O‘zbekiston Resrublikasida iqtisodiy tahlil quyidagi yo‘nalishlarda
rivojlanishi lozim deb hisoblaymiz:
raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirishda xo‘jalik
yurituvchi sub`ektlarning faoliyatini moliyaviy va boshqaruv jihatidan
tahlil etishni takomillashtirish lozim;
hozir respublikamizda ko‘p mulkchilikka asoslangan bozor tizimidagi
korxonalar vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil ham ana shu sohaga mos
rivojlanishi lozim;
O‘zbekistonda barcha sohalar bo‘yicha, ayniqsa, buxgalteriya hisobining
jahon andozalariga mos tizimi qabul qilinmoqda. Bu esa xalqaro
andozaga mos moliyaviy va boshqaruv tahlili tizimini ham yaratishni
taqozo qiladi;
Bu
fanning
nazariyasini
o‘zimizda
shakllanayotgan
bozor
iqtisodiyotining xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratish lozim;
O‘zbekistonda makroiqtisodiy tahlil amaliy jihatdan ob`ektiv zaruriyatga
aylandi. Ammo, uning nazariyasi va metodologiyasi yaratilgan emas, shu
tufayli kelajakda makroiqtisodiy tahlilni nazariy va metodologik asosi
ishlab chiqilishi lozim;
Olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa iqtisodiyotning
muhim sohalari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘lanmalarini yaratishlari
kerak;
Iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda bu fanga tegishli ahamiyat berish
va davlat ta`lim standartlariga va o‘quv rejalariga kiritish lozim, deb
hisoblaymiz.
Ushbu tadbirlarning amalga oshishi mustaqil davlatimizning mustaqil fani –
iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu fanning
kelajakda ahamiyati keskin oshadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har xil
korxonalarning xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
1.2.Iqtisodiy tahlilning mazmuni. Iqtisodiy tahlil boshqaruvning muhim
Do'stlaringiz bilan baham: |