zbekiston Resrublikasida iqtisodiy tahlil quyidagi yo‘nalishlarda


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

O‘zbekiston Resrublikasida iqtisodiy tahlil quyidagi yo‘nalishlarda 
rivojlanishi lozim deb hisoblaymiz: 

raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirishda xo‘jalik 
yurituvchi sub`ektlarning faoliyatini moliyaviy va boshqaruv jihatidan 
tahlil etishni takomillashtirish lozim; 

hozir respublikamizda ko‘p mulkchilikka asoslangan bozor tizimidagi 
korxonalar vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil ham ana shu sohaga mos 
rivojlanishi lozim; 

O‘zbekistonda barcha sohalar bo‘yicha, ayniqsa, buxgalteriya hisobining 
jahon andozalariga mos tizimi qabul qilinmoqda. Bu esa xalqaro 
andozaga mos moliyaviy va boshqaruv tahlili tizimini ham yaratishni 
taqozo qiladi; 

Bu 
fanning 
nazariyasini 
o‘zimizda 
shakllanayotgan 
bozor 
iqtisodiyotining xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratish lozim; 

O‘zbekistonda makroiqtisodiy tahlil amaliy jihatdan ob`ektiv zaruriyatga 
aylandi. Ammo, uning nazariyasi va metodologiyasi yaratilgan emas, shu 
tufayli kelajakda makroiqtisodiy tahlilni nazariy va metodologik asosi 
ishlab chiqilishi lozim; 

Olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa iqtisodiyotning 
muhim sohalari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘lanmalarini yaratishlari 
kerak; 

Iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda bu fanga tegishli ahamiyat berish 
va davlat ta`lim standartlariga va o‘quv rejalariga kiritish lozim, deb 
hisoblaymiz. 
Ushbu tadbirlarning amalga oshishi mustaqil davlatimizning mustaqil fani – 
iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu fanning 
kelajakda ahamiyati keskin oshadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har xil 
korxonalarning xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi. 
 
1.2.Iqtisodiy tahlilning mazmuni. Iqtisodiy tahlil boshqaruvning muhim

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling