1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


 Sanoat korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;  2


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

1. Sanoat korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish; 
2. Iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish.


Bunda iqtisodiy rayonlar, hududlar va butun iqtisodiyot tarmoqlarini tahlil 
qilish tushuniladi. Shuni aytish kerakki, iqtisodiyot tarmoqlarini tahlil qilish 
iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u siyosiy iqtisod va 
tarmoqlar iqtisodiyoti kurslarida o‘rganiladi. Xolbuki, korxonalarning xo‘jalik 
faoliyatini tahlil qilish iqtisodiy fanlar qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan. 
Hozirgi 
sharoitda 
mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini
jadallashtirishda, iqtisodiyotdagi noqulay yo‘nalishlarni tez bartaraf etishda 
iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta isloh qilishni jadallashtirish birinchi 
navbatdagi vazifadir. Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 
iqtisodiyotni boshqarishni qayta qurishning mohiyati va uni amalga oshirish 
tamoyillari bilan bevosita belgilanadi. Iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta 
qurishning mohiyati – barcha darajalarda asosan ma`muriy raxbarlik usullaridan 
iqtisodiy usullarga, manfaatlar orqali boshqarishga, boshqarishni keng 
demokratiyalashga, inson omilini butun choralar bilan kuchaytirishga o‘tishdir.
Hozirgi bosqichda tub islohotni amalga oshirish bozor iqtisodiyoti afzalliklarini 
mumkin qadar to‘laroq ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan yaxlit, samarali va 
epchil boshqarish sistemasini vujudga keltirishni taqozo qiladi. 
Xo‘jalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish ko‘pgina ta`sir etuvchi 
omillarga, shartlarga va holatlarga bog’liq bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, 
korxonalar faoliyatini boshqarishda boshqaruv funktsiyasi asosiy mavqeini 
egallaydi, shu bilan birga tahlil ham. Ushbu funktsiyalarning to‘liq faoliyati va 
darajasi ko‘p jihatdan ularning uslubiyatiga bog’liqligi bilan, bundan tashqari 
boshqaruv ob`ektida fanning predmetini o‘z vaqtida aniq tushunishi bilan ajralib 
turadi. 
Bizga ma`lumki, odatda har qanday fan o‘z predmeti orqali ob`ektiv 
borliqning qaysidir tomonlari va qismlarini tushuna oladi. Aynan bitta ob`ektni 
turli xil fanlar o‘zining ixtisoslik tomonlaridan yoki aloqalaridan kelib chiqib 
turlicha qarashi mumkin. Ko‘rinib turganidek, xo‘jalik faoliyati o‘zining mazmuni 
va strukturasi jihatidan murakkab ob`ekt ekanligi bilan ajralib turadi.
Shu sababli korxonalarning xo‘jalik faoliyatini ko‘pgina iqtisodiy fanlar 
hamda boshqa fanlar o‘rganishi mumkin. 
Har bir fan jamiyat, tabiat va idroklash, taraqqiyot haqida ma`lum bir bilim 
beradi. Bunday bilim berishda yoki o‘rganishda tabiat va jamiyatni 
rivojlantirishdagi umumiy qonuniyatlariga, tamoyillariga amal qiladi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling