1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Tahlil usullarini guruhlarga ajratish


Download 0.59 Mb.
bet16/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Tahlil usullarini guruhlarga ajratish

Iqtisodiy tahlil qilish jarayonida turli usullar va metodikalar qo‘llaniladi. Bu usul va metodikalardan foydalanish jarayonida tahlil metodining asosiy jihatlarining kompleksligi va tizimlashganligi yaqqol ko‘rinadi. Xo‘jalik jarayonlari umumiy birligi, o‘ziga xos tuzilish va tarkibga egaligi hamda murakkab tavsifdagi o‘zaro bog‘liqligi tahlil usullari va metodikalarini qo‘llashda asosiy e’tiborda turadi.



Tahlilning usul va metodikalarini qo‘llashda korxonaning xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatini bir butun tizim ekanligi, uning umumiy yakuniy natijasi mavjudligi nazarda tutilgan holda faoliyatning turli tomonlari va elementlari ham alohida, ham birgalikda o‘rganilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi, biri ikkinchisining ta’siridan kelib chiqishi, ya’ni ketma-ketligi aniqlanib, barcha omillar asosiy hamda asosiy bo‘lmagan guruhlarga bo‘linib, ular o‘zaro uyg‘unlashtirilgan hamda tizimga solingan holda yakuniy natijaga omillarning birgalikdagi bevosita va bilvosita ta’siri hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning usul va metodikalarini shartli ravishda an’anaviy va matematik guruhlarga ajratish mumkin. Iqtisodiy tahlil paydo bo‘lgandan buyon qo‘llanilib amaliy tajribada keng foydalanib kelinayotgan usul va metodikalar birinchi guruhni tashkil etadi. Ularga misol qilib taqqoslash, guruhlash, mutlaq, nisbiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash, indeks, balans hamda zanjirli bog‘lanish va shu kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Matematik usullarning yuzaga kelishi esa iqtisodiy axborotlarni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalarni tez va aniq hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrelyatsiya, regressiya, integral, nazariy o‘yin, matematik dasturlash va shu kabilar matematik usullarga misol bo‘ladi.


        1. Download 0.59 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling