1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni 
va yuqori 
iqtisodiy 
o‘sish 
surhatlarini tahminlashimiz shart. 
Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti bo‘lgan faol investitsiya 
siyosatini izchil davom ettiramiz. 
Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga 
zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur. 
To‘rtinchidan, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‘lashdan 
manfaatdor bo‘lishi kerak. 
Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar jadal 
davom ettiriladi. 
Buyuk alloma Najmiddin Kubro hazratlari “Muvaffaqiyatni – sahy-harakatda, 
muvaffaqiyatsizlikni esa – loqaydlik va dangasalikda ko‘rdim”, deb bejiz 
aytmaganlar. 
Oltinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvini keskin kamaytirish 
lozim. 
Yettinchidan, biz erkin bozor tamoyillarini o‘rnatmoqchi ekanmiz, iqtisodiyotning 
yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sog’lom raqobat 
muhitiniyaratishimiz shart. 
Sakkizinchidan, iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni 
qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifadir. 
To‘qqizinchidan, hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom 
ettirish lozim. 


O‘ninchidan, qishloq xo‘jaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv 
resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilg’or texnologiyalarni joriy etish, 
oziq-ovqat xavfsizligini tahminlash eng muhim vazifamizdir. 
Yuqorida sanab o‘tilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda malakali 
mutaxassislarning 
roli 
beqiyosdir. 
Mamlakatimizdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlarni teran baholash va ana shu asosda keyingi harakatlarni belgilab 
olishda iqtisodiy tahlilning roli juda kattadir. 
Iqtisodiy tahlil fan sifatida o‘zining rivojlanish tarixiga ega. 
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va 
takomillashib borgan.Insoniyat ongi rivojlanishi natijasida borliqni o‘rganish 
borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Fikrlarning shakllanib, 
takomillashib borishi natijasida ma`lum bir fanlarga asos solingan. 
Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tug’ilishi lozim. 
Shu tufayli fanning shakllanishi biror shaxsning ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, 
balki ob`ektiv jarayonga tayanadi. 
Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan 
buxgalteriya uchyoti va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa 
ob`ektiv shart-sharoitlar yaratilgan. 
Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchn asar XV asrda Reguzda paydo bo‘ldi. 
Bupga misol qilnb Vendrikt Katrul inning 1458 yilda nashr qilingan «Savdo va 
xususiy savdogar» nomli kitobini keltirish mumkin. Buxgalteriya hisobiga 
bag’ishlangan ikkinchi asar 1494 yilda Venetsiyada nashr qilingan Luka 
Pacholinning «Schyotlar va yozuvlar haqida»gi kitobidir. Ushbu ki-toblarda 
buxgalteriya hisobining savdo va kredit operatsiyalari yoritilgan. Shunday qilib, 
hozirgi buxgalteriya hisobi faniga o‘sha paytlarda asos solingan. Bu fan xo‘jalik 
yuritishda asosiy dastak sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib 
kelmoqda. 
Barcha fanlar qatori buxgalteriya hisobi ham o‘z tarixi davomida 
takomillashib, bir qancha boshqa fanlarning vujudga kelishi uchun metodologik 
asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki, ishlab chiqarishning kontsentratsiyalashuvi, 
korxonalarning 
yiriklashuvi, 
xo‘jalik 
faoliyatining 
kengayishi 
iqtisodiy 
jarayonlarning murakkablashuvi hisob ishlarini takomillashtirish zaruratini 
tug’dirdi. Shu bois, XVI—XVII asrlarda buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan 
kitoblar Gollandiya, Frantsiya, Angliya kabi mamlakatlarda chop etildi. Natijada 
bux-galteriya yer kurrasining bir qismida emas, balki barcha mamlakatlarda keng 
yoyila boshladi. 
Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan asarlar XVIII asrda paydo 
bo‘la boshlagan. Oldin chet el adabiyotlari rus tiliga tarjima qilingan bo‘lsa, 
so‘ngra rus olimlari ham bu fanga bag’ishlangan asarlarni chop etishga 


kirishganlar. 
Rus olimlarining buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan asarlari XIX asrda 
paydo bo‘la boshlagan. Bunga V. S. Nemchinovning 1840 yilda nashr qilingan ikki 
qismdan iborat «Hisob fani» asarini misol keltirish mumkin. Bu kitobda savdo 
korxonalari hisobi tizimi batafsil yoritilgan.; Asta-sekinlik bilan buxgalteriya 
hisobining printsiplari boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham yozila boshlagan. 1861 
yilda Klinchening «Qishloq xo‘-jaligi buxgalteriyasi», 1863 yilda «Idora bo‘limi 
yo‘riqnomasi» kitoblari dunyoga kelgan. Bu asarlar safini F. V. yezerskiy o‘zining 
«Uch tizimli buxgalteriya» (1870 y.), P.I. Reynbot «Fabrika schyotchiligi» (1875 
y.), A.V. Prokofyev «Ikkiyoqlama buxgalteriya kursi» (1884 y.) kitoblari bilan 
kengaytirgan. 
Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlarni to‘g’ri va 
to‘liq hisobga olishni talab qiladi. Ammo ishlab chiqarishning takomillashib 
borishi, korxonalar o‘rtasida erknn raqobatning vujudga kelishi buxgalteriya 
ma`lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g’ri tushuntirish zaruratini 
tug’diradi. Bu esa o‘z navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishini taqoza 
qildi, chunki «tijorat siri-ni» takomillashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga 
buxgalteriya hisobi va statistika fani javob berishga qiynalib qoladi. 
Korxonalarni to‘g’ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini 
yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq 
o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hi-sobotlarda 
ifodalangan ba`zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o‘z navbatida 
hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun ob`ektiv asos bo‘lgan. 
Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun 
ob`ektiv asos bo‘lgan. 
Tahlilning elementlari birinchi marta 1880 yillarga chiqa boshlagan 
«Schyotovodstvo» jurnalida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlilning ba`zi 
elementlari mavjud bo‘lgan fan – «Balansshunoslik» fani paydo bo‘lgan. 
Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga asos bo‘lgan, chunki, o‘sha 
paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi asosan buxgalteriya balansida ifoda etilgan. 
Balans ma`lumotlariga asosan korxonaning mablag’i yoki ular manbaining ma`lum 
muddatda o‘zgarishi aniqlanadi. Lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir 
bo‘layotganligi, ularga qaysi omillar ta`sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari 
uchun muhim bo‘lib bordi. Bu esa balansdagi ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilish 
zaruratini vujudga keltirdi. 
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‘ziga xos 
tarixga va bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi 
tarixi, bu bo‘yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va 
nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l bilan iqtisodiy 


tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Shunday qilib tahlil fani rivojlanguncha 
bir qancha evolyutsion yo‘llni bosib o‘tdi. Mazkur evolyutsion yo‘l orqali tahlil 
fani rivojlandi va takomillashib bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan o‘zining 
evolyutsion rivojlanish yo‘li davomida bir qancha nomlar bilan atalgan. Dastavval, 
xo‘jalik sub`ektlarining asosan balans ma`lumotlarini tahlil etish maqsadiga 
qaratilganligi bois sobiq ittifoq davrida tahlil fani “Balansshunoslik” deb yuritila 
boshlangan, ya`ni balansni o‘rganuvchi, tahlil etuvchi fan deb qaralgan. Bu 
evolyutsion rivojlanish yo‘lini quyidagi chizmada ham ko‘rsatib o‘tishimiz 
mumkin bo‘ladi (1-chizma).

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling