1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Ichki xo‘jalik va korxonalararo tahlil


Download 0.59 Mb.
bet55/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Ichki xo‘jalik va korxonalararo tahlil

Xo‘jalik faoliyatini o‘rganishga qaratilgan tahlil vositasida korxonadagi muayyan ish joyi, smena, zveno, brigada yoki sex faoliyatini alohida-alohida o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir elementni alohida o‘rganish obyektga taalluqli bo‘lgan hodisa va jarayonlarni aniq bilishga hamda ko‘rsatkichlarni korxonaning umumiy faoliyatiga qay tartibda, qanchalik ta’sir qilayotganini ko‘rsatib beradi.

Mazkur tahlil turi korxona tarkibidagi faqat bir bo‘lim yoki sohani to‘liq va chuqur o‘rganish uchun tashkil etiladi. Xulosalari esa shu bo‘lim yoki sohaga
taalluqli bo‘ladi. Shuningdek, ushbu tahlilda ko‘proq miqdor o‘lchamidagi ko‘rsatkichlar tadqiq etiladi hamda ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash evaziga yakuniy faoliyatning samarali natijalari belgilab olinadi.
Ichki xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda asosiy manbalar bo‘lib o‘rganiladigan bo‘lim yoki soha bo‘yicha tuzilayotgan hisobot ma’lumotlari hamda buxgalteriya hisobotlari, boshlang‘ich hujjatlar, statistik va tezkor hisob ma’lumotlari sanaladi. Xo‘jalik ichki faoliyatini o‘rganishdagi maqsadlardan biri korxonadagi eng ilg‘or tajriba yoki eng qoloq holatlar nimalardan iborat ekanligini bilib olishdir.
Korxonalararo tahlil o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni ikki va undan ortiq korxonalarning xuddi shunday ma’lumotlari asosida taqqoslab o‘rganish tushuniladi. Bunday tahlilni tashkil etishning zaruriyati korxonalar o‘rtasida o‘rtacha yoki eng yuqori natijalar darajasini bilishdir. Muayyan korxonaning erishgan natijasi yoki o‘rtacha ko‘rsatkichi boshqa raqobatdosh korxonalarda qanchalik ekanligini ko‘rish, va boshqa korxonalar o‘rtasida o‘rganilayotgan subyekt qanday mavqega egaligini bilishdir.
Korxonalararo tahlilni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim:

  • korxonalar ixtisosi, hajmi va boshqa sharoitlari bir xil bo‘lishi zarur;


  • taqqoslanadigan ko‘rsatkichlarning aniqlanish uslublari aynan bir xil bo‘lishi lozim.


Raqobatdosh iqtisodiyotda korxonalararo tahlil turining ahamiyati beqiyosdir.




        1. Download 0.59 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling