bermasdan, unga ta’sir qilgan ijobiy va salbiy omillarni o‘rganmasdan turib ko‘zda
tutilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shu tufayli
tahlil fani predmetining
markazida ob’ektiv va sub’ektiv omillarni o‘rganish lozimligi qayd qilinishi bejiz
emas.
Har qanday fanning ob’ekti bo‘lishi lozim. Fanning ob’ekti uning predmeti
qaerlarda amalga oshishini ko‘rsatadi. Tahlil fanining predmeti hozirgi bozor
munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka
asoslangan barcha
yuridik va jismoniy shaxslarnnng xo‘jalik faoliyatida mujassam. Shu
tufayli
iqtisodiy
tahlil
fanining
ob’ektiga
davlat,
jamoat
tashkilotlari,
korporatsiyalar, trestlar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar va
boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kiradi.
1.4.Iqtisodiy tahlilning vazifalari. Fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o‘rni.
Iqtisodiy tahlilning asosiy printsiplari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarishda
iqtisodiy tahlilning
roli keskin oshmoqda, chunki, boshqaruv tizimida oldingi ma`muriy-buyruqbozlik
tizimidan voz kechilib, yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi
shakllanmoqda. Sobiq ittifoq davrida tahlil asosan reja ko‘rsatkichlarini
asoslashga, uning bajarilishini ta`minlashga qaratilgan edi. Endilikda esa har bir
xo‘jalik sub`ekti, mulk shaklidan qat`iy nazar o‘z faoliyatini yuqoridan berilgan
buyruqni
bajarishga qaratmasdan, balki, mustaqil ravishda o‘zining iqtisodiy
qudratini takomillashtirish maqsadida erkin boshqarishga qaratadi. Bu esa o‘z
navbatida iqtisodiy tahlilning rolini yanada oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir
sub`ektda mavjud bo‘lgan ichki va
tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ularni
amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Har bir fanning vazifasi iqtisodiy shart sharoitga qarab belgilanib boriladi,
lekin u oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq va keng hal etish uchun qator uslublarni
qo‘llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: