1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Moliyaviy hisobot ma’lumotlarining bir-biriga mosligini tekshirish
Download 0.59 Mb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZY. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL QILISH
- Tahlilning informatsiya hamda uslubiy ta’minoti
Moliyaviy hisobot ma’lumotlarining bir-biriga mosligini tekshirish
Shunday tartibda debitorlik va kreditorlik qarzlarni, pul mablag‘lar harakatini va boshqa ma’lumotlarni miqdoran to‘g‘riligini tekshirish mumkin. Mazmun jihatidan tekshirish – ma’lumotlarning haqqoniy ekanligi, unda aks ettirilgan ko‘rsatkichlarning haqiqatda mavjudligini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Bunday tekshirish buxgalteriya hisobi hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarni inventarizatsiya o‘tkazish orqali taqqoslash, sanab ko‘rish va o‘lchash yo‘li bilan to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishdir.
MAVZY. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL QILISHKorxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning asosiy qoidalari Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish shakllari va uning ijrochilariAnalitik ishni rejalashtirish Tahlilning informatsiya hamda uslubiy ta’minotiIqtisodiy tahlilni tashkil etishning bosqichlari Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirishAnalitik ma’lumotni kompyuterda ko‘rib chiqishni tashkillashtirish Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning asosiy qoidalari Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning natijasi asosan, uning to‘g‘ri amalga oshirilishiga bog‘liq. Iqtisodiy tahlil qilish qator talablarga javob berishi, ya’ni u reja va yangi metodikaga asoslanishi hamda analitik jarayon samarasini ta’minlab berishi lozim. Boshqaruv uchun analitik ishlanmalarni bir tartibda, o‘z vaqtida hamda tushunarli tarzda yetkazib berishni ta’minlash uchun iqtisodiy tahlilni tashkil qilish va o‘tkazish jarayonlari quyidagi talablarga asoslanadi. Majburiyatlarning taqsimlanishi. Tahlilni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlar alohida ijrochilarga bo‘lib beriladi hamda u bo‘yicha mas’ul belgilanadi. Tahlil kamchiqim, natijasi esa samarali bo‘lishi zarur. Tahlilni amalga oshirishda tahlilning yangi usullari, ma’lumotni kompyuter texnologiyalari yordamida o‘rganish, ma’lumotni yig‘ish hamda uni saqlashning ratsional usullari keng miqyosda ishlatilishi lozim. Natijalardan esa turli maqsadlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanishi shart. U asosida qabul qilingan qarorlar aniq ijobiy yakunlar bilan tugashi kerak. Ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojlarni to‘la qondirishga yo‘naltirilishi. Tahlilni turli subyektlarning informatsion talablarni imkon qadar to‘la qondirish yo‘llarini hamda tahlilni o‘tkazishga ketgan xarajatlarni kamaytirish bilan uyg‘unlashtirib olib borish. Tahlil ishlarini reglamentatsiyalash va unifikatsiya qilish. Regla- mentatsiyalash har bir ijrochidan majburiy talab qilinadigan jadval va natija shakllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Tahlilni unifikatsiyalash (standartizatsiyalash) metodik qo‘llanmalarni, natija shakllarini, jadvallarni, standart dasturlarni, umumiy baholash mezonlarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilish tahlil ishlari samarasini keskin oshiradi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling