1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish shakllari va uning ijrochilari
Download 0.59 Mb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org
Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish shakllari va uning ijrochilariKorxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish boshqaruv apparati tarkibi va texnik darajasi bilan izohlanadi. Yirik ishlab chiqarish korxonalarida hamma iqtisodiy bo‘limlar faoliyatini iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor muovini yoki bosh iqtisodchi boshqaradi. U korxonada barcha iqtisodiy ishlarni, shu jumladan, iqtisodiy tahlilni ham tashkil qiladi. Uning boshqaruvida iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘limi, reja- iqtisod bo‘limi, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limi, buxgalteriya hisobi, moliyaviy bo‘lim va boshqa bo‘limlar bo‘ladi. Korxonada alohida tarkibiy tuzilish bo‘linmasida bo‘lim yoki iqtisodiy tahlil guruhi tahlil ishlarini olib boradi. O‘rta yoki kichik korxonalarda analitik ishni reja bo‘limining menejeri yoki bosh buxgalter boshqaradi. Iqtisodiy tahlil nafaqat iqtisod bo‘linmalari xodimlari majburiyatlariga, balki u texnik bo‘linmalar xodimlarining ham (bosh mexanik, energetik, texnolog, yangi texnika va boshqalar) majburiyatiga kiradi. Iqtisodiy tahlil bilan sex bo‘linmalari, brigada va uchastka rahbarlari va boshqalar ham shug‘ullanadilar. Bu iqtisodiy bo‘linmalarda xodimlar yuqori malakaga ega bo‘lmasalarda, ularning ishtirokisiz korxonada iqtisodiy tahlilni chuqur, har tomonlama va mukammal o‘tkazib bo‘lmaydi. O‘rganilayotgan masala bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lgan iqti- sodchilar, texniklar, texnologlar, turli xil ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlarining birgalikdagi harakatlari bilan qo‘yilgan masalani kompleks tadqiq qilib, uni hal qilish uchun maqbul variantni topish mumkin. Misol uchun, korxonada iqtisodiy tahlil funksiyalari quyidagi holda taqsimlanishi mumkin: Reja-iqtisod bo‘limi analitik ish rejasini tuzishni, uni bajarishni nazorat qilishni, tahlilni metodik ta’minlashni amalga oshiradi; korxona va uning bo‘linmalari xo‘jalik faoliyati tahlilini shakllantiradi va natijalarni jamlaydi; korxona rivojlanishining strategik va kelajak masalalarni o‘rganadi; tadbirlar rejasini tuzadi va uning bajarilishini nazorat qiladi, tahlil natijasida istiqbolli va kundalik rejalarni ishlab chiqadi. Boshqaruv buxgalteriyasi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni, moliyaviy natijalarini va boshqalarni rejalashtiradi, hamda ularni tahlil qiladi. Moliyaviy buxgalteriya (moliya bo‘limi) korxonaning mulki, ular manbalarining shakllanish jarayonini, korxona kapitalidan samarali foydalanishni, pul oqimlarini, investitsiyalar, va undan foydalanishni, korxona moliyaviy holatini va boshqa shu kabilarni tahlil qiladi. Mehnatni tashkil qilish va ish haqi bo‘limida ishni tashkil qilish holatini, uni yuqori darajaga ko‘tarish uchun yo‘naltirilgan tadbirlar rejasining bajarilishini, korxona mehnat resurslari kategoriya va malakalarining ta’minoti, ish vaqti fondidan foydalanish, ish haqi fondining sarflanishi tahlil qilinadi. Marketing bo‘limi mahsulot bozorlari va sotib olish bozorlarini, mah- sulotlarning bozorlardagi o‘rnini, mahsulotning raqobatbardoshligini va uni oshirish yo‘llarini, korxona narx-navo siyosatini va korxonaning tashqi faolyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarini o‘rganadi. Ishlab chiqarish bo‘limi hajm va assortimentga bog‘liq mahsulotni ishlab chiqarish rejasini amalga oshirishni, ishlab chiqarishning davomiyligini, mahsulot sifatini oshirishni, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni kompleks mexnizatsiyalash va avtomatizatsiyalash, uskunalarning ishlashini, material resurslarini ishlatilishini, texnologik siklning davomiyligini, ishlab chiqarishning umumiy texnik va tashkiliy darajasini tahlil qiladi. Bosh mexanik va energetik bo‘limi mashina va jihozlar ekspluatatsiyasini, jihozlarni modernizatsiyalash va remont ishlarini bajarish reja-grafikalarini, remont ishlarining sifati va narxini, jihozlarni to‘liq ishlatishni, energoresurslardan ratsional foydalanishni o‘rganadi. Texnik nazorat qilish bo‘limi xomashyo va tayyor mahsulot sifatini oshirish, xarid qiluvchilarni reklama, mahsulot ishlab chiqarish sifatini oshirish va boshqalarni tahlil qiladi. Ta’minot bo‘limi ishlab chiqarishning material-texnik sifatini va vaqtida bajarilishini, rejadagi hajm, muddatlar, sifat bo‘yicha yetkazib berishni, omborxona zaxiralari holatini, transport-tayyorlov chiqimlarini nazorat qiladi. Sotish bo‘limi shartnoma majburiyatlarini va mahsulot hajmi, sifati, muddati bo‘yicha iste’molchilarga yetkazib berish rejasining bajarilishini, omborxona zaxiralari holati va tayyor mahsulot to‘liqligini nazorat qiladi. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirishda ish jamoalari alohida o‘rin egallaydi. Ularga rejalashtirishda ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qilishda, moddiy resurslarni ratsional sarflashda, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish masalalarida, ish faoliyati sharoitlarini yaxshilash hamda himoya qilish kabi yo‘nalishlar va boshqa shu kabilarda ko‘plab vakolatlar berilgan. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirishda jamoaning birgalikdagi harakati, uning umumiyligi, yetarli malakaga ega ekanligi, korxona faoliyatini, uning natijalarini yanada chuqurroq o‘rganishni, samaradorlikni oshiruvchi zaxiralarni tatbiq etishni ta’minlashga yordam beradi. Korxona faoliyati tahlili alohida masalalarni o‘rgana oladigan va tahlilini kopleks tarzda amalga oshiradigan yuqori turuvchi boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan ham amalga oshiriladi. Bunday tahlil natijasida korxona faoliyatidagi iqtisodiy holatlarning ma’lum bir jihatlari o‘zgartirilishi mumkin. Korxonadan tashqari iqtisodiy tahlil statistik, moliya institutlari, soliq inspeksiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqalar tomonidan bajariladi. Statistik organlar statistik hisobotlarni jamlaydilar va tahlil qilib, natijalarni kerakli vazirlik va tashkilotlarga foydalanish uchun yuboradilar. Murakkab strategik muammolarni hal etish bilan bog‘liq bo‘lgan bir marotabali analitik tadqiqotni amalga oshirishda, korxonalar biznesidagi mavjud bo‘lgan va bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etishga yordam beradigan auditorlik va konsalting uyushmalari xodimlarining xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Ichki xo‘jalik, muassasa va muassasadan tashqari tahlilning hamma ko‘rinishidan foydalanish korxona xo‘jalik faoliyatini har tomonlama o‘rganish va uning samaradorligini oshirish yo‘llarini to‘liq o‘rganish imkonini yaratadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling