1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha tahlil


Download 0.59 Mb.
bet56/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha tahlil

Hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha erishilgan asosiy eng muhim ko‘rsatkichlarni tahlil qilish iqtisodiyotni makro boshqarishda o‘ta muhim masala. Ushbu tahlil turi tegishli statistik ma’lumotlarni o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Bunda hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ya’ni yalpi ichki mahsulot, mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.



Tahlil qilishda qo‘llaniladigan uslublar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, ko‘rsatkichlarni o‘rganishda korxonalar soni ko‘p bo‘lganligi uchun guruhlashtirish va balans usullaridan keng foydalaniladi.
Hudud, tarmoq va vazirlik bo‘yicha umumlashtirilgan iqtisodiy ma’lumotlarni o‘rganish mamlakat uchun qaysi obyektlar yuqori samara keltirayotganligini yoki aksincha, makrodarajada o‘rtacha natijalar qandayligini bilish uchun ham zarur.

        1. Tahlilning boshqa turlari



Mavzuga oid tahlil. Xo‘jalik faoliyatida muayyan mavzuga oid bo‘lgan jarayonlar va ularga tegishli bo‘lgan obyektlarni alohida tarzda, batafsil va tizimli o‘rganishga ehtiyoj mavjud bo‘ladi. Misol uchun, mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishning tahlili, asosiy vositalar tahlili, material resurslar va ulardan foydalanish tahlili kabilar. Ushbu tahlilda mavzuga oid barcha jihatlar
chuqur va keng ko‘lamda o‘rganiladi. Boshqa tahlil turlarida mavzuga tegishli jihatlar tahlil turlari maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib o‘rganiladi, xolos.
Marjinal tahlil. Xarajatlarning doimiy va o‘zgaruvchan turlarga ajratib foyda hajmini aniqlash va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan tahlil.
Texnik-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlil turi aniq mehnat bilan mahsulotning belgilangan sifatlarini saqlab qolgan holda, natural ko‘rinishida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarini sabab-oqibat asosida o‘rganadi. Bunga misol qilib mehnat resurslari, asosiy vositalar, xomashyolar, texnologiyalar va shu kabilarning moddiy ko‘rinishdagi o‘zaro uzviy faoliyatini ko‘rsatish mumkin. Mazkur tahlilni olib borishdan maqsad ularni o‘zaro yanada muvofiqlashtirish hamda bu boradagi innovatsion yangiliklarni joriy qilishdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil. Har qanday iqtisodiy faoliyatdan kutilayotgan asosiy natija u jamiyatga (korxona va uning xodimlari, korxona faoliyati bilan bilvosita bog‘liq bo‘lgan insonlar hayoti va shu kabilar) qanday ijtimoiy sharoitlar yaratgani va ularning rivojlantirib borayotganligi bilan baholanadi. Misol uchun, ishlab chiqarishda xodimlar sog‘ligiga zarar yetkazmaydigan sharoitlarni yaratish, xodimlar sog‘ligini doimo mustahkamlovchi omillarni vujudga keltirish, maishiy, uy-joy, sport, ma’naviy tadbirlar va shu kabilar. Bu bilan me’yordagi mehnat sha- roitlari tashkil etiladi. Xuddi shu jihatlar ijtimoiy tahlil vositasida o‘rganiladi. Maqsad esa yaxshi sharoit qanchalik ish unumining oshishiga ta’sir etayotganligini va ular o‘rtasidagi sabab-oqibatlarni bilishdir.
Iqtisodiy-ekologik tahlil. Korxonalar faoliyatida ekologiya bo‘yicha tahlilni olib borish davrimizning dolzarb vazifasidir. Mazkur tahlilda jamiyatning, xususan korxona faoliyatining tabiat bilan munosabati hamda unga ko‘rsatayotgan ta’sirlari tadqiq qilinadi.
Ekologiya tahlilini olib borishdan maqsad jamiyat va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni doimo saqlash hamda uni imkon qadar yaxshilashdir. Ekologik tahlilni samarali amalga oshirish jamiyatning rivojlanish darajasidan kelib chiqadi.


        1. Download 0.59 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling