1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

1-chizma 
 
Moliyaviy va boshqaruv tahlili fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot 
jarayonida atalgan nomlari 
Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixini ko‘z oldimizga yaqqolroq 
keltirish uchun shu sohaga bag’ishlangan adabiyotlarni xronologik jihatdan ko‘rib 
chiqish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. 
Kishilik jamiyati rivojlanishi davomida bir qancha tuzimlarni o‘z boshidan 
o‘tkazdi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotida sotsialistik tuzum vujudga kelgandan 
Balansshunоslik 
Balans talqini 
Balansni tahlil qilish 
Hisоbоt tahlili 
Iqtisоdiy tahlil 
Sоtsial-iqtisоdiy tahlil 
Xo’jalik faоliyati tahlili
Iqtisоdiy tahlil 
Mоliyaviy va bоshqaruv tahlili 


so‘ng tahlil fani rejali iqtisodiyotga asoslangan ko‘rsatkichlarni va buxgalteriya 
balansidagi moddalarni batafsilroq o‘rganishga kirishdi. Bu esa tahlil fanining 
ahamiyatini oshirmadi. 
Sobiq ittifoqda 1920 yillarga kelib, ittifoq iqtisodchi olimlaridan 
R.N.Xudyakov «Analiz balansa» va «Rorulyarno‘e ocherki balansovedeniya» 
asarlarini, N.A. Kirarisov «Osnovo‘ balansovedeniya» va «Rostroenie balansov i 
analiz» asarlarini chop ettirdi. Bu kitoblarda asosan iqtisodiy tahlil bir yoqlama 
bo‘lib, faqat buxgalteriya balansi moddalarini tahlil qilish usullari to‘g’risida fikr 
yuritilgan. 
30-yillarga kelib tahlilning ko‘lami kengaya bordi. Tahlil qilish uchun faqat 
buxgalteriya balansi moddalari emas, balki xo‘jalik faoliyatining boshqa 
ko‘rsatkichlari ham tahlil etila boshlandi. Natijada tematik tahlil vujudga keldi va 
ba`zi mavzularga bag’ishlangan adabiyotlar nashrdan chiqa boshladi. Bunga misol 
qilib N.E.Kolosovning «Osnovo‘ ekonomicheskogo analiza sebestoimosti v 
predrriyatiyax» (1931 y), A.R.Aleksandrovskiyning «Kal kulyatsiya i analiz 
raboto‘ predpriyatiy» (1932 y), A.F.Masanovning «Balans i analiz xozyaystvennoy 
deyatel nosti predpriyatiy» (1934 y), A.A.Afanas yevning «Analiz otcheta 
promo‘shlenno‘x predpriyatiy» (1938 y) kitoblarini keltirishimiz mumkin. 
1940-yillarga kelib sobiq ittifoqda «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani fan 
sifatida to‘liq shakllandi. Bu davrga kelib ushbu fan bo‘yicha darsliklar yaratildi va 
oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘tila boshlandi.
60-70 yillardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tahlil fani 
ixtisoslashib bordi va tahlil fanining bir qancha turlari vujudga keldi. Keyingi 
yillarda esa iqtisodiy tahlil fanining nazariyasi ustida ko‘p ishlar olib borildi va 
tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. 
80-yillarning xususiyati shundaki, bu davrda iqtisodiy tahlil fanining 
nazariyasini yaratish bo‘yicha xududiy maktablar vujudga keldi. Jumladan, 
Moskvada M.I.Bakanov va A.D.Sheremet rahbarligidagi maktab. Bular «Teoriya 
ekonomicheskogo analiza» kitobini 1987, 1990, 1995 va 1997 yillarda qayta 
nashrdan 
chiqardilar. 
Minsk 
olimlaridan 
V.V.Osmolovskiy, 
V.I.Strajev, 
L.I.Kravchenko, N.A.Rusak hamkorlikda 1989 yilda «Teoriya analiza 
xozyaystvennoy deyatel nosti» darsligini yaratdi. Kievlik olimlardan I.I.Karakoz 
va V.I.Samborskiy hamkorligida 1989 yilda «Teoriya ekonomicheskogo analiza» 
degan 
darslik 
yaratdilar. 
O‘zbekistonlik olimlardan I.T.Abdukarimov, 
M.Q.Pardaev, M.M.To‘laxo‘jaeva, A.T.Ibragimov, A.Shoalimovlar hamkorlikda 
tahlil fanining o‘zbek maktabini yaratilishiga asos soldilar. Endilikda barcha MDH 
davlatlarida «Iqtisodiy tahlil» mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib 
kelinmoqda. Bu albatta korxonalar faoliyatini boshqarishda, uning moliyaviy 


barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta`minlashda eng muhim tadbirlardan biri 
bo‘lib hisoblanadi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling