1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


Iqtisodiy tahlil o‘tkazishning 3 bosqichi mavjud


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

Iqtisodiy tahlil o‘tkazishning 3 bosqichi mavjud:


1)korxona faoliyatining umumiy iqtisodiy natijalarini ko‘rib chiqishdan 
boshlanadi, chunki u ishning samaradorligini aniqlash, o‘tgan davrlarga nisbatan 
o‘zgarishlarni, korxona faoliyatining boshqa tomonlarini bilish imkonini beradi;
2)biznes-rejaning bajarilish darajasiga ta’sir etuvchi eng muhim omillarni 
tekshirish natijasida ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash;
3)tahliliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish va shu asosda butun 
rezervlarni o‘z ichiga olgan yig’ma rezervlarni hisoblash. (to‘plam rezervlar).
1.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti 
Fanning predmeti, deganda shu fanda nima o‘rgatilishi tushuniladi. Har 
qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. Iqtisodiy tahlil fanining predmetiga 
keng ma’noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan ob’ekt 
(korxona, birlashma, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyati, kontsern, korporatsiya 
kabilar) xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini (iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, 
texnologik va h.k.) o‘z ichiga oladi.
Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ammo bu jarayonlarning sodir bo‘lish paytini emas, 
balki uning natijasini o‘rganadi. Ob’ektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar 
uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma’lumotgaasoslansa, jarayonning sodir 
bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statistika kabi 
fanlar shug’ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum davrlar (oy, chorak, yil) 
da jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana 
shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan xujjatlarga asoslanadi. 
Respublikamizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida 
korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizimiga bog’liqdir. 
Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini 
muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalaradan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g’inlarida iqtisodiy tahlil 
muhim ahamiyatga egadir. Chunki, iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda 
ma`lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan 
korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi.
Fan - texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda 
texnologiya bilan ta`minlash, modernizatsiya qilingan ishlab chiqarish 
imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘jalik mexanizmini 
zamonaviy usullar hamda yangi innavatsion g’oyalar bilan takomillashtirish 
negizida iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu asosda xalqimizning farovonligini 
yanada yuksaltirish hozirgi davrda oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu 
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har 
tomonlama hamda muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish darkor.


Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida iqtisodiy tahlil jarayonida 
o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-murakkabga 
yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rganadi hamda umumiy 
birligi va bir-biri bilan uzviy bog’lanishi e`tiborga olinadi. Demak, iqtisodiy tahlil 
fani firma va korxonalarning iqtisodiy – ijtimoiy faoliyatini ob`ektiv va sub`ektiv 
omillarni e`tiborga olgan holda o‘rganadi. 
Fanning predmeti deyilganda, shu fan nimani o‘rgatadi degan savolga javob 
berishi lozim bo‘ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. «Iqtisodiy 
tahlil» fanining predmetiga keng ma`noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan 
sifatida tahlil qilinayotgan ob`ekt xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini o‘z ichiga 
oladi. Lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan 
predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos bo‘lib, imkoni boricha boshqa fanlarda 
takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat 
ko‘rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi. 
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti tom ma`noda tahlil qilinayotgan 
ob`ektning xo‘jalik faoliyatidir. Ammo, «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob», 
«Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menejment» kabi fanlarning ham 
predmeti keng ma`noda xo‘jalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida 
sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning u yoki bu jihatini o‘rgatadi. 
Demak, har bir fanning, shu jumladan, «Iqtisodiy tahlil» fanining o‘ziga xos va 
mos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim. 
Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ammo, bu jarayonlarning sodir bo‘lish paytini emas, 
balki uning natijasini o‘rganadi, ob`ektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar 
uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma`lumotga asoslansa, jarayonning sodir 
bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy 
hisob» va «Statistika» kabi fanlar shug’ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi 
ma`lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini 
topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga 
asoslanadi. 
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyotlarda 
iqtisodchi olimlarning qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan, iqtisodchi olim 
M.Q.Pardaev tahlilning predmetiga quyidagicha ta`rif bergan: «tahlil fanining 
predmeti, xo‘jalik faoliyatida ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (ichki) omillar ta`sirida 
sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni 
ma`lumotlar manbaida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho 
berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir». 


Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga quyidagicha ta`rif berishni lozim 
deb topdik.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling