1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja
Fanning yuqorida ta`riflangan tadrijiy rivojlanish yo‘ilidan ham
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
Fanning yuqorida ta`riflangan tadrijiy rivojlanish yo‘ilidan ham
ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga ajratilgan. Ya`ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xo‘jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moliyaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlarni o‘rganishga qaratilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shundan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda. Bilish – falsafa fanining fundamental uslubiy bo‘limi bo‘lib, u ob`ektiv borliqni inson ongida aks etishining o‘rganilishini o‘rgatadi. Avvalo, mazkur nazariyada bilishning ob`ekti va sub`ekti tushunchasi aniqlanadi. Birinchi tushuncha mazmunini bevosita ob`ektiv xatti-harakat, amaliyot, insonning moddiy faoliyati, ya`ni jamiyat rivojlanishining asosini tashkil etuvchi shaxslar tashkil etadi. Ikkinchi tushuncha esa insonning o‘zi, jamiyat, insoniyat ya`ni bilish ob`ektiga ijodiy yondashuvchi shaxslarni bildiradi. Bilish ob`ekti va sub`ektining dialektik birligi uning ishonchliligini va haqqoniyligini ta`minlaydi. Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari - moddiy buyumlashgan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning ob`ekti hisoblanadi. Zamonaviy fanlarning usul va uslublarini umumlashtirib aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foydalaniladi: analiz va sintez, eksprement, modellashtirish. Ta`kidlash kerakki, bular-ning barchasini asoslaydigan hamda amalga oshiradigan shaxslardir, ya`ni mutaxassislardir. Ular mohiyatiga ko‘ra barcha holatlarni yuqori darajada analiz-sintez etadigan insonining fikrlash qobiliyatidir. Fikrlash, ijodiy jarayon sifatida tushuncha, hukm, xulosalarni o‘z ichiga oladi. Ob`ektiv reallik: hodisalar, buyumlar, munosabatlar, ko‘rsatkichlar o‘z shakli va mazmuniga hamda xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi, guruhlarga ajratiladi hamda fikrlash vositasida muayyan tushunchani xosil qiladi. Xukm orqali nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Tahlil etilgan jarayonlar sintez etilib, xulosa chiqariladi. Aytilganlardan ma`lum bo‘lmoqdaki, bilish nazariyasi orqali o‘rganilayotgan borliqni muayyan ob`ekti to‘g’risida ishonchli va haqqoniy ma`lumotlarga ega bo‘lamiz. Barcha tarmoq fanlarning uslubiy asosi sifatida bilish nazariyasi iqtisodiy tahlilning ham mohiyati, zaruriyligi va natijasini aniqlab beradi. Iqtisodiy tahlil - amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib rivojlansa, insonning amaliy faoliyatida naflilik va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z o‘rnini topganidan dalolat beradi. Iqtisodiy tahlil o‘z faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat: -doimo harakat; -o‘zaro aloqa va o‘zaro bog’liqlik; -sabab-oqibat; -koordinatsiya va subkoordinatsiya; -qarama-qarshilik; -miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishi; -inkorni-inkor va boshqalar. Tahlilning xususiyati, zaruriyligi va qimmatli tomoni, u voqea hodisalarni dinamikasini o‘rganadi. Bu jarayonda mazkur fan tadqiq qilish mumkin bo‘lgan ob`ektiv reallik; predmet va hodisalar u yoki bu tomon hamda jihatlarga ko‘ra boshqalar bilan bevosita va bilvosita bog’liq bo‘lgan holda, doimo harakatda, o‘zgarishda deb o‘rganiladi. Iqtisodiy hodisalarni bir-birlariga bog’liqligini, o‘zaro harakatlarini, aloxida yuzaga chiqishini va boshqa tomonlarini o‘rganmasdan turib, ularning tuzilishi, harakat qonunlari, xususiyatlarini o‘rganib bo‘lmaydi. Bu esa muayyan iqtisodiy ob`ektni muhim belgilarga ko‘ra bo‘laklarga bo‘lib, so‘ngra ularni umumiyligini ta`minlovchi jihatlarini tahlil yordamida aniqlab tegishli xulosalar olishda hamda ulardan amaliyotda foydalanishda juda muhimdir. Inson tomonidan iqtisodiy faoliyatdagi turli voqealar kuzatilib ularning natijalari to‘g’risida ma`lumotlar olinadi ya`ni faktlar to‘planadi. Ma`lumki fanda voqealar bevosita o‘zi tahlil etilmaydi, balki ular qayd etilgan faktlar bo‘yicha o‘rganiladi. Emperik bilishlar bo‘yicha qayd etilgan faktlar fanga kiradi, qayta ishlanadi va saqlanadi. Lekin inson tomonidan qayd etilgan faktlar bir butun voqea yoki predmetni o‘rganish uchun yetarli hisoblanmaydi. Buning uchun o‘rganilayotgan ob`ekt muayyan belgilar bo‘yicha guruhlar va yoki bo‘laklarga ajratilishi zarur. Bulardan ma`lum bo‘lmoqdaki aniq ob`ekt to‘g’risida ilmiy faktlar to‘plash, ularni tahlil qilishdan boshlanar ekan. Yuqorida aytilganlardan shu xulosaga kelish mumkinki tahlil, jamiyat yoki tabiatdagi voqea va hodisalarni o‘rganish usuli bo‘lib yuzaga chiqadi. Bir butun ob`ektni fikran bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish tahlilda o‘ta ahamiyatli tadqiqot usuli bo‘lib hisoblanadi. Mazkur usul o‘rganilayotgan hodisani ichki mohiyatini ochishda va uni turli omillarga bog’liqligini aniqlashda juda muhimdir. Bunday fikrlashda falsafaning abstrakt usul-uslublaridan keng foydalaniladi. Tahlilda bir butun hodisa yoki predmet bo‘laklarga bo‘linib, uning har bir alohida tomonlari o‘rganiladi. Lekin, bu bilan o‘rganilayotgan ob`ektni to‘la ma`noda tavsiflab bo‘lmaydi. Buning uchun, ob`ektni o‘rganilayotgan tomonlarini umumlashtirib, umumiy jihatlarni xosil qilish kerak. Mazkur masala sintez usuli bilan amalga oshiriladi. Ta`kidlash kerakki, hodisa yoki jarayonlar o‘rganilib ilmiy xulosalar chiqarilishida tahlil va sintez usuli birgalikda harakat qiladi. Mazkur tartib ob`ektning dialektik birligini ta`minlaydi. Bu bilan tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisalarning dialektik birligini har tomonlama bilish mumkin. Faktlar tahlilidan nazariy sintezga o‘tish induktsiya va deduktsiya metodlari yordamida amalga oshiriladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling