1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Download 0.59 Mb.
bet52/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Kompleks tahlil

Korxona faoliyatidagi yo‘nalishlarga ko‘ra bugungi kunda operatsion tahlil, investitsiya tahlili, innovatsiya tahlili, moliyaviy tahlil kabi tahlil turlari yuzaga chiqib, tabora rivojlanib bormoqda. Bu esa har bir alohida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tahlilni batafsil o‘tkazishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda korxona faoliyatining barcha yo‘nalishlari, obyektlari va mablag‘ aylanish bosqichlarini bir-birlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganish boshqaruv ehtiyojlari uchun zarur. Korxona faoliyatini batafsil va har tomonlama o‘rganish bilan taktika va strategiyani olib borishda eng muhim hamda asosiy bo‘lgan ko‘rsatkichlar (omillar) tizimi ishlab chiqiladi.

Boshqaruv maqsadidagi xo‘jalik faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlil etishning metodik jihatdan tashkiliy bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • kompleks iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarini aniqlash;


  • qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ko‘rsatkichlar yig‘indisining asosliligini har tomonlama tahlil etish;


  • kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish bosqichlarini belgilash;


  • kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish muddatlarini belgilash;


  • tahlilni tashkil etish bosqichlarini ishlab chiqish va xizmat bo‘limlari bo‘yicha vazifalarning taqsimlanishi;


  • tahlil natijalarini rasmiylashtirish va ularni baholash;


  • analitik ishning mehnat sig‘imini baholash, tahlil natijasining samarasini jamlash.


Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning maqsad va vazifasi avvalo korxonani ichki xo‘jalik muommolarini yechishga, ya’ni faoliyat natijaviyligi hamda uning iqtisodiy potensialini tashkil etuvchi resurslar, kapitaldan foydalanishga daromad, foyda kompaniya qiymatini, aksionerlarning aksiyadan oladigan daromadlarini oshirishga qaratilgan.


Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari:
  • tahlil natijalari korxonaning o‘z maqsadlari va manfaatlariga xizmat qiladi;


  • tahlil o‘tkazishda barcha turdagi manbalardan, shu jumladan, ishlab chiqarish hisobi ma’lumotlaridan ham keng foydalaniladi;


  • tahlil o‘tkazishni davlat boshqaruv organlari tomonidan cheklanmaganligi;


  • tahlil kompleks tarzda korxona faoliyatining barcha tomonlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi;


  • tahlil natijalari sir saqlanadi.


Korxona faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlilining asosiy vazifalari:


  1. ko‘rsatkichlarni bazis davridan farqlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;


  2. xo‘jalik faoliyati samaradorligini obyektiv ravishda baholash;


  3. biznes-rejani ilmiy jihatdan asoslanganligi, uning bajarilishini nazorat qilish;


  4. mahsulot hajmini oshirish, uning tannarxini pasaytirish bo‘yicha foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash, o‘tkazilgan sinov natijalarini atroflicha o‘rganish va ularni umumlashtirish.


Chuqur va aniq, obyektiv tahliliy xulosalarga bir qancha turdagi axborot manbalariga ishlov berish orqali erishiladi. Iqtisodiy tahlil uchun ichki axborot manbalari muhim ahamiyatga ega. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:


  • ta’sis hujjatlari;


  • asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar tarkibi, ular qiymati, xo‘jalik operatsiyalari hamda korxonaning daromad va xarajatlarini o‘zida ifoda etuvchi dastlabki hujjatlar;


  • texnik loyihalarga oid hujjatlar


  • investorlar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, qarzdorlar, emitentlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarni ifodalovchi yuridik hujjatlar;


  • buxgalteriya hisobining analitik ma’lumotlari;


  • tezkor va statistik hisob ma’lumotlari;


  • buxgalteriya hisoboti;


  • nazorat organlarining dalolatnomalari, auditor va soliq inspeksiyalari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv xulosalari, tijorat banklarining dalolatnomasi;


  • me’yoriy hujjatlar;


  • biznes-reja va hokazolar.


Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun quyidagi tashqi manbalardan ham foydalaniladi:


  • davlatning iqtisodiy sohadagi siyosatini ifodalovchi siyosiy xarakterdagi manbalar, masalan, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni soliq yukini pasaytirish orqali rag‘batlantirish yoki ayrim turdagi faoliyatlarni cheklashlarni keltirish mumkin;


  • ayrim turdagi tovarlar, xizmatlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar, kredit stavkalari foizi, chet el valyuta kursining o‘zgarishi, ayrim kompaniya va tijorat banklari reytingi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;


  • mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar, kreditorlarning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar;


  • rahbar lovozimdagi yuridik shaxslarning ishbilarmonlik va shaxsiy sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar;


  • gazeta, jurnal, birja byulletenlari, televideniye va radio, internet ma’- lumotlari va hokazo.


Tahlil manbalari guruhlarga ajratiladi, hisobotlarda aks etgan ma’lumotlar har tomonlama chuqur tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng ma’lumotlarga analitik ishlovlar beriladi.




        1. Download 0.59 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling