1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim 
beradi: 

Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealarni rivojlanishini, o‘zgarishini 
ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (ichki) ta`sir etuvchi omillar bilan umumiy bog’liq 
holda o‘rganish; 



O‘rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalarning faoliyatini 
to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xolisona baho berish; 

Ijobiy va salbiy ta`sir etgan omillarni aniqlash, raqamlarda ko‘rsatish va 
hisoblash; 

Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo‘l-yo‘riqlarini 
ko‘rsata olish; 

Ilg’or g’oya va tajribalarni o‘rganilayotgan jarayonga qo‘llash 
yo‘nalishlarini belgilash. 
Moliyaviy va boshqaruv tahlilida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon 
maydadan-yirikka, oddiydan murakkabga yoki aksincha o‘rganiladi, hamda 
umumiy birligi va bir-biri bilan o‘zviy bog’lanishi e`tiborga olinadi. Demak, 
xo‘jalik faoliyatini tahlili firmalarning iqtisodiy faoliyatini ob`ektiv va sub`ektiv 
omillarni e`tiborga olib o‘rganadi. 
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexanizmining muhim 
shartlaridan biri hisoblanadi. Uning sub`ektlari bo‘lgan korxona va tashkilotlar, 
alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub`ektlar mulkning egasi va 
tasarruf etuvchisi sifatida uni to‘g’ri boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa, 
albatta, sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, 
faoliyat natijaviyligini batafsil o‘rganishni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu 
jihatdan korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli 
bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. 
Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab 
chiqarishni borishi to‘g’risida real ahvolni buxgalteriya hisobi yordamida 
o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma`lumotlar pirovard natijada 
boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qarorlari esa tahlil 
ma`lumotlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil reja, bozordagi ahvol va 
buxgalteriya hisobi ma`lumotlari asosida ob`ektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat 
jihatdan o‘rganadi hamda baho beradi. Uning yordamida yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklar topiladi hamda tugatiladi, ob`ektni yanada rivojlantirish yo‘llari 
belgilanadi yoki samarali ishlashni ta`minlaydigan yo‘nalishga o‘tkaziladi. Bu esa, 
boshqaruv qarorlarini nechog’lik real qabul qilinishiga asos bo‘ladi. 
Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma`lumotlar ham iqtisodiy-tahlil 
vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan tahlilning boshqaruv faoliyatini to‘g’ri 
ekanligi va uning mohiyati yanada yaqqolroq ko‘rinadi. 
Boshqaruv jarayonida tartibga solish funktsiyasi – boshqaruvchi sub`ektning 
eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘ta muhim hisoblanadi. Bu bilan, 
o‘rganilayotgan ob`ektga kompleks yondashilib, butun bir tuzilmani ijobiy va 
salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar 
belgilinadi. Natijada, boshqaruv ob`ekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar 


tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita 
iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayotgan har bir 
ob`ekt har tomonlama chuqur o‘rganiladi. 
Boshqaruvda asosiy faoliyatni ishonchliligini ta`minlashda nazorat etishning 
ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, ularning nechog’lik 
haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonini sifati, ishonchliligi oshirish uchun 
tahlilning usullari, tamoyillaridan foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar 
yoziladi. 
Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; barqarorlik; 
natijalar va shu kabilarni o‘rganadi. 
Aytib o‘tilgan barcha boshqaruv funktsiyalari korxonani iqtisodiy 
rivojlanishi uchun tayinlangan. Biroq, korxonani faqatgina iqtisodiy tuzilma deb 
qarash ham, unga bir tomonlama yondoshishni keltirib chiqaradi. Chunki, uning 
o‘ziga hos ijtimoiy, ekologik va boshqa shu kabi jihatlari ham mavjud.
Demak, korxona tuzilmasida ijtimoiy, ekologik jarayonlarni ham tahlil etish 
undagi mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol va uning takomillashtirish masalalarini 
o‘rganadi va ularga ta`sir etadi. 
Bularning natijasi esa, iqtisodiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta`siri bilan 
aniqlanadi. 
Fikrimizni umumlashtirib, shu narsalarni aytish mumkinki iqtisodiy tahlil 
korxonani boshqarishning muhim funktsiyalaridan biridir. 
Uning yordamida: 
a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta`minlanadi; 
b) mulk va mablag’lardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi 
va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan optimal variantlarni 
tanlaydi; 
v) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.
Iqtisodiy tahlil o‘z mazmuni jihatidan turlichadir. Tahlilning ikki xil 
yo‘nalishi mavjud: moliya - iqtisodiy va texnik - iqtisodiy. Moliya iqtisodiy 
tahlilda biznes-rejaning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi (texnika, texnologiya, 
ishlab chiqarishni tashkil etish) kabi omillar o‘rganilmaydi. Texnik-iqtisodiy 
tahlilda esa texnika va texnologiya hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga oid 
hamma masalalar har tomonlama va chuqur o‘rganilib, uning ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga ko‘rsatgan ta’siri ham aniqlanadi.
Tahlil korxona va uning bo‘linmalari faoliyatining hamma tomonlarini o‘z 
ichiga olgan umumiy hamda ishning qandaydir biror tomoni yoki korxonaning bir 
necha bo‘g’inlarini o‘z ichiga olgan tanlanma (tematik) bo‘ladi. Shuningdek, yirik 
masalalarga bag’ishlangan, korxonaning kundalik ishini o‘rganishga va ichki 
imkoniyatlarini topishga qaratilgan tezkor tahlil bo‘ladi.


Qabul qilinadigan qarorlarning xarakteriga qarab, tahlil quyidagilarga 
bo‘linadi: dastlabki, tezkor, yakuniy va istiqbolli. Tahlil o‘tkazish muddatlari 
(har kuni, bir oyda va bir yilda) yoki zarur bo‘lishiga qarab ahyon-ahyonda olib 
borilishi mumkin.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling