1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja
Iqtisodiy tahlil o‘tkazishning 3 bosqichi mavjud
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti
Iqtisodiy tahlil o‘tkazishning 3 bosqichi mavjud:
1)korxona faoliyatining umumiy iqtisodiy natijalarini ko‘rib chiqishdan boshlanadi, chunki u ishning samaradorligini aniqlash, o‘tgan davrlarga nisbatan o‘zgarishlarni, korxona faoliyatining boshqa tomonlarini bilish imkonini beradi; 2)biznes-rejaning bajarilish darajasiga ta’sir etuvchi eng muhim omillarni tekshirish natijasida ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash; 3)tahliliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish va shu asosda butun rezervlarni o‘z ichiga olgan yig’ma rezervlarni hisoblash. (to‘plam rezervlar). 1.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti Fanning predmeti, deganda shu fanda nima o‘rgatilishi tushuniladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. Iqtisodiy tahlil fanining predmetiga keng ma’noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan ob’ekt (korxona, birlashma, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyati, kontsern, korporatsiya kabilar) xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini (iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va h.k.) o‘z ichiga oladi. Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ammo bu jarayonlarning sodir bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi. Ob’ektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma’lumotgaasoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statistika kabi fanlar shug’ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum davrlar (oy, chorak, yil) da jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan xujjatlarga asoslanadi. Respublikamizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizimiga bog’liqdir. Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalaradan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g’inlarida iqtisodiy tahlil muhim ahamiyatga egadir. Chunki, iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda ma`lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi. Fan - texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda texnologiya bilan ta`minlash, modernizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘jalik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innavatsion g’oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu asosda xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish hozirgi davrda oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish darkor. Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida iqtisodiy tahlil jarayonida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-murakkabga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rganadi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog’lanishi e`tiborga olinadi. Demak, iqtisodiy tahlil fani firma va korxonalarning iqtisodiy – ijtimoiy faoliyatini ob`ektiv va sub`ektiv omillarni e`tiborga olgan holda o‘rganadi. Fanning predmeti deyilganda, shu fan nimani o‘rgatadi degan savolga javob berishi lozim bo‘ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga keng ma`noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan ob`ekt xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi. Lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos bo‘lib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti tom ma`noda tahlil qilinayotgan ob`ektning xo‘jalik faoliyatidir. Ammo, «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob», «Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menejment» kabi fanlarning ham predmeti keng ma`noda xo‘jalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning u yoki bu jihatini o‘rgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan, «Iqtisodiy tahlil» fanining o‘ziga xos va mos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim. Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ammo, bu jarayonlarning sodir bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi, ob`ektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma`lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statistika» kabi fanlar shug’ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma`lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlarning qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan, iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tahlilning predmetiga quyidagicha ta`rif bergan: «tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (ichki) omillar ta`sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma`lumotlar manbaida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir». Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga quyidagicha ta`rif berishni lozim deb topdik. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling