1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli


Download 282.03 Kb.
bet17/80
Sana14.04.2023
Hajmi282.03 Kb.
#1356949
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)

Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli




Taqqoslash – inson atrof-muhitni anglay boshlagan usullardan biri bo‘lib, undan doimo foydalaniladi. Uning muhimligi quyidagi naqlda ham qayd qilinadi:
«Barcha narsa qiyoslashda anglanadi». Bu usul iqtisodiy hodisalar tadqiqida ham keng tarqaldi: baholash uchun qo‘llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam, nazorat va prognoz xuddi shunday boshqalar bilan taqqoslashdagina ahamiyatlidir. Taqqoslash mohiyati turdosh obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida qiyoslashdir. Ular yordamida umumiy va xususiy iqtisodiy hodisalarni taqqoslash bajariladi, o‘rganilayotgan obyektlar darajasida o‘zgarishlar, tendensiyalar va ularning rivojlanish qonuniyatlari, ularning
o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalari o‘rnatiladi.
Texnologik taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat: taqqoslanadigan obyektlarni tanlash, taqqoslash shaklini tanlash (dinamik, makoniy), taqqoslash bazasini tanlash (o‘tgan davr, hisobot davr rejasi, etalon korxona), obyektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko‘rsatkichlar sonini hamda taqqoslash shkalasini tanlash.
Iqtisodiy tahlilda qiyosiy tahlilning quyidagi shakllari farqlanadi: gorizontal va vertikal, dinamik va statik, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli.
Gorizontal qiyosiy tahlil o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o‘tgan davr, o‘rtacha daraja, fan va ilg‘or tajriba yutuqlari) mutlaq va nisbiy og‘ishlarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Vertikal qiyosiy tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning strukturasi va jarayonlarning qismlari hamda umumiy solishtirma salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan (o‘z kapitalining umumiy kapitaldagi solishtirma salmog‘i), butun va qism nisbatlari (masalan, o‘z va qarz kapitali, asosiy va aylanma kapital), shuningdek, omillarning natijaviy ko‘rsatkichlarning darajasiga ta’sirini mutanosib omilning oldingi va keyingi o‘zgarishlari miqdorlariga taqqoslash yo‘li bilan o‘rganiladi.
Trendli tahlil bazis yil darajasiga nisbatan qator yillar uchun nisbiy o‘sish sur’ati va ko‘rsatkichlarning o‘sishini o‘rganishda qo‘llaniladi, ya’ni ko‘rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalari tadqiq qilinadi.
Dinamik taqqoslash o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning vaqtda o‘zgarishini o‘rganish uchun statik taqqoslash – turli xo‘jalik subyektlari bir davr bo‘yicha ko‘rsatkichlar darajasini baholash uchun qo‘llaniladi.
Bir o‘lchovli tahlilda bir obyektning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki bir nechta obyektlarni bir ko‘rsatkich bo‘yicha taqqoslash bajariladi. Ko‘p o‘lchamli qiyosiy tahlil yordamida bir nechta korxonalar (bo‘linmalar)
keng spektrli ko‘rsatkichlar bo‘yicha faoliyati natijalari taqqoslanadi.
Taqqoslash bazasiga bog‘liqligiga ko‘ra u quyidagi turlarga ajratiladi (3.1- jadval).
Avval qayd qilinganidek, iqtisodiy tahlilning vazifalaridan biri tizimli nazorat va qo‘yilgan maqsadlarga erishish bo‘yicha korxonalar faoliyatini har tomonlama baholash hisoblanadi. Bunda haqiqatdagi ma’lumotlarni rejadagi bilan taqqoslash shart. Bunday taqqoslash oy, chorak yoki yil rejasini bajarish darajasini, mo‘ljal parametrlardan og‘ishni, yechimini talab qiluvchi muammolarni aniqlashga imkon beradi.

Download 282.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling