1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi firma
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi firma,
uyushma, birlashma va hakozolarning moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan ob`ektiv va sub`ektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi». Fanning predmeti ta`rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalarning xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari hamda ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan bog’liq bo‘lgan barcha ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamada investitsiya faoliyati, soliq to‘lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi. Korxona faoliyatida ob`ektiv va sub`ektiv omillar ta`sirida yuzaga kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi. Tahlilning predmetini o‘rganishda faqat sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan cheklanib qolish mutlaqo yetarli bo‘lmas edi. Tahlildan maqsad mavjud natijaga odilona baho berish bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil qilinayotgan ob`ektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir. Korxonalar faoliyatiga baho berishda o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga bog’liq bo‘lgan sub`ektiv omillarni ham e`tiborga olib tahlil qilinadi. Sub`ektiv (ichki) omil deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, ya`ni mehnat, moddiy va asosiy fondlardan oqilona foydalanish hisobiga ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda olish evaziga korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o‘rganadi. Ob`ektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog’liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya`ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, baho, tabiiy omillar va hakozolar. Iqtisodiy manbaalardan foydalanib o‘rganish deyilganda esa buxgalteriya, statistik, tezkor hisob ma`lumotlaridan foydalangan holda korxona va firma faoliyati aniq raqamlar bilan o‘rganiladi va umumlashtiriladi. Chunki, iqtisodiy manbaalar korxonalarda sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni aniq o‘lchaydi, aks ettiradi va baho beradi. Har qanday fanning ob`ekti bo‘lishi lozim. Ammo, «Iqtisodiy tahlil» fanining nazariyasiga bag’ishlangan eng so‘nggi adabiyotlarda ham bu masalaga yetarlicha e`tibor qaratilmagan. Shu tufayli fanning predmeti bilan ob`ektini ko‘p hollarda bir xil tushunchalar deb qaraladi. Bu esa o‘z navbatida nazariy jihatdan asossiz, chalkash xulosalarga olib kelishi mumkin. Har qanday fanning ob`ekti uning predmeti qaerlarda amalga oshishini ko‘rsatib beradi. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti hozirgi bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli, tahlil fanining ob`ektiga davlat, jamiyat tashkilotlari, uyushmalar, trestlar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub`ektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu ob`ektlar iqtisodiy asosi jihatidan davlat, jamoa, aktsiyadorlik, xususiy, xorijiy va aralash kabi mulk shaklida faoliyat ko‘rsatadigan ob`ektlarga bo‘linadi. Ob`ektning va davrning qanday bo‘lishidan qat`iy nazar ushbu fan predmetining mohiyati o‘zgarmasligi, ob`ekt esa tahlilning qaysi makonda o‘tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Shu jihatdan uning predmeti ob`ektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning sub`ektlari bo‘lib, tahlil ob`ektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, ya`ni hozirgi vaqtda xo‘jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini juda ko‘p mutaxassislar, mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar. Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil sub`ektlari tarkibiga korxona (firma), tashkilot va uyushmalarning oddiy xodimidan rahbar xodimigacha bo‘lgan barcha xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, menejerlar, boshqaruv idorasi xodimlari, statistika idorlarari xodimlari, auditorlar, moliya tashkilotlari xodimlari, texnik xizmati xodimlari, mehnat birjasi xodimlari, atrofni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari, marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari kabilar kiradi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling