I-bob. O`Zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirilishi va iqtisodiy rayonlar xo`jaligi asoslari
Download 230.78 Kb.
|
Mohinur kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB . O’ZBEKISTONNING IQTISODIY RAYONLASHTIRISH VA KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI TAHLILI
- III-BOB. QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONI, O’RNI VA AHAMIYATI.
- XULOSA
MUNDARIJA: KIRISH.............................................................................................................2 I-BOB. O`ZBEKISTONNING IQTISODIY RAYONLASHTIRILISHI VA IQTISODIY RAYONLAR XO`JALIGI ASOSLARI. O`zbekistonning ma`muriy-hududiy bo`linishi va iqtisodiy rayonlarini shakllanishi..........................................................................................................4 1.2. Oʻzbekistonning ma’muriy-hududiy boʻlinishi...........................................7 II-BOB. O’ZBEKISTONNING IQTISODIY RAYONLASHTIRISH VA KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI TAHLILI. 2.1. O`zbekistonning hozirgi iqtisodiy rayonlarning xalq xo`jaligi majmualarini yanada takomillashtirish tahlili............................................................................9 2.2. O‘zbekistonda rayonlashtirish masalalari va istiqbolli imkoniyatlari..............................................................................................................14 III-BOB. QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONI, O’RNI VA AHAMIYATI. 3.1. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni haqida umumiy ma’lumot…...................19 3.2. Qoraqalpog’iston Respublikasining rivojlanishidagi sabablar, uning ishlab chiqarish jarayoni...…………………………......................................................34 XULOSA.............................................................................................................39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.....................................43 KIRISH Iqtisodiy rayon, iqtisodiy-geografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-ishlab chiqarish maj-muidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu rayonning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayondagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, rayon doirasida va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Iqtisodiy rayonga boʻlish ishlari koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda mamlakat hududini Iqtisodiy rayonlarga boʻlish boʻyicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston FA Iqtiso-diyot institutida 60-yillar boshida amalga oshirilgan. Bunga qadar G. N. Cherdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida respublika hududini Iqtisodiy rayonga boʻlish masalalari boʻyicha ayrim qarashlar olgʻa surilgan. Keyinchalik, 80-yillar boshlarida Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot instituti va Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi tomonidan bu ish davom ettirildi, respublika hududini Iqtisodiy rayon lashtirishni takomillashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishning uzoq muddatli is-tiqbollari ehtiyojlari, ilmiy-texni-ka progressining kompleks dasturini ishlab chiqish bilan bogʻliq holda olib borildi. Iqtisodiy rayon muammolari va uni hal qilish boʻyicha takliflar olimlardan S. K. Ziyodullayev, K. N. Bedrinsev va b. asarlarida yoritildi. Dastlab, 60-yillar oʻrtalarida respublika hududi 5 Iqtisodiy rayonga ajratilgan edi (Toshkent, Fargʻona, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Surxondaryo). 80-yillar oxiri - 90-yillar boshida respublika hudu-dida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda yuz bergan oʻzgarishlarni hisobga olgan qolda yangi Iqtisodiy rayon oʻtkazildi va Oʻzbekiston hududi takomillashgan 7 Iqtisodiy rayonga boʻlindi (harita-sxemaga q.). Bu rayonlarning iqtisodiy rivojlanishi darajalarining qiyosiy tavsifi jadvalda berilgan. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling